A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


 Tovar-moddiy zahiralarni kirim qilish va ishlab chiqarishga sarflash



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   189
АУдит дарслик

 
13.6. Tovar-moddiy zahiralarni kirim qilish va ishlab chiqarishga sarflash 
vaqtida baholashning to’g’riligini tekshirish. 
Amaldagi qoidalarga muvofiq moddiy boyliklar hisob va hisobotda haqiqiy 
tannarxi bo’yicha aks ettirilishi lozim. Haqiqiy tannarx ularni sotib olish uchun 
qilingan sarflar (transport - tayyorlov xarajatlari), ushbu resurslarni etkazib 
beruvchi tomonidan taqdim qilingan qarz hisobiga sotib olganlik uchun 
to’lanadigan foizlarni ham qo’shgan holda aniqlanadi. Shuningdek, tashqi iqtisodiy 
va boshqa tashkilotlarga to’langan xizmat haqlari, ustama haqlari, bojxona 
to’lovlari, chet tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan saqlash, yuklash-tushirish 
va tashish xarajatlari (QQS siz) ham haqiqiy tannarxga qo’shiladi.
Moddiy boyliklarni baholashning to’g’riligi ko’p jihatdan ularning analitik 
va sintetik hisobini tashkil etish hamda yuritishga bog’liq. Shuning uchun auditor 
1010-1090 schyotlar bo’yicha moddiy boyliklar hisobi, ularning har bir turi 


302 
bo’yicha hamda iste’mol xossalariga ko’ra (navi, markasi, konditsiyasi va hokazo) 
yuritilishini; Moddiy boyliklarning iste’mol xossalariga qarab ularning har biriga 
nomenklatura raqamlari berilganligi va ularning dastlabki hujjatlarda hamda 
omborxona hisobida ko’rsatilishini tekshirishi lozim.
Agar ishlab chiqarish zahiralari hisob baholari bo’yicha hisobga olinsa, 
ushbu baholar va sotib olingan materiallarning haqiqiy tannarxi o’rtasidagi 
farqlarni tovar-moddiy zahiralarning turlari o’rtasida taqsimlash ishlari audit 
ob’ekti bo’lib hisoblanadi.
Korxona faoliyatining moliyaviy ko’rsatkichlari ishlab chiqarish zahiralarini 
baholash usullaridan qaysinisi tanlanganiga ham bog’liq. Tovar-moddiy zahiralar 
yil davomida har xil baholarda sotib olinganligi sababli, ularning to’g’ri 
baholanganligini aniqlash asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish 
zahiralarining yakuniy qiymatini maxsus baholash usullari yordamida tartibga 
solish mumkin. Tekshiruv usuli korxonada tovar-moddiy zahiralarni hisobdan 
o’chirishning qaysi uslubi (har xil moddiy boyliklar uchun ular xilma-xil 
bo’lishlari mumkin) qo’llanilishiga bog’liq.
№4 - «Tovar-moddiy zahiralar» nomli BHMSga muvofiq, ishlab chiqarishga 
xarajat qilinadigan moddiy boyliklarning haqiqiy tannarxini aniqlash chog’ida 
ishlab chiqarish zahiralarini baholashning quyidagi usullaridan foydalanish tavsiya 
qilinadi: 
1. 
O’rtacha tannarxi bo’yicha (AVECO); 
2. 
Birinchi xarid qilingan tannarx bo’yicha (FIFO); 
Auditor zahiralarning muayyan turiga nisbatan tanlangan usulning yil 
davomida o’zgartirilmasdan qo’llanilganligiga ishonch hosil qilishi, ularni 
qo’llashning to’g’riligi, hamda asoslanganligi va boshqaruv uchun foydaliligini 
tekshirishi lozim.
Agar korxonaning hisob siyosatida tovar-moddiy boyliklarni baholashning 
FIFO (FIFO) metodi belgilangan bo’lsa, u holda ular oy boshiga mavjud bo’lgan 
zahiralar qoldig’ining tannarxini hisobga olgan holda, birinchi sotib olingan 


303 
zahiralar bahosida ishlab chiqarishga sarflanishi lozim. Balansda esa moddiy 
boyliklarning qoldiqlari so’ngi sotib olingan, ya’ni qimmatroq xarid baholari 
bo’yicha ko’rsatilishi lozim.
Agar zahiralar o’rtacha tannarx (AVECO usuli) bo’yicha baholansa, auditor 
zahiralarning qaysidir bir partiyasini baholashning to’g’riligini, ya’ni o’rtacha 
bahoning to’g’ri hisob-kitob qilinganligini aniqlashi uchun bir necha dastlabki 
kirim hujjatlarini tekshirishi zarur.
Moddiy 
boyliklar 
qiymati 
ishlab 
chiqarish 
sarflariga 
hisobdan 
o’chirilishining to’g’riligini auditor quyidagi tovar balansi formulasi bo’yicha 
tekshirishi mumkin: 
S
mq
q Y
b
Q K
mb
- Y
o
S
mq 
- hisobot davrida sarflangan moddiy boyliklar qiymati; 
Y
b
, Y
o
- ishlab chiqarish zahiralari schyotlaridagi yil boshi va oxiriga 
bo’lgan moddiy boyliklar qoldig’ining qiymati (balans va bosh daftar ma’lumotlari 
asosida); 
K
mb
- hisobot davrida kirim qilingan moddiy boyliklar qiymati (1010-1090 
schyotlarning debet oborotlari).
Materiallar haqiqiy tannarxi xatolashib yoki ataylab oshirilganda, tayyor 
mahsulotlar ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) xarajatlari sun’iy 
ravishda ko’payadi va mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olinadigan foyda 
(daromad) kamayadi. Shuningdek, foyda (daromad) solig’i bo’yicha soliqqa 
tortiladigan baza ham kamayadi ya’ni sun’iy ravishda soliq yashiriladi.
Agar korxonada hisobot davri davomida bahosi pasaytirilgan materiallar 
bo’lsa, yoki ular qisman o’z sifatini yo’qotgan yoki ma’naviy eskirgan bo’lsa, 
bunda ular yil oxirida haqiqiy tannarxi bo’yicha emas, balki sotish mumkin 
bo’lgan bahoda baholanishi va balansda aks ettirilishi lozim. Agar u dastlabki 
tayyorlash (sotib olish) qiymatidan past bo’lsa, bahodagi farqlar moliyaviy 
natijalarga olib boriladi.


304 
Moddiy boyliklarning ishlab chiqarish va boshqa maqsadlarda ishlatilishini 
tekshirish uchun auditor texnologik jarayonlarning xususiyatlari, hamda moddiy 
boyliklarni ombordan ishlab chiqarishga berish tartibi bilan batafsil tanishishi 
lozim. Chunki, ushbu tartib buzilganida ko’plab kamchiliklar va hatto suyiste’mol 
qilishlar yuzaga keladi.
Moddiy boyliklarning ishlab chiqarishga berilishi, dastlabki va yig’ma 
chiqim hujjatlari asosida tuziladigan, materiallar sarflanishi hisobga olinadigan 
yig’ma vedomost bo’yicha tekshiriladi.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin