386
hujjatlar to’plami
zarur. Bunday to’plam tekshirilayotgan korxonaning o’ziga xos
jihatlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
17.2. Ta’sis hujjatlarini tekshirish
.
Auditor ta’sis hujjatlarini tekshirishda quyidagilarni aniqlaydi:
-
ta’sis hujjatlarida qanday faoliyat turlari ko’zda
tutilgan;
-
haqiqatda amalga oshirayotgan faoliyat turlarining ta’sis hujjatlariga
muvofiqligi;
-
O’zbekiston Respublikasining «Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash
to’g’risida»gi qonuniga muvofiq litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari va
litsenziyalarning mavjudligi.
Litsenziyalanishi lozim bo’lgan faoliyat turlari bo’yicha
litsenziyalar
mavjudligi va ularning amal qilish muddatlari tekshiriladi. Chunki, korxona
bunday faoliyat turlari bilan shug’ullanish huquqiga litsenziya
olingan yoki unda
ko’rsatilgan vaqtdan boshlab ega bo’ladi va ushbu huquq litsenziya amal qilish
muddati o’tishi bilan to’xtatiladi. Tegishli litsenziyalarga ega bo’lmasdan amalga
oshirilgan faoliyat turlari noqonuniy hisoblanadi. Agar korxona bitta ta’sischi
tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, bunda u mazkur ta’sischi
tomonidan
tasdiqlangan, tegishli hoqimiyat organidan ro’yxatdan o’tgan va notarial idora
tomonidan tasdiqlangan ustav asosida faoliyat ko’rsatadi. Ta’sis
hujjatlari bilan
tanishish auditorga mulk egasi kim ekanligini va kimning manfaati uchun
tekshiruv o’tkazilayotganligini aniqlashga imkon beradi.
Agar korxona bir necha ta’sischilar tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, u holda
ta’sis shartnomasi
tuzilishi lozim,
ustav
esa ta’sischilar tomonidan tasdiqlangan
bo’lishi lozim. Masalan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ)
barcha
ta’sischilar tomonidan imzolangan
Dostları ilə paylaş: