401
«sanoatlashgan» va «agrar» mamlakat faoliyat ko‘rsatmoqda.
Sanoatlashgan mamlakatda ortiqcha kapital va ma’lum miqdorda ortiqcha
ishchi kuchi mavjud bo‘ladi. Agrar mamlakatda esa ortiqcha yer mavjud, ammo
kapital etishmaydi.
Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda
kapital asosiy omil
hisoblanadi. Masalan, neftni qayta ishlash, elektron mashinasozlik va mashina
ishlab chiqarish sohalari kam ishchi kuchidan foydalangan holda kapital talabchan
ishlab chiqarish hisoblanadi. Kapital ortiqchaligiga ega bo‘lgan mamlakatlar aynan
ushbu yo‘nalishlarga ixtisoslashadilar.
Shu bilan birga, don etishtirish va
chorvachilik bilan shug‘ullanadigan mamlakatlarda ko‘proq yer resurslari kerak
bo‘ladi va ular shu yo‘nalishga ixtisoslashgan bo‘ladilar.
Xeksher–Olin konsepsiyasini tadqiq qilish borasidagi izlanishlar 50 yillarda
«Leontev taajjubi» yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. V.Leontev
AQSh kapital
ortiqcha bo‘lgan mamlakat bo‘lishiga qaramasdan 1947 yilda kapital talabchan
emas, balki mehnat talabchan mahsulot eksport qilganligini ko‘rsatib berdi. Ya’ni
Xeksher-Olin konsepsiyasiga zid keladigan vaziyat yuzaga keldi. Keyingi
tadqiqotlar esa AQSh da kapitaldan ko‘ra yer va ilmiy texnik mutaxassislar nisbiy
ortiqcha ekanligi tasdiqlandi. AQSh ishlab chiqarilishida
aynan shu omillar
ko‘proq foydalaniladigan tovarlarning sof eksportyori bo‘lib chiqdi.
Dostları ilə paylaş: