A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor


 Mahsulot sotishdan olingan yalpi foydani tekshirish



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə169/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   189
АУдит дарслик

 
15.4. Mahsulot sotishdan olingan yalpi foydani tekshirish 
Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlarning shakllanishi 2-son «Asosiy 
xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar» nomli BHMS bilan tartibga solinadi. 
Asosiy xo’jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar - xo’jalik yurituvchi 
sub’ekning odatdagi faoliyati davomida vujudga keladigan davr ichida mulk 
egalarining o’z sarmoyalariga badali bilan bog’liq bo’lagan ko’payishlarni istisno 
etganda, o’z sarmoyasi ko’payishiga olib keladigan tushumlarga aytiladi. Tayyor 
maxsulotlar, tovarlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar, olingan daromadlar, 
shuningdek sotilgan tovarlarning qaytarilishi, sotish narxlaridan chegirmalar 
to’g’risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 
9010 "Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad" 
9020 "Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar" 
9030 "Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar" 
9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi" 
9050 "Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar" 
Yuqorida keltirilgan 9010 "Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad", 
9020" "Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar", 9030 "Bajarilgan ishlar va 
ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar" schyotlar tranzit schyotlar 
hisoblanib, ko’payishi kreditida kamayishi debetida aks ettiriladi. 9040 "Sotilgan 
tovarlarning qaytarilishi" va 9050 "Xaridor va buyurtmachilarga berilgan 
chegirmalar" schyotlari kontrpassiv schyot bo’lib 9010 "Tayyor mahsulotni 
sotishdan olingan daromad", 9020 "Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar" va 


356 
9030 "Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar" schyotlar 
summasini korrektirovka qilib turadi. 
Yuqorida keltirilgan schyotlarda quyidagilarni sotishdan tushgan sof tushum 
aks ettiriladi: 
sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa korxonalarda ishlab chikarilgan tayyor 
mahsulot va o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulot; 
sanoat tusidagi ishlar va xizmatlar
sanoat tusiga ega bo’lmagan ishlar va xizmatlar;
sotib olingan buyumlar; 
qurilish-montaj, loyiha-qidiruv, ilmiy tadqiqot va boshqa shunga o’xshash 
ishlar; 
savdo, ta’minot korxonalarining tovarlari; 
transport tashkilotlarining yuk va odamlar tashish bo’yicha xizmatlari; 
engil avtomashinalarni ijaraga berish va avtomashinalarni haydab olib-borib 
berish xizmatlari; 
transport ekspeditsion va yuklash-tushirish operatsiyalari; 
aloqa korxonalari xizmatlari va h.k. 
Hisobot davriga tegishli bo’lgan oldingi davrda olingan daromadlar 
summasiga pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 6210 
«muddati uzaytirilgai daromad» yoki 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan 
olingan avanslar» schyotlari kreditlanadi. 
Sanoat va qishloq xo’jligi korxonalari, mol etkazib yuboruvchi va 
buyurtmachilarga yuklab yuborilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar bo’yicha 
taqdim etilgan hisob hujjatlari summasiga 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan 
olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib 9010 Tayyor mahsulotni sotishdan 
olingan daromad", 9020 "Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar" va 9030 
"Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar" schetlari 
kreditlanadi. 


357 
Kelgusida yuklab jo’natilagn mahsulot, ko’rsatiladigan xizmat va 
bajariladigan ishlar uchun; oldindan olingan avanslar summasi ushlab qolinganda 
6210 va 6310 schyotlari debetlanib 4010-schyot kreditlanadi. Yuborilgan 
mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar uchun pul mablag’lari tushganda pul 
mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib 4010 «Xaridorlar va buyur-
machilardan olinadigan schyotlar» schyoti kreditlanadi. 
Korxonaning yakuniy balans foydasi (zarari) hisobot davrining oxirida 9900 
«Yakuniy moliyaviy natija» schyotida aniqlanadi. 
9010 "Tayyor mahsulotni sotishdan olingan daromad", 9020 "Tovarlarni 
sotishdan olingan daromadlar" va 9030 "Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan 
xizmatlardan olingan daromadlar" schyotlarning kredit hisobot davri oxirida 
quyidagi provodkalar bilan 9900- schyotiga o’tkaziladi: 
Dt 9010, 9020, 9030-schyotlar 
Kt 9900 «yakuniy moliyaviy natija». 
9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi" va 9050 "Xaridor va 
buyurtmachilarga 
berilgan-chegirmalar, 
schyotlarida 
sotilgan 
tovarlarning 
qaytarilishi, shartnoma shartlariga binoan sotishda" chegirma, shuningdek sotilgan 
mahsulotdan brak aniqlanishi natijasida narxidan chegirma ana shu kabilarni 
hisobga olish uchun belgilanadi. Bu schyot kontrpassiv bo’lib, uning debet oboroti 
moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotning yalpi sotilgan mahsulotdan tushgan 
tushum summasidan chiqarib tashlanadi. 
9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi" schyotning debetida muomalalar 
quyidagi hollarda aks ettiriladi: 
buyurtmachi va xaridorlarga ushbu tovarlar qiymati qaytarilganda: Dt 9040 
"Sotilgan tovarlarning qaytarilishi" 
Kt 5010, 5110, 5210 schyotlari. 
Kreditga sotilgan tovarlar qaytarib olinganda: 
Dt 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi" 


358 
Kt 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» yoki 4110 
Alohida bo’linmalardan olinadigan schyotlar». 
Qaytarib omborga qabul qilingan mahsulot va tovarlarning tannarxiga 
usulida quyidagicha provodka beriladi: 
Dt9110, 9120, 9130 schyotlar Kt 2810, 2910, 2920 schyotlar 
Qaytarib olingan mahsulot va tovarlar bo’yicha hisoblangan QQS 
summasiga quyidagicha provodka beriladi: 
Dt 6410 «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik» Kt 4010 yoki 4110 
schyoti. 
Hisobot davrining oxirida 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi" 
schyotining debet saldosi quyidagi provodka bilan yakuniy moliyaviy natijaga 
o’tkaziladi:
Dt 9900 «Yakuniy moliyaviy natija»
Kt 9040 "Sotilgan tovarlarning kaytarilishi" 
Asosiy faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga oladigan (9010 "Tayyor 
mahsulotni sotishdan olingan daromad", 9020 "Tovarlarni sotishdan olingan 
daromadlar", 9030 "Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan 
daromadlar", 9040 "Sotilgan tovarlarning qaytarilishi", 9050 "Xaridor va 
buyurtmachilarga berilgan chegirmalar") schyotlar bo’yicha analitik hisob sotilgan 
mahsulot (tovar), bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarni har bir turi bo’yicha 
yuritiladi. Bundan tashqari, bu schyotlar bo’yicha analitik hisob ishlab chiqariishi 
boshqarish maqsadida sotilish jo’g’rofiy segmentlari va boshqa segmentlari 
bo’yicha yuritilishi mumkin. 
Tayyor mahsulotni xaridorga jo’natish xaridor bilan avvaldan tuzilgan 
shartnomalarga asosan amalga oshiriladi. Bu shartnomalarda jo’natiladigan 
mahsulotni muddati, miqdori, qiymati va hisob-kitob shartlari aks ettiriladi. 
Auditor shartnomalardagi shart-sharoitlarni to’liq aks ettirilishini tekshiradi. Undan 
tashqari mahsulot jo’natilishi hisob schyot-faktura, chiqim yukxati to’lov-
talabnomasi va boshqa hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilganligi aniqlanadi. 


359 
Mahsulot jo’natilganda uning sotilishi narxi to’g’ri hisoblanishi, ya’ni unga 
qo’shilgan qiymat, aktsiz va boshqa soliqlar qiymati, mahsulotni xaridorga 
etkazish uchun sarflanadigan transport tayyorlov xarajatlari summasi qo’shilishi 
tekshiriladi. Auditor jo’natilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi to’g’ri aniqlanishini 
tekshiradi. Buxgalteriya hisobini milliy standartlariga binoan mahsulot jo’natilgan 
vaqtidan boshlab sotilgan deb hisoblanadi. Tayyor mahsulot xaridorlarga 
jo’natilganda uning haqiqiy tannarxi noma’lum bo’ladi, chunki uning haqiqiy 
tannarxi oyning oxirida aniqlanadi. Shuning uchun joriy hisobda jo’natilgan tayyor 
mahsulotlar hisob narxlarida rasmiylashtiriladi. 
Hisob narxlari sifatida rejadagi tannarx yoki shartnoma narxlari qo’llaniladi. 
Hisobot davrining oxirida jo’natilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi va uning 
hisob narxlari bilan farqi aniqlanadi. 

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin