338
qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim hollardagina auditorlar taxmin va hisob-
kitoblarga asoslangan moliyaviy axborotlarni baholaydi.
Ta’kidlash joizki, tekshiruv natijalari va xo’jalik yurituvchi sub’ekt
mutaxassislarining hisob-kitoblarini baholashda auditorlar ma’lum
darajada
professional ehtiyotkorlikka rioya qilishlari zarur.
Auditor quyidagi hollardagi kabi, katta nomuvofiqliklar mavjudligini
ko’rsatuvchi holatlarni ob’ektiv baholashi zarur:
- xarajatlarni taqsimlash, tannarxni aniqlash vash u kabilar yuzasidan
xo’jalik yurituvchi sub’ekt xodimlariga ma’lum bo’lgan, ammo auditor tomonidan
ochilmagan xatolarni aniqlash faktlari;
- tekshiruv uchun zarur bo’lgan, auditorga o’z
vaqtida taqdim qilinmagan
xarajatlar bilan bog’liq dastlabki hujjatlar yoki ma’lumotlarga doir xo’jalik
muomalalari;
- mutaxassislarning hisob-kitoblaridagi nomuvofiqliklar;
- inventarizatsiya natijasida aniqlanib, dalolatnoma va taqqoslash
vedomostlari bilan rasmiylashtirilgan, lekin etarli darajada tahlil qilinmagan va
tuzatilmagan katta
tafovutlar;
- katta tafovutlarning tasdiqlanmaganligi va auditor so’rovlariga kutilgan
javoblar olinmaganligi;
- tekshiruv uchun tanlab olingan, zarur dastlabki hujjatlar yoki tegishli ruxsat
etuvchi ko’rsatmalar taqdim qilinmagan xo’jalik muomalalari.
Auditor mahsulot tannarxi bo’yicha to’plangan dalil - isbotlar etarliligini
baholashda ushbu holatlar aniqlangan bosqichni (rejalashtirish, audit o’tkazish)
hisobga olishi kerak. Shuningdek, katta xatolar xatarini
dastlabki baholash va
batafsil tekshirish rejalari ham e’tiborga olinishi lozim.
Agar bunday holatlar rejalashtirish bosqichida aniqlangan va hisobga
olingan bo’lsa, unda auditor to’plangan dalil-isbotlarning etarliligiga va
rejalashtirilgan hamda qo’shimcha auditorlik amallarini bajarishning maqsadga
muvofiqligiga baho berishi zarur.
339
Auditorlik tekshiruvining asosiy bosqichlarini o’tkazish natijalari audit
o’tkazishdan qo’yilgan maqsadga erishilganlik
darajasini baholagan holda
auditorning ishchi hujjatlarida qaid qilinishi lozim.
Yozma shaklda olingan dalil-isbotlarni eng ishonchli deb tan olish qabul
qilingan. Yozma tasdiqlarning ishonchliligi ularning to’g’ri rasmiylashtirilishiga
bog’liq. Tasdiqlar ishonchliligining tahlilidan kelib chiqib, tasdiqlangan va
tasdiqlanmagan
summalarning katta-kichikligi, shuningdek majburiyatlarning
ishonchliligi to’g’risida auditor fikrini shakllantirish uchun olingan dalil-isbotlar
etarliligi baholanadi;
Maxsulot tannarxi analitik hisobi ma’lumotlarining tengligini tekshirish.
Dastlabki hujjatlarni tekshirib chiqish yoki bo’limlar bo’yicha xarajatlarning
amalga oshirilgani tasdig’ini olish munosabati bilan auditorlar xarajatlarni hisobga
oladigan analitik hisob registrlarini tekshirib chiqishi,
hamda ularni Bosh daftar
ma’lumotlari bilan taqqoslashi lozim. Xarajatlar muomalalari hisobga olinadigan
schyotlarni tahlil qilishda quyidagilar aniqlanishi mumkin:
- tugallanmagan ishlab chiqarish schyotlari buyicha debet koldiklar;
- xarajatlarning mahsulot tannarxiga olib borilishi bo’yicha haddan tashqari
katta tuzatishlar;
- yaroqsiz mahsulotlar qiymatini ishlab chiqarilagan mahsulotlar tannarxiga
o’tkazish bo’yicha hujjatlar;
- yordamchi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarning ishlab chiqarilgan
mahsulotlar tannarxiga olib borish bo’yicha me’yorlar;
- bilvosita xarajatlarning mahsulot tannarxiga to’g’ri taqsimlanishi bo’yicha
me’yorlar.
Barcha belgi qo’yilgan summalar yakuniy ishchi hujjatlarini tayyorlashda
tahlil qilinishi va hisobga olinishi lozim. Ushbu ishlarning
natijalarini boshqa
olingan dalil-isbotlar bilan taqqoslash maqsadga muvofiq.
Shuningdek, auditor xarajatlar tarkibidagi dinamik o’zgarishlarn ham
aniqlab ular bo’yicha aniqlangan kamchiliklarni o’z hisobotida aks ettirishi lozim.
340
Auditor quyidagi jadvaldan qaysi xarajat moddalari bo’yicha bu yilda
o’zgarishlar mavjudligini aniqlaydi va uning sababini o’rganadi, unda aniqlangan
g’ayrioddiy o’zgarishlarni o’z hisobotida aks ettiradi. Masalan, yuqorida keltirilgan
ma’lumotlardagi noto’g’ri olib borilgan ijtimoiy sug’urta va badallarning
summalari jadvaldagi o’zgarishlarga o’z ta’sirini o’tkazgan bo’lishi mumkin, ya’ni
salmoqqa nisbatan kamayish ko’rilsada, son jihatidan 1925m.s ga oshgan.
Dostları ilə paylaş: