14.3. Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazishni
rejalashtirish
Har kanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo’lishi
uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning
mazmuni qo’yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan
kelib chiqadi. Tannarx auditining maqsadi xususan quyidagilardan iborat:
buxgalteriya hisobida tannarx bilan bevosita bog’liq xarjatlarning holatini
ekspertiza yo’li bilan baholash, yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlarining
xaqqoniyligini tekshirish.
Tannarx auditini rejalashtirish chog’ida auditorlik tashkiloti tomonidan
qo’llaniladigan me’yorlar bilan belgilanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, audit
rejasini puxta tuzmasdan sifatli auditorlik tekshiruvi o’tkazish mumkin emas.
Amalda, auditni rejalashtirish jarayoni auditorlik tashkiloti bilan xo’jalik
yurituvchi sub’ekt o’rtasida shartnoma tuzilgunga qadar boshlanadi. Bu holat ko’p
hollarda, agar mijoz bilan shartnoma tuzilmasa, auditni rejalashtirish bilan bog’liq
xarajatlar qaysi manbalar hisobidan mablag’ bilan ta’minlanishi to’g’risidagi
savolni yuzaga keltiradi. Keyinchalik shartnoma tuzilgan holda auditni dastlabki
rejalashtirishga doir ishlar qiymati o’tkaziladigan auditorlik xizmatining umumiy
qiymatiga qo’shiladi, aks holda u auditorlik tashkilotining mablag’lari hisobidan
amalga oshirilishi lozim. Rejalashtirish auditorlik tekshiruvini boshlangich
bosqichi bo’lib, auditorlar reja tuzulgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini
312
boshlamasliklari lozim. Tannarx auditini rejalashtirish ham quyidagi bosqichlarga
bo’linishi lozim:
a) mahsulot tannarx auditini dastlabki rejalashtirish;
b) mahsulot tannarx auditining umumiy rejasini tayyorlash va tuzish;
v) mahsulot tannarx auditi dasturini tayyorlash va tuzish.
Ushbu standart har qanday korxonada auditorlik tekshiruvini shuningdek
tannarx auditini o’tkazish ham audit rejasini, ham audit dasturini tuzishni talab
etadi.
Agar auditorlik tashkilotining ko’pchilik mijozlari kichik va o’rta biznes
korxonalariga taaluqli bo’lsa, u holda unchalik katta bo’lmagan tuzatishlar
kiritilganida ko’pchilik korxonalarni tekshirish uchun mos keladigan namunaviy
audit rejasi ishlab chiqish va rejalashtirish chog’ida tannarx auditi dasturini batafsil
tuzishga maxsus e’tibor qaratish zarur. Bunday namunaviy rejalar bir nechta
bo’lib, ular bir-birlaridan turli biznesga ega korxonalar uchun farq kilishlari
mumkin. Masalan, savdo korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
korxonalari va xokazo. Shuningdek auditor qandaydir boshqa tamoyillar bo’yicha
umumiy namunaviy rejalar ham tuzishi mumkin.
Mahsulot tannarxi auditining umumiy rejasi: mijoz faoliyati bilan tanishish,
mahsulot(ish, xizmat) bilan bog’liq dastlabki rejalashtirish, tekshiriladigan xo’jalik
yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimini baholash, tanlash hajmi va
ahamiyatlilik darajasini aniqlash, mahsulot tannarxini auditi bo’yicha dasturni
tayyorlash, auditni bevosita o’tkazish jarayoni (dasturni bajarish), bajarilgan ishlar
natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy hujjatlarni tayyorlash, tekshiruv
natijalarini mijozga takdim etish va xokazolarni o’z ichiga olgan holda audit
o’tkazishning barcha bosqichlarini aks ettirishi lozim.
Standartda ko’rsatilishicha, auditor umumiy rejada audit o’tkazish
muddatlari va audit o’tkazish grafigini tuzishni, auditorlik hisoboti (xo’jalik
yurituvchi sub’ekt raxbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasi tuzishni
nazarda tutishi lozim. Shundan kelib chiqib, auditor tannarx auditini o’tkazish
313
uchun uning muddati va grafigini tuzib olishi lozim. Rejalashtirish chog’ida
auditor quyidagilarni hisobga olishi zarur:
- kelgusi davrdagi vaqt sarfi hisob-kitobi (takroriy audit o’tkazish xollarida)
va haqiqiy mexnat xarajatlari;
- ahamiyatlilik darajasi;
- auditorlik guruhini tuzish, audit o’tkazishga jalb qilinadigan auditorlar soni
va malakasi;
- auditorlarni, ularning malakaviy darajalari va lavozimlariga muvofiq audit
o’tkaziladigan muayyan uchastkalarga taqsimlash;
- auditorlik guruxining barcha a’zolariga yo’l - yo’riq ko’rsatish, ularni
mijozning moliya-xujalik faoliyati bilan tanishtirish ;
- auditorlik guruxi rahbarining reja bajarilishi va yordamchi auditorlar ishlari
sifati ustidan nazorat o’rnatishi;
- auditorlik amallarini bajarish bilan bog’liq uslubiy masalalarni tushuntirish.
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirish chog’ida ko’p hollarda mijoz
faoliyatida mahsulot tannarxi bo’yicha 100% hujjatlar va jarayonlarni to’liq
tekshirish mumkin bo’lmaydi. Shu boisdan rejada auditorlik tanlash qay tarzda
amalga oshirilishini ko’rsatish zarur.
Tannarx auditi rejasi va dasturining ayrim bo’limlarini xujalik yurituvchi
sub’ekt raxbariyati bilan kelishish ko’zda tutilgan bo’lib, bunda auditorlik
tashkiloti audit uslublari va usullarini tanlashda mustaqil bo’lib qoladilar. Ko’p
hollarda bunday kelishish, mijoz faoliyatining ayrim uchastkalarini batafsilrok
tahlil etish bilan bog’liq masalalarni rejalashtirish bosqichida ko’zda tutish,
auditorning tekshiruv chog’idagi xatti - xarakatlari mijoz korxona rahbariyati
uchun tushunarli bo’lishi, shuningdek auditorning ish jadvaliga muvofiq talab
qilinadigan xujjatlar mijoz tomonidan tezkorlik bilan takdim kilinishi va
tekshiruvning u yoki bu bosqichida zarur bo’ladigan moliyaviy xizmat xodimlarini
ishdan ozod etish uchun maqsadga muvofiqdir.
314
Standartga muvofik tannarx auditining rejasi tuzilganidan so’ng audit dasturi
tuzilib, unda mahsulot tannarxi hisobi to’g’ri olib borilayotganligi bo’yicha barcha
auditorlik amallarining batafsil ro’yxati bayon qilinishi zarur. Dastur auditorlar
uchun batafsil yo’riknoma bo’lib, unda tekshirilishi lozim bo’lgan buxgalterlik
hisobining tannarxga oid bo’limlarini tekshirish, shuningdek ichki nazorat tizimini
tahlil qilish bo’yicha ularning barcha xatti-xarakatlari aks etirilgan bo’lishi lozim.
Audit dasturini tuzish yuzaki bajarilmasligi lozim, chunki u auditorlar ishidagi
ta’sirchan nazorat dastagi bo’lib xizmat qiladi, dasturni har bir bo’limi bo’yicha
auditor xulosalari esa auditorlik hisoboti va auditorlik xotimasini tuzish uchun asos
bo’lib xizmat qilishi lozim.
Auditor o’z ishini shunday rejalashtirishi lozimki, buxgalteriyada
tannarxning to’g’ri hisobga olinishini, xarajatlarning to’g’ri aks ettirilishini,
moliya-xujalik muomalalarining ishonchliligini va qonuniyligini, hamda ular
buxgalteriya xisobi schyotlarida aks ettirilishining to’g’riligini o’z vaqtida va sifatli
auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladi.
Mahsulot tannarxi auditini rejalashtirish quyidagilarni ta’minlashi lozim:
a) buxgalteriyada mahsulot tannarxiga tegishli va davr xarajatlari xisobining
holati hamda ichki nazorat tizimining samaradorligi to’g’risida zarur axborotlarni
olish;
b) bajarilishi lozim bo’lgan nazorat amallarining mazmunini, o’tkazish
vaqtini va hajmini aniqlash.
Auditni rejalashtirish kutilayotgan ishlar rejasini tuzish va auditorlik
dasturini ishlab chiqishni o’z ichiga oladi.
Kutilayotgan ishlar rejasida quyidagi ko’rsatkichlar aks ettiriladi:
- tannarx auditini o’tkazish muddati va ishlarning davomiyligi;
- bajariladigan ishlar hajmi;
- auditor qo’llaydigan usullar va amallar.
Auditor rejani yaxshi va sifatli tuzish xamda ishlarning kutilayotgan hajmini
aniq hisobga olish uchun eng avvalo:
315
- auditorlik tekshiruvi o’tkazish shartnomasi shartlarini o’rganishi;
- o’tkaziladigan auditning eng muhim masalalarini ajratib olishi;
- maxsus e’tibor talab qiladigan shartlarni aniqlashi;
- tekshiriladigan korxona faoliyatida mahsulot tannarxini hisobga olgan
holda yangi konunlar, nizomlar, yo’riknomalar va boshka aloqador me’yoriy
hujjatlarning auditga ta’sirini o’rganishi;
- tekshiriladigan korxonaning xarajatlar hisobi tizimi va ichki audit
tizimining ishonchlilik darajasini aniqlash;
- ichki auditorlarning ishlarini va ularni auditga jalb qilish mumkinligini
tahlil qilishi;
- ekspertlarni jalb qilish zarurligini aniqlanishi lozim.
Ishchi
hujjatlarning
tafsiloti
tasdiqlangan
moliyaviy
hisobotdagi
ma’lumotlardan farq qilmasligi o’ta muhimdir. Auditorlik xulosalari yaqqol va ikki
xil ma’no bildirmaydigan bo’lishi lozim.
Auditorlik tashkilotlarining ish faoliyatini umumiy rejalashtirish ikki
bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqichda tekshiriladigan korxona o’rganilib, bayon
qilinadi va o’tkaziladigan tekshiruvning asosiy o’lchamlari aniqlanadi, ikkinchi
bosqichda esa tekshiruv strategiyasi ishlab chiqiladi va barcha oldinda turgan
ishlarning batafsil bayoni tuziladi.
Mahsulot tannarxi auditorlik tekshiruvini rejalashtirish tekshiriladigan
korxona faoliyatini batafsil o’rganishdan boshlanadi. Auditor korxona faoliyatini
o’rganishdan ikkita maqsadni ko’zlaydi: a) audit o’tkazishni osonlashtirish va
sifatini oshirish; b) tekshiriladigan korxona iktisodini yaxshilashga qaratilgan
amaliy maslahat yordami ko’rsatish.
Korxonalarga nisbatan qo’llaniladigan qonunlar nafaqat mulkchilik
shakllariga, balki karorlar qabul qilish jarayonlarining tashkil etilishi va u yoki bu
hujjatlarni imzolash uchun javobgar shaxslarning tarkibiga xam bog’lik. Bashkaruv
jarayonini bilish nafakat auditorga zarur bo’lgan materiallarni to’plash uchun, balki
uning hisobotidan asosiy foydalanuvchilarni aniqlab, uning ishlaridagi xatarli
316
vaziyatlarni to’g’ri baholashda ham unga yordam beradi. Tekshiriladigan
korxonaning maksadlarini tahlil qilish, uning muomalalarini yaxshi tushunishga
imkon berib, tekshiriladigan hisobot haqida to’g’ri fikr shaklllantirilishi uchun
zarurdir. Korxonaning maqsadlarini aniqlash uchun quyidagilarni bilish zarur:
mahsulotlar va xizmatlarning asosiy turlari; boshqa korxonalar, guruxlar bilan
birlashishga oid yoki korxonaning sotib olish, sotish bo’yicha rejalari; ilmiy
tadkikot va tajriba konstruktorlik sohasidagi yirik korxonalar; rejalashtirilgan
kapital qo’yilmalar; yangi bozorlarga chiqish rejalari; axborot texnologiyasidagi
o’zgarishlar, soliqlarni rejalashtirish strategiyasi.
Mijozning muomalalari haqidagi ma’lumotlar auditorga o’zining xatarli
holatlarini to’g’ri baholash, samarali tekshirish dasturi tuzish va uni o’tkazishga
ketadigan vaqtni tejashda yordam beradi.
Tekshiriladigan korxonaning mahsulot tannarxini shakllantirish bo’yicha
hisob yuritish siyosatini bilish auditorga har xil schyotlarni tekshirishning samarali
metodlarini ishlab chiqish imkonini beradi.
Eng muhimi, auditor amaldagi buxgalterlik hisobi tizimi tekshirilayotgan
xo’jalik yurituvchi sub’ektning xo’jalik faoliyatini ishonarli aks ettirishi hamda
tekshirilayotgan korxonadagi mavjud nazorat vositalariga qay darajada tayana
olishiga ishonch hosil qilishi lozim. Shuningdek, hisob tizimini, ya’ni xujjatlar
aylanish reja-grafigining tuzilishini, buxgalteriya xodimlarining xizmat vazifalari
qanday taqsimlanayotganligini ko’rsatishi, korxonaning asosiy muomalalarini aks
ettirish uchun qanday schyotlar korrespondentsiyalari (o’zaro bog’lanishlari) qabul
qilinganligi va qanday hisob registrlaridan foydalanilayotganligi kabi masalalarni
bayon qilish lozim.
Ko’pchilik auditorlar hisobni tashkil etish va uni yuritish uslubiyoti standart,
markazlashtirilgan holda tartibga solishga bo’ysundirilgan va shuning uchun uni
bayon qilishga ehtiyoj sezilmaydi degan noto’g’ri fikrga ega. Ular bunday fikrga
asoslanib auditni rejalashtirishning bu qismiga etarli e’tibor bermaydilar. Bunday
yondoshuvga yo’l qo’yib bo’lmaydi, chunki markazlashtirilgan tizim shunga olib
317
keladiki, unda turli korxonalar nafaqat o’z xususiyatlarini, balki namunaviy
schyotlar va registrlar nomi ostida ham xatolarini yashiradilar. Masalan, 1010-1090
«Materiallar» schyotlari bo’yicha qoldiqlarni balansda hisob baholarida aks ettirish
hollari ko’p uchraydi. Hisob yuritish siyosatidagi «ishlab chiqarish zahiralarining
hisobi ularning o’rtacha sotib olish bahosi bo’yicha yuritiladi» degan yozuv ostida
nafaqat o’rtacha miqdorlarni hisob-kitob qilishning xilma xil usullari, balki ulardan
to’g’ridan - to’g’ri voz kechish va materiallarni korxona uchun eng qulay bo’lgan
baholarda hisobdan o’chirish va shunga o’xshashlar yashirinishi mumkin.
Buxgalteriya xodimlari korxonada yuritiladigan oborot vedomostlari va shunga
o’xshashlarni jurnal-orderlar deb tushunib, hisob jurnal-order shaklida yuritilishini
tasdiqlashlari ham mumkin.
Har bir auditor, garchi bitta mahsulot tannarxi auditorlik tekshiruvida to’lik
ishtirok etgan bo’lsa ham, buxgalteriya hisobida xarajatlarni tartibga solish va
soliqqa tortishning mavjud tizimida istalgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt
buxgalterlik (moliyaviy) hisobotining u yoki bu darajadagi xatolarga yo’l
qo’ymasligi o’ta murakkab ekanligini tushunib etadi.
Auditor bunday xatolarni aniqlaganida quyidagi vazifalarni xal etishi lozim:
- buxgalterlik hisobotidagi xarajatlar bilan bog’liq xatolarning buzib
ko’rsatilishini bayonini yozish;
- buxgalterlik hisobida xarajatlar hisobining qonunchilik bilan belgilangan
koidalari xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari tomonidan bilmasdan yoki ataylab
buzilgan hollar aniqlanganida auditorlik tashkiloti qanday ish tutishi
xususiyatlarini aniqlash;
- buxgalteriya xisobotining ishonchliligiga ta’sir qiladigan xatolar auditor
tomonidan aniqlanganligi munosabati bilan xo’jalik yurituvchi sub’ekt va
auditorlik tashkiloti mas’uliyatlarini bir-biridan ajratib belgilash;
- buxgalterlik (moliyaviy) hisobotning buzib ko’rsatilish xavf-xatari
omillarini aniqlash.
318
Ko’pincha auditor mahsulot tannarxi auditini o’tkazish chog’ida
buxgalteriyada xarajatlarning tannarxga qanday maqsadlarda ataylab xatolar
kiritilganligini aniqlashga urinib, unga xos bo’lmagan funktsiyalarni zimmasiga
olishga
xarakat
qiladi
(balki
buxgalterlik
hisoboti
ma’lumotlaridan
foydalanuvchilarni chalg’itish uchun g’arazli maqsadlar ko’zlangan bo’lishi
mumkin).
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlarining buxgalterlik hisobotida xatolar
paydo bo’lishiga olib keladigan, ataylab qilingan xatti-xarakatlari (yoki
loqaidliklari) to’g’risida xulosa qilish faqat vakolatli organ tomonidan amalga
oshirilishi mumkinligini auditor hisobga olishi zarur. Auditor uchun muhimi
aniqlangan xatolarning axamiyatli yoki axamiyatsiz ekanligi.
Agar rahbariyatga taqdim qilingan axborotlar natijalari bo’yicha tegishli
buxgalteriya hujjatlariga tegishli o’zgartishlar kiritilmagan bo’lsa, u holda auditor
audit jarayonida aniqlangan buxgalterlik hisobotidagi buzib ko’rsatilgan faktlar
to’g’risidagi ma’lumotlarni auditorlik xulosasiga kiritishi kerak.
Auditorlar ham, tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati ham
shuni unutmasliklari zarurki, buxgalterlik hisobotlarini ataylab va bilmasdan
buzishlarning yuzaga kelishi uchun; shunday xatolarning oldini olish bo’yicha
choralar ko’rilmaganligi uchun; ularni bartaraf qilmaganligi yoki kechikib
to’g’rilaganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlari javobgardir.
· korxonada mahsulotlarni etkazib berish bo’yicha shartnoma
majburiyatlarining bajarilishini ishonarli, tezkor hisobga olishning tashkil etilishi,
tayyor mahsulotlar etkazib berish majburiyatlarining bajarilishini hisobga olgan
holda korxona xodimlari tomonidan belgilangan tartibga rioya qilinishi;
- mahsulotlarni to’lik va o’z vaqtida etkazib bermaganlik natijasida ko’rilgan
yo’qotishlar (jarimalar, peniyalar, neustoykalar va boshqalar);
- chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilashga doir ko’zlangan tadbirlarning
bajarilishi; mahsulot sifati ko’rsatkichlari, brak va sifatsiz mahsulot etkazib
berganlik uchun ko’rilgan zararlar;
319
- mahsulot chiqarish ritmi, ritmsiz ishlash sabablari, sutkalik grafiklar
bajarilmasligi oqibatida ko’rilgan zararlar;
- xom ashyolar, materiallar va ishlab chiqarish chiqitlaridan oqilona
foydalanish;
- mahsulot ishlab chiqarish va sotish haqidagi hisobot ma’lumotlarining
buxgalterlik hisobi va dastlabki xujjatlar ma’lumotlariga to’g’ri kelishi;
- mahsulotlar hisobotiga hisobot davrida tayyorlanib tugallanmagan
mahsulotlarning kiritilmaganligi va hisobotlarda boshqa qo’shib yozish hamda
chalkashliklarga yo’l qo’yilmaganligi.
Hisob siyosatida quyidagilar aks ettirilishi lozim:
Materiallarni sotib olish va tayyorlashni hisobga olish tartibi:
Ishlab chiqarishga berilgan materiallarni hisobdan o’chirish usullari:
- xar bir birligining tannarxi bo’yicha.
- o’rtacha tannarx bo’yicha (AVECO).
- moddiy ishlab chiqarish zahiralarining birinchi sotib olingan tannarxi
bo’yicha navbati bilan (FIFO)
Xarajatlarni va muomala sarflarini hisobga olish uslubi:
- maxsulotlar tannarxini shakllantiradigan xarajatlarni hisobga olish
(2010,2310,2510) balans schyotlarida amalga oshiriladi.
- to’liq bo’lmagan ishlab chiqarish tannarxi.
Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash va hisobdan o’chirish tartibi.
Kelgusi davr sarflarini hisobdan o’chirish tartibi:
- bir tekisda;
- mahsulot hajmiga mutanosib ravishda.
Boshqaruv va tijorat sarflarini tan olish tartibi:
- hisobot yilida ular to’lik tan olinadi.
- sotilgan va sotilmagan tovarlar (maxsulotlar) o’rtasida taqsimlanadi.
Auditor ichki nazorat tizimining ishonchliligini va tekshirish o’tkazishda
unga tayanish mumkinligi haqida asosli qaror qabul qila olishi uchun bu tizimni
320
o’rganadi. Nazorat tizimining ishonchliligi, uning hisob yuritishda muayyan
shaxslar qasddan qilishi mumkin bo’lgan, shuningdek tasodifiy yo’l qo’yiladigan
xatolarning oldini olish va aniqlash layoqatidan iborat. Agar auditorning fikricha,
ichki nazorat tizimi ishonchli bo’lsa, bunda u tekshiruv ob’ektlaridan birortasi
bo’yicha schyotlar yoki muomalalarni tekshirishni to’lik yoki qisman ichki nazorat
tizimining ishlashini tekshirish natijasi bilan almashtirishi mumkin. Agar, ichki
nazorat tizimi ishonchli va sezilarli darajada izdan chiqmasdan ishlayotganligini
aniqlansa, u bunday tizimdagi buxgalterlik ma’lumotlarida ham katta xatolar yo’q
deb taxmin qilishga haqlidir. Agar mabodo ichki nazorat tizimi samarasiz bo’lsa,
auditor uning kamchiliklaridan kelib chiqadigan xatarli vaziyatlarni bartaraf qilish
uchun testlar soni va uni tanlash hajmini ko’paytirishi lozim. Ichki nazorat tizimini
ko’rib chiqishda, auditor avvalo, korxona ma’muriyatining ichki nazoratga
munosabatini, ya’ni korxona rahbarining fikrlash xususiyatlarini, ularning
rahbarlik qilish uslubini, aniq moliyaviy hisobotga munosabatini o’rganadi.
Auditor korxona atrofidagi ishchanlik muhitini ham inkor qilmasligi lozim.
O’rganishning ushbu bosqichida auditor mijoz bilan tuzilgan shartnomadan kelib
chiqadigan taxlikali vaziyatlarni baholashda to’plagan ma’lumotlaridan
foydalanadi. Lekin, u agar butun auditning taxlikali vaziyatlarini qulay deb
baholagan bo’lsa, shuningdek, korxonaning ichki nazorat tizimini ham ishonchli
deb bilmasligi lozim.
Rejalashtirish paytida ichki nazorat tizimi faoliyatining barcha tomonlarini
batafsil tahlil qilib chiqish lozim. Auditor olingan ma’lumotlarni yagona tizimga
keltirish uchun qisqacha hisobot tayyorlab, unda quyidagilarni bayon qiladi:
korxonaning faoliyat qilish sohasi va printsiplari; rahbariyatning ishonchli hisob va
nazorat tizimini yaratishga oid majburiyatlari; rahbariyatning korxona faoliyatini
nazorat qila olish layoqati.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ichki nazoratga taaluqli kandaydir
maxsus talablar yuk. Shuning uchun auditor ichki nazorat tizimini baxolashda
ikkita omilga tayanadi:
321
- ichki nazoratning maqsadi korxona rahbariyati uchun ham, auditor uchun
ham bir xil - buxgalteriya hisobotining ishonchliligi va ob’ektivligini ta’minlash;
- auditorlik hisobotining tahliliy qismida ichki nazorat holatini ekspertiza
qilish natijalarini aks ettirish zarur.
Ichki nazorat tizimini baholashning asosiy maqsadi auditni rejalashtirish,
shuningdek auditorlik amallarining turlarini, o’tkazish vaqtini va hajmini aniqlash
uchun puxta zamin yaratib, ularni auditorlik tekshiruvining dasturida aks
ettirishdan iborat.
Nazorat muhitining ahvoli rahbarlarning ish uslubi, ularning dunyo qarashi,
nazorat va xodimlar ustidan nazorat maqsadini tushuntirish tizimining
samaradorligiga bog’lik.
Dostları ilə paylaş: |