O‘zbеkiston rеspublikаsi


- bob. TASHQI SAVDO SIYOSATI



Yüklə 5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə372/410
tarix24.10.2023
ölçüsü5 Mb.
#160596
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   410
MIKRO MAKRO

34- bob. TASHQI SAVDO SIYOSATI 
 
34.1. Tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari 
 
Biror mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita aralashuvi 
jarayoni eksport va import hajmi va tarkibiga ta’sir ko‘rsatish orqali ichki bandlilikni 
ta’minlash, iqtisodiy o‘sishga erishish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, 
to‘lov balansini yaxshilash hamda valuta kursini tartibga solish maqsadlarini ko‘zda 
tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday tadbirlar savdo siyosati deb 
yuritiladi. 
Savdo siyosati – budjet-soliq siyosatining tashqi savdo hajmlarini 
soliqlar, subsidiyalar, valuta nazorati va import yoki eksportni to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
cheklashlar orqali tartibga solishni o‘z ichiga olgan nisbatan mustaqil 
yo‘nalishidir. 
Tashqi savdoni cheklash borasida olib borilayotgan har qanday chora- tadbirlar 
qisqa muddatli samara beradi. Uzoq davrda esa, faqat erkin savdogina iqtisodiy 
resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. Shuning uchun ham ko‘pgina 
mutaxassis-iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va aholisi turmush darajani yaxshilash 
uchun erkin tashqi savdo siyosati foydaliroq, chunki, tashqi savdoni cheklashga 
nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga ko‘proq 
imkoniyat yaratadi, deb hisoblashadi. 
Garchand, erkin savdo jahon iqtisodiyoti nuqtai nazaridan foydali bo‘lishi 
mumkin bo‘lsada, ammo alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti manfaati nuqtai 
nazaridan erkin savdo hamma vaqt ham foydali bo‘lavermaydi. 
Tashqi savdoni cheklash usullarining 50 dan oshiqroq turi mavjud. Ularning 
ayrimlari davlat g‘aznasini to‘ldirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, ba’zilari umuman 
importni cheklashga va yana boshqasi esa eksportni cheklashga yoki 
rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning ta’rif 
va nota’rif usullaridan foydalaniladi. 
Ta’rif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, nota’rif 
usullariga eksporterlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, 
litsenziyalash kabilar kiradi. 
Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi. 
Import bojlari davlat budjetini to‘ldirish maqsadida va ichki bozorlarga 
tushadigan chet el tovarlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. Eksport bojlari 
mamlakat ichida talab ko‘p bo‘lgan mahsulotlar taqchilligining oldini olish 
maqsadida belgilanadi. 

Yüklə 5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   368   369   370   371   372   373   374   375   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin