323
Nazorat funktsiyalarini amalga oshiruvchi xodimlar kompetentliligi korxona ichki
nazorat tizimining asosiy belgisi hisoblanadi. Korxonaning kadrlar bilan bog’lik
muammolari ichki nazorat tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Agar buxgalterlar tez-
tez almashtirib turilsa, bu hisob va nazorat funktsiyalari etarli tajribaga ega
bo’lmagan va buning oqibatida ko’plab xatolarga yo’l qo’yadigan odamlar
tomonidan bajarilishga olib keladi. Yangi rahbarlar va mansabdor shaxslar
korxonadagi hisob tizimi bilan etarli darajada tanish bo’lmasligi mumkin. Ayrim
hollarda buxgalteriya xodimlari yuqori boshqaruv bo’g’ini tomonidan topshirilgan
nojo’ya hisob amallarini bajarishni xohlamaganliklari uchun ham ishdan bo’shab
ketadilar. Shuning uchun ham buxgalteriya xodimlarining tez-tez almashtirilib
turishi noxush fakt bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: