A. J. Tuychiyev Iqtisoiyot fanlari doktori, professor



Yüklə 2,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/189
tarix24.10.2023
ölçüsü2,51 Mb.
#160862
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   189
АУдит дарслик

ta’sis shartnomasi
va 
ustav
asosida tashkil 
etiladi va faoliyat ko’rsatadi.
Auditor tegishli ta’sis hujjatlarining mavjudligini va ularni tasdiqlash hamda 
davlat ro’yxatidan o’tkazish qoidalariga rioya qilinishini aniqlaydi. Korxona 


387 
ta’sischilar tomonidan uni tashkil etish to’g’risidagi qaror qabul qilingan vaqtdan 
boshlab emas, balki davlat ro’yxatidan o’tgan kundan boshlab yuridik shaxs 
maqomiga ega bo’lgan deb hisoblanadi. Shu boisdan, 
davlat ro’yxatidan 
o’tganlik to’g’risidagi guvohnoma
ning mavjudligini, agar ta’sis hujjatlariga 
o’zgartirishlar kiritilgan bo’lsa, qayta ro’yxatdan o’tkazilganligini tekshirish lozim.
Auditor 
ta’sis shartnomasi 
bilan tanishishda, unda qanday shartlar 
keltirilganligini aniqlaydi. Jumladan: 
-
mulklarni ulush sifatida qo’shish (topshirish) 
-
faoliyatda ishtirok etish; 
-
foyda va zararlarni ta’sischilar o’rtasida taqsimlash; 
-
korxona faoliyatini boshqarish va unda ta’sischilarning ishtiroki; 
-
ta’sischilarning korxonadan chiqishi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) ta’sis shartnomasida yuqorida 
sanab o’tilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagi shartlar ham bo’lishi lozim: 
-
ustav kapitalining tarkibi va hajmi to’g’risida; 
-
har bir ta’sischi ulushining hajmi va uni o’zgartirish tartibi; 
-
ta’sischilar ulushlarining tarkibi, hajmi va topshirish muddatlari; 
-
ulushlarni 
qo’shishga doir majburiyatlarni buzganlik uchun 
javobgarlik; 
-
ta’sischilar tomonidan qo’shiladigan ulushlarning jami summasi.
Auditor korxona ustavi bilan tanishish chog’ida unda quyidagilar 
ko’rsatilganliini aniqlaydi: 
-
korxonaning o’ziga xos hususiyatlari va tashkiliy-huquqiy shaklini 
ifodalaydigan nomi; 
-
korxonaning davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan, joylashgan o’rni; 
-
ustav kapitalining ko’lami va uning barcha ta’sischilar o’rtasida 
ulushlarga taqsimlanishi; 
-
korxonaning maqsadi va faoliyat turlari; 
-
ijro organlarini saylash yoki tayinlash tartibi; 


388 
-
korxona boshqaruv organining tarkibi va vakolatlari hamda ular 
tomonidan qaror qabul qilish tartibi
-
dividendlar taqsimlash tartibi;
-
amaldagi qonunchilikda ko’zda tutilgani hamda ta’sischilar bilan 
kelishilgan, lekin qonunchilikka zid kelmaydigan boshqa zarur masalalar. 
Shuningdek, ta’sis hujjatlarini tekshirishda korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini 
e’tiborga olish zarur. Masalan, aktsiyadorlik jamiyatining ta’sischilari tomonidan 
tasdiqlangan ustavida, ustav kapitalining ko’lami to’g’risidagi ma’lumotlar bilan 
birga jamiyat tomonidan chiqariladigan aktsiyalarning toifalari, ularning nominal 
qiymati va miqdori, aktsiyadorlarning huquqlari to’g’risidagi shartlar har xil 
bo’lishi lozim. Aktsiyadorlik jamiyatining barcha aktsiyalari bir aktsiyador 
tomonidan sotib olinganda, aktsiyadorlik jamiyatini bir kishi tashkil etgan 
hisoblanadi yoki bir aktsiyadordan iborat bo’ladi. Bu holdagi ma’lumotlar 
aktsiyadorlik jamiyati ustavida qayd qilingan, ro’yxatga olingan va hamma 
tanishishi uchun e’lon qilingan bo’lishi kerak.
Ishtirokchilar tarkibini tahlil qilishda, aktsiyadorlik jamiyati va mas’uliyati 
cheklangan jamiyat yagona ishtirokchisi sifatida, bitta shaxsdan iborat xo’jalik 
yurituvchi sub’ekt bo’la olmasligiga e’tibor berishi kerak.
Aktsiyadorlik jamiyatlari va mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ham 
yuridik shaxslar, ham jismoniy shaxslar ta’sischi sifatida ishtirok etishlari mumkin.
Qo’shma korxona ustav kapitaliga o’zbekistonlik ishtirokchi tomonidan 
qo’shiladigan hissa xorijiy ishtirokchilar bilan kelishuvga ko’ra milliy valyutada 
qanday baholansa, kelishilgan baholar bo’yicha chet el valyutasida ham jahon 
bozoridagi bahoni hisobga olgan holda shunday baholanadi.
Xorijiy ishtirokchining hissasi ham shu tartibda qo’shma korxonani tashkil 
etish haqidagi shartnoma imzolangan kundagi yoki uning ishtirokchilari kelishgan 
boshqa sanaga amalda bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining 
rasmiy valyuta kursi bo’yicha so’mga hisoblab o’tkazish yo’li bilan baholanadi.


389 
Jahon bozori bahosi bo’lmaganda qo’shilayotgan mulklar qiymati 
ishtirokchilarning kelishuviga muvofiq aniqlanadi.
Ta’sis hujjatlarini tekshirishda amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq har bir 
tashkiliy-huquqiy shakldagi xo’jalik yurituvchi sub’ekt uchun turli mas’uliyatlar 
belgilanishini inobatga olish zarur.

Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin