A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


Dastlabki qiymat - qoldiq qiymat = 800000 – 50000 = 12,5 s



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   189
АУдит дарслик

 
Dastlabki qiymat - qoldiq qiymat = 800000 – 50000 = 12,5 s
 
ish birligi hajmi 60000 
Bir yilda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori 12,5 so’mga ko’paytirilib, bir 
yillik amortizatsiya summasi aniqlanadi. Masalan, stanok birinchi yili 10000 ta 
mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Demak, birinchi yil uchun amortizatsiya 
summasi:
10000 ta x 12,5 = 125000 so’m. 
3. Asosiy vositalar foydali xizmat qilish muddati davomidagi yillar sonining 
yig’indisi bo’yicha hisobdan o’chirish usuli (kumulyativ usul) muayyan asosiy 
vositaning foydali xizmat qilish muddati davomidagi yillar yig’indisi asosida 
aniqlanib, ushbu yig’indi hisob-kitob koeffitsienti uchun maxraj qilib olinadi. 
Foydali xizmat qilish muddati davomidagi yillar soni esa surat qilinib, kamayib 
borish tartibida teskari joylashtiriladi. Masalan, stanokning xizmat muddati 5 yil. 
Xizmat yillari yig’indisi (kumulyativ son) 15 ga teng (1+2+3+4+5 q 15). Har yil 
uchun amortizatsiya hisoblash koeffitsienti esa quyidagicha bo’ladi (2.4-jadval). 
So’ngra har bir koeffitsient (kasr) amortizatsiyalanadigan qiymatga 
ko’paytirilib, tegishli yil uchun amortizatsiya summasi aniqlanadi. 
Amortizatsiya hisoblash jadvali 
Yillar 
1 - y 
2 - y 
3 - y 
4 - y 
5 – y 
Koeffits
enti 
_5_ 
15 
_4_ 
15 
_3_ 
15 
_2_ 
15 
_1_ 
15 


331 
4

Kamayib boruvchi qoldiq usuli kumulyativ usuldagi tamoyilga asoslangan 
bo’lib, istalgan qat’iy stavka (%) qo’llanilishi mumkin. Bunday stavka (%) sifatida 
ko’p hollarda bir tekis (to’g’ri chiziqli) usulda qo’llaniladigan amortizatsiya 
me’yorining ikkiga ko’paytirilgan miqdori olinadi va har yil boshidagi qoldiq 
qiymatidan shu yil uchun eskirish summasi hisoblab chiqariladi. 
Auditor korxonada qo’llanilayotgan amortizatsiya hisoblash usuli bo’yicha 
hisob-kitoblarning to’g’riligini ham tekshirishi zarur. Shuningdek, asosiy vositalar 
ob’ektlari bo’yicha amortizatsiya ajratmalari hisoblash usulidan qat’iy nazar, yil 
davomida har oyda yillik summaning 1/12 qismi hajmida hisoblab borilganligini 
aniqlash kerak. Asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ajratmalari qaysi hisobot 
davridan hisoblangan bo’lsa, buxgalteriya hisobi va hisobotda shu davrda aks 
ettirilishi, hamda korxonaning hisobot davridagi moliyaviy natijasi qanday 
bo’lishidan qat’iy nazar (foyda yoki zarar) hisoblanishini ham nazarda tutish zarur. 
Bulardan tashqari, xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan, ishlab chiqarish 
ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati va foydali 
xizmat qilish muddati (biroq xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat qilish 
muddatidan oshmagan muddat)dan kelib chiqib hisoblangan, me’yorlar bo’yicha 
har oyda mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga olib boriladigan eskirish summalari 
ham ushbu elementga kiradi. Bunda auditor foydali xizmat qilish muddatini 
aniqlash imkoni bo’lmagan nomoddiy aktivlar bo’yicha eskirish me’yori besh yil 
muddat hisobidan kelib chiqib aniqlanishini, biroq bu muddat xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning faoliyat muddatidan oshib ketmasligini nazarda tutishi kerak. 
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar
 
ro’yxati 
«Xarajatlar tarkibi.... to’g’risidagi Nizom»da batafsil keltirilgan. Jumladan, ishlab 
chiqarish jarayonlariga xizmat ko’rsatish xarajatlari; ishlab chiqarishni xom ashyo, 
materiallar, yonilg’i, energiya, dastgohlar, moslamalar va boshqa mehnat vositalari 
hamda buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari; asosiy ishlab chiqarish vositalarini 
ishchi holatida saqlash xarajatlari; asosiy ishlab chiqarish vositalarini xo’jalik usuli 
bilan barcha turdagi (joriy, o’rta, kapital) ta’mirlashlar ishlab chiqarish 


332 
xarajatlarining tegishli moddalari bo’yicha mahsulot (ish,xizmat)lar tannarxiga 
kiritiladi. 
Bundan tashqari, zarur hollarda ayrim tarmoqlar xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlari O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining ruxsati bilan kapital 
ta’mirlash ishlarini bajarish uchun zahira (manba) yaratishlari mumkin. Ushbu 
zahirani yaratish uchun qilingan ajratmalar ham mazkur element tarkibida aks 
ettiriladi va ko’zda tutilayotgan xarajatlar qiymati hamda har bir asosiy vosita 
ob’ektini kapital ta’mirlashning davriyligidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
Zahira uchun ajratmalar me’yori har hisobot yili oxirida qayta ko’rib chiqilib, 
zarurat bo’lganda yangi moliya yili uchun o’zgartirilishi (ko’paytirilishi yoki 
kamaytirilishi) mumkin. Agar kapital ta’mirlash uchun yaratilgan zahira 
mablag’larining summasi mazkur ob’ektni ta’mirlash uchun qilingan haqiqiy 
xarajatlar summasidan ortiqcha bo’lsa, oshib ketgan summa bo’yicha tuzatish 
kiritilishi kerak; agarda haqiqiy xarajatlar zahiradagidan oshib ketsa, u holda oshib 
ketgan summa «Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar» 
elementi tarkibida aks ettiriladi. 
Yong’indan saqlash va qo’riqlashni hamda xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlarning texnikadan foydalanish qoidalarida ko’rsatilgan boshqa maxsus 
talablarni ta’minlash, ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari ham tekshiriladi. 
Idoradan tashqari qo’riqlash xarajatlarini, bunday qo’riqlash talab 
qilinadigan mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar mavjud bo’lgandagina, 
mahsulotlar tannarxiga kiritish mumkin. 
«Xarajatlar tarkibi..... to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq ishlab chiqarish 
faoliyatiga taalluqli joriy ijaraga olish bilan bog’liq xarajatlar ham mahsulotlar 
tannarxiga kiritiladi. Ijara to’lovlarini mahsulotlar tannarxiga kiritish bo’yicha 
Nizomda hech qanday cheklashlar ko’zda tutilmagan. Xususan, joriy tartibda 
ijaraga olingan asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini hisobdan o’chirish 
ko’plab munozarali masalalarni yuzaga keltiradi. 


333 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Fuqarolik 
Kodeksining 
548-moddasida 
belgilangan, ijaraga olingan asosiy vositalarni saqlash bo’yicha umumiy qoidalarga 
muvofiq agarda qonun yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo’lmasa, 
ijaraga oluvchi mol-mulkni yaxshi holda saqlashi, ijaraga olingan mulk-mulkni o’z 
hisobidan joriy ta’mirlashi va saqlash bo’yicha boshqa xarajatlarni qilishi lozim. 
O’z navbatida, agar qonun hujjatlari yoki shartnomada boshqa tartib nazarda 
tutilgan bo’lmasa, ijaraga beruvchi ijaraga topshirilgan mol-mulkni o’z hisobidan 
ta’mirlashi shart (547-modda). Shunday qilib, shartnomada ta’mirlash ishlari 
ko’rsatilmagan bo’lsa, O’zRFK 547 va 548 moddalariga muvofiq ish tutiladi. 
Audit o’tkazish jarayonida tahliliy amallar o’tkaziladi, zaruratga qarab ijara 
shartnomalari yuridik ekspertizadan o’tkaziladi. Masalan, auditor tekshiruv 
chog’ida ijaraga olingan binoni ta’mirlash xarajatlarining tannarxga olib borilishi 
bilan bog’liq muomalani aniqlagan. Ammo shartnomada barcha turdagi mol-
mulklarni ijaraga beruvchi tomon ta’mirlashi ko’rsatilgan. Demak, ijaraga oluvchi 
binoni ta’mirlashga doir xarajatlarni tannarxga asossiz kiritgan. Agar shartnomada 
bunday holat ko’rsatilmaganda edi, unda korxona O’z.R.F.K ning 610-moddasiga 
muvofiq ta’mirlash xarajatlarini o’z hisobidan amalga oshirib, mahsulot (ish, 
xizmat)lar tannarxiga kiritgani asosli hisoblanar edi. 
Ishlab chiqarish tarmog’ini, jumladan, xarajatlar, olingan mahsulotlar va 
ularning tannarxini tekshirish korxona yillik hisobotining 5-S shakli («Korxona 
sarf-xarajatlari to’g’risidagi») ma’lumotlarini o’rganishdan boshlash maqsadga 
muvofiq.
Auditorlik tekshiruv o’tkazilayotgan davrga ko’ra, barcha xarajatlar yoki 
ularning ayrim turlari tekshirilishi mumkin; mahsulotlar tannarxi, har mahsulot 
sotilganda tayyor mahsulotning chiqib ketishi, ya’ni 2810 - schet “Tayyor 
mahsulot” schetidan chiqib ketadigan mahsulot qiymatiga nisbatan olinadi. 
Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini tekshirish uchun korxona «ishlab 
chiqarilgan mahsulotlar tannarxi» shakli va moliyaviy natijalar to’g’risidagi 
hisobot ma’lumotlari taqqoslanadi. Tafovutlar aniqlangan hollarda ularning 


334 
sabablarini aniqlash, xususan, bular kelgusidagi xarajatlarni sun’iy ravishda oshirib 
ko’rsatish maqsadida oldindan bilgan holda tannarxni hisobotda oshirib ko’rsatish 
natijasi yoki boshqa xatoliklarning oqibati ekanligini aniqlash zarur. Bulardan 
tashqari xarajatlarning tannarxga to’g’ri va o’z vaqtida olib borilishi ham 
tekshiriladi. 
Tekshirishning muhim bosqichi sotilgan tayyor mahsulotning tannarxini 
to’liq va to’g’ri hisobdan chiqarilganligini aniqlashdan iborat. Mahsulotlarning 
tannarxiga bilvosita va yordamchi xarajatlarning to’g’ri taqsimlanganligini 
aniqlash audit o’tkazishdagi asosiy tekshirilishi zarur jarayon hisoblanadi. 
Mahsulotga qilingan xarajatlarni tekshirishda va mahsulotlar tannarxini 
tahlil qilishda: mahsulotlarning haqiqiy tannarxi reja tannarxi bilan taqqoslanadi; 
ayrim mahsulot turlaridan zarar ko’rish sabablari; xarajatlarning ayrim mahsulotlar 
va tugallanmagan ishlab chiqarishlar turlariga to’g’ri olib borilganligi; buxgalteriya 
hisobi schyotlarini yopish tartibiga rioya qilinishining asoslanganligi kabilar 
aniqlanadi. Bulardan tashqari, umum ishlab chiqarish va ta’mirlash xarajatlarining 
tannarx ob’ektlariga to’g’ri taqsimlanganligi 2510- «Umum ishlab chiqarish 
xarajatlari» schyoti va ushbu xarajatlarni taqsimlash hisob-kitobi ma’lumotlariga 
muvofiq tekshiriladi. 
Yoqilg’i-moylash materiallarining sarflanishi tasdiqlangan me’yorlar va 
bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib, mashina va uskunalarning (yoqilg’i bilan 
ishlaydigan bo’lsa) hisob varaqalariga asosan aniqlanadi. Shuningdek, me’yoridan 
oshiqcha sarflangan yoqilg’i-moylash materiallarining qiymati aybdor shaxslar 
zimmasiga olib borilganligini ham aniqlash zarur. 
Mahsulot tannarxining to’g’ri hisoblanishi, xususan, xarajatlar bir qismining 
asossiz ravishda yordamchi xo’jaliklar yoki tugallanmagan ishlab chiqarishga olib 
borilishi hisobiga tovar mahsulotlar tannarxining sun’iy tarzda pasaytirilish 
holatlari yo’qligi aniqlanadi. 


335 
Ishlab chiqarish jarayonida brakka hisobdan chiqarilishini tekshirishda 
yaroqsiz mahsulotlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasining o’z vaqtida va to’g’ri 
rasmiylashtirilishi aniqlanadi. 
Shuningdek, yaroqsiz holga kelgan mahsulotlar qiymatini aybdor 
shaxslardan undirish bo’yicha choralar ko’rilganligini hamda ularning korxona 
zarariga yozilib hisobdan o’chirilishi holatlarining yo’qligi aniqlanadi. Bulardan 
tashqari, mahsulotlar tannarxini pasaytirish imkoniyatlari va moddiy, moliyaviy va 
mehnat resurslari sarflanishida xo’jasizlik holatlarini bartaraf qilish maqsadida 
tahlil o’tkazish zarur. Bundan material va mehnat xarajatlari hamda tannarx tarkibi 
xarajat moddalari bo’yicha tahlil qilinadi. 
Kalkulyatsiya - bu ayrim turdagi mahsulotlar birligining yoki butun tovar 
mahsulotlarning tannarxini aniqlash usulidir. Kalkulyatsiya muayyan turdagi 
mahsulotga nisbatan xarajatlarni guruhlash usuli sifatida, ishlab chiqarish 
jarayonining istalgan bosqichida mahsulotlar tannarxining har bir tarkibiy 
elementini kuzatib borish imkonini beradi. Shu boisdan, mahsulotlar birligining 
tannarxini hisoblashni tekshirish ishlab chiqarish xarajatlari auditining muhim 
bo’lagi hisoblanadi. 
Auditor xarajatlarning sarf-xarajat moddalari bo’yicha ularning maqsadi va 
vujudga kelish joylariga qarab guruhlanishini hamda bevosita yoki bilvosita yo’l 
bilan mahsulotlarning har bir turiga olib borilishini bilishi zarur. Iqtisodiyot 
tarmoqlarida sarf-xarajatlar tarkibi turlicha va tegishli tarmoq (yoki tarmoqlararo) 
yo’riqnomalar va uslubiy tavsiyalar bilan belgilanadi. 
Mahsulotlar tannarxini hisoblashni tekshirishda auditor quyidagilarning 
to’g’riligini aniqlaydi: 
*
mahsulot 
ishlab 
chiqarish 
(ish,xizmat) 
uchun 
qilinadigan 
xarajatlarning turkumlanishini; 
*
xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo’yicha hisobga olish va 
hisobdan chiqarish (taqsimlash); 
*
yaroqsizlik (brak) dan va bekor turib qolishdan ko’rilgan yo’qotishlar; 


336 
*
tugallanmagan ishlab chiqarishni aniqlash; 
*
bilvosita sarflarni taqsimlash; 
*
xarajatlarni hisobga olish va mahsulotlar tannarxini hisoblash 
usullarini qo’llash; 
*
ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga doir schyotlarning 
o’zaro boglanishi (korrespondentsiyasi)ni tuzish; 
*
ishlab chiqarish xarajatlarining yig’ma, analitik va sintetik hisobini 
yuritishni; 
*
xarajat schyotlari bo’yicha analitik va sintetik hisob yozuvlarining 
bosh daftar hamda balansdagi yozuvlarga mos kelishi. 
Mahsulotlar tannarxini hisoblashda har xil usullar qo’llaniladi. Sanoat ishlab 
chiqarishida tannarx hisoblash quyidagi usullarda amalga oshiriladi: oddiy usul, 
normativ usul, buyurtmalar usuli, bosqichlar usuli. 
Auditorlik tekshiruvining vazifalaridan biri - tanlangan kalkulyatsiyalash 
usulining asosliligini tasdiqlashdan iborat.
Xarajatlar mahsulotlar tannarxiga olib borilish xususiyatiga ko’ra muayyan 
mahsulot tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri olib boriladigan bevosita va bilvosita 
xarajatlarga bo’linadi. 
Bilvosita xarajatlar ko’p elementli bo’lib, hisob yuritish siyosati to’g’risidagi 
buyruqda belgilangan qaysidir ko’rsatkichga mutanosib ravishda alohida mahsulot 
turlari o’rtasida taqsimlanadi. Qanday ko’rsatkichga mutanosib taqsimlash usulini 
har bir korxona tarmoq xususiyatidan kelib chiqib mustaqil aniqlaydi. Masalan, 
sanoatda mutanosib taqsimlash ko’rsatkichi sifatida quyidagilar qo’llaniladi: 
*
asosiy ish haqi; 
*
qurilmalarni saqlash va ishlatish uchun qilinadigan smeta (normativ) 
xarajatlar; 
*
mahsulot massasi va hajmi; 
*
ishchilar tomonidan ishlangan kishi-soatlar; 
*
qurilmalarning mashina-soatlar soni. 


337 
Auditorning vazifasi korxona hisob siyosatida qabul qilingan va amalda 
qo’llanilayotgan bilvosita sarflarni taqsimlash usulining to’g’riligini tasdiqlashdan 
iborat. 
Bir necha turdagi faoliyat bilan shug’ullanuvchi (har xil mahsulot ishlab 
chiqaruvchi) korxonalar bilvosita xarajatlarini ular o’rtasida taqsimlamaydigan 
holatlar auditorlik amaliyotida tez-tez uchrab turadi. Bunday hollarda har xil 
mahsulotlar tannarxlarining buzib ko’rsatilish hollari sodir bo’ladi, haqiqiy 
moliyaviy natijalar yashiriladi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin