399
Shunday qilib, erkin savdo xalqaro ixtisoslashuvni rag‘batlantirib,
quyidagi
imkoniyatlarni yaratadi: har bir mamlakat biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishga
ixtisoslashishguncha o‘tgan davrgiga nisbatan kamroq moddiy va mehnat xarajatlari
sarflaydigan bo‘ladi. Ammo, bu borada barcha nazariyalar ham savdoda
mamlakatlarning pul birliklari ishtorokida amalga oshishi hisobga olinmagan.
Chunki, mamlakatlar o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun valutalarini
almashtirishadi. D. Rikardo ushbu vaziyatni ham tushuntirib bera olgan. U
izohlaganidek yuqorida keltirilgan imkoniyat valutalarni almashtirish sharoitida ham
saqlanib qoladi. Bu vaziyatda eksport-import to‘lovlari o‘zaro balansga ega emas.
Bunday vaziyat valuta kurslaridagi o‘zgarishlar hisobiga yoki biror bir mamlakatdagi
barcha baholarni o‘zgartirish hisobiga bartaraf etiladi. Yuqoridagi misol mavhum
xususiyatga ega. U aniq vaziyatlarga asoslanishi uchun:
mehnat savdo qilayotgan mamlakatlar o‘rtasida emas,
balki mamlakat
ichida harakatchan bo‘lishini;
transport, bojxona xarajatlari, savdo ustamalari va boshqa cheklashlar
hisobga olinmasligini;
mahsulotlarning yangi namunalarni ishlab chiqarishda yangi texnika va
texnologiyalarni qo‘llash hamda ularni ko‘p miqdorda seriyali ishlab chiqarishda
xarajatlardagi o‘zgarishlar e’tiborga olinmasligini ta’minlash imkoniyatlari yaratilishi
lozim.
Angliya va Portugaliya misolida keltirilgan
vaziyatlarda xalqaro savdo
narxlarining keng amal qilayotgan shaklini qo‘llash mumkin. Chunonchi, bir barrel
Portugaliya vinosini Angliyada tannarxidan kam narxda (80) va sotib olingan
bahodan (120) yuqori narxda sotmaslik kerak. Shuningdek, angliyaliklar movutidan
Portugaliyada (90 dan 100 gacha) shunday tartibda sotilishi kerak.
Mahsulotlar bahosi o‘rtasidagi o‘zaro nisbat
aniqlab olingandan keyin
«savdo sharoiti» (terms of trade) tushunchasi savdo sharoitini aniqlab olish
uchun esa “savdo sharoiti indeks” tushunchasi kiritilgan. Bu indeks quyidagi formula
orqali aniqlangan:
Indeksning o‘sishi (masalan, 100 dan 105 gacha) savdo sharoitlarining
yaxshilanayotganligini ko‘rsatadi. Ya’ni, ushbu miqdordagi importga hisob- kitob
qilish uchun undan kam miqdorda eksport talab etiladi.
Amaliyotda savdo sharoiti,
birinchidan, tovarlar bahosi o‘zgarishi hisobiga,
unga bo‘lgan talabning oshishi yoki kamayishiga bog‘liq. Ayrim mahsulot ishlab
chiqaruvchilar (masalan, neft va neft mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar) narxlarda
bo‘layotgan o‘zgarishlarga qaramay, katta yutuqlarga erishadilar.
400
Ikkinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqaruvchilar yoki etkazib beruvchilarning
bozorga moslashishiga (egiluvchanligiga) bog‘liq bo‘ladi.
Uchinchidan, savdo sharoiti ishlab chiqarish sharoitlari yoki mahsulotlar
iste’molidagi o‘zgarishlarga qarab o‘zgaradi.
Savdo sharoiti indeksi mamlakatning xalqaro savdodagi holati to‘g‘risida
ma’lumotlar bersada, ko‘pgina kamchiliklardan xoli emas.
Ularning eng asosiylaridan
biri mamlakatda umumiy sharoitni yaxshilasada, sotilgan mahsulotlar miqdorini
hisobga olmaydi. Boshqacha aytganda, savdo sharoiti yaxshilanishi eksport hajmi
qisqarishi va import hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa to‘lov
balansini
yomonlashtiradi.
A. Smit va D. Rikardo nazariyasida ishlab chiqarishga ta’sir qiladigan eng
asosiy omil mehnat hisoblangan. Mahsulotlar narxi esa ishlab chiqarish xarajatlariga
bog‘liq.
Keyingi tadqiqotlar ishlab chiqarishda asosiy omillar sifatida yer, kapital kabi
omillardan foyda olish imkoniyatini hisobga olgan. Agarda, mehnatning bozor bahosi
ish haqi sifatida gavdalansa, kapitalning bahosi foiz stavkalari ko‘rinishida, erning
bahosi renta miqdorida aniqlangan.
Dostları ilə paylaş: