385
-
ta’sischilar ulushlarining ustav kapitaliga to’liq va o’z vaqtida
qo’shilishi;
-
ta’sischilar mulk shaklida qo’shadigan ulushlarining to’g’ri
baholanishini tekshirish;
-
ustavda ko’rsatilgan faoliyat turlarining qonuniyligini tekshirish;
-
ustav kapitali hajmining ta’sis hujjatlari va O’zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga muvofiqligi;
-
ustav kapitalining to’liq va to’g’ri shakllantirilganligi;
-
ta’sischilarning ustav kapitaliga o’z ulushlarini qo’shish bo’yicha
yakuniy hisob-kitoblar uchun qonunda belgilangan muddatlarga rioya qilinishi;
-
ustav kapitalini shakllantirishga doir muomalalarning buxgalteriya
hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirilganligini tekshirish;
-
ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan ham qo’shilganligini aniqlash;
-
ustav kapitali hajmi o’zgarishining asosliligi, ustav va ta’sis
shartnomasining qayta ro’yxatdan o’tkazilganligini hamda bu haqda tegishli hisob
registrlari va hisobotda aks ettirilganligi.
Ushbu vazifalarni bajarish uchun quyidagi ma’lumot manbalari tahlil
qilinadi:
-
korxonaning huquqiy maqomini, ustav kapitalini shakllantirish va
hisobga olish masalalarini tartibga soladigan asosiy qonun hujjatlari va
yo’riqnomalari;
-
ta’sis hujjatlari (notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav va ta’sis
shartnomasi);
-
moliyaviy, statistik va boshqa tegishli hisobotlar;
-
ustav kapitalini shakllantirish bo’yicha muomalalar hisobga olingan
dastlabki hujjatlar, analitik va sintetik hisob registrlari;
Me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik masalasini tekshirish uchun ustav kapitalini
shakllantirish va hisobga olish qoidalarini o’zida mujassamlashtirgan
Dostları ilə paylaş: