4
@edurtm_uz
QADRLI YOSHLAR!
Hayotingizda muhim davr boshlanmoqda. Sizning yoshingiz-
da inson kelajagini yorqinroq ko‘rishga intiladi. Aynan shu yoshda
siz yillar davomida tinchlik
bermay kelayotgan orzular
asosida rejalar tuza boshlaysiz. Bularning barchasi baxtiyor,
munosib va mustaqil hayotga intilishdan darakdir.
Unutmang, mustaqil hayotda eng ishonchli panoh ta’lim va
tarbiyadir. Siz kimsiz, qayerdasiz, bulardan qat’i nazar, siz – o‘z
kelajagingiz egasisiz. Zamonayiv ta’lim va go‘zal
tarbiya sizga
o‘zingiz va ota-onangiz xohlagan inson bo‘lishga, chiroyli va baxtli
yashashga yordam beradi.
Bu yo‘lda qat’iyat sizga yordam beradi. Zero, maqsad ortidan
borish
metin irodani shakllantirib, astoydil mehnat qilish va izla-
nishni rag‘batlantiradi.
Bugun barchamiz yangi texnologik davrda yashamoqdamiz. Ilg‘or
g‘oyalarni ilgari suradigan, tashabbuskor
va ijodkor mutaxassislar
har bir zamonning eng oldi, muvaffaqiyatli insonlari bo‘lishgan.
Shunday ekan, siz salohiyatingizni rivojlantiradigan ishlarga,
hamisha
olg‘a boruvchi insonlarga intiling.
Unutmang, sizdagi navqiron yoshlik hayotingizning oltin
davridir. Bu imkoniyatni munosib tarbiya va chuqur bilim olishga,
Ona
Vatanga xizmat qilishga, ezgu va xayrli ishlarga sarf qiling.
Mualliflar jamoasi
Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm,
Eng katta meros – bu yaxshi tarbiya,
Eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!
Dostları ilə paylaş: