26
moliyaviy hisobotlarga tayanib, zarar ko‘rgan banklarga nisbatan javobgar bo‘lishi
mumkin.
Ultramar
Auditning uchinchi shaxs oldidagi majburiyatlari bo‘yicha
AQSHning eng
mashhur audit hodisasi 1931 Ultramares-Touche (Ultramares Corporation v
Touche va boshq.) ishida sodir bo‘ldi. Ushbu hodisada sud buxgalterlarning
ehtiyotsizligi
haqida qaror chiqardi, ular debitorlik qarzlari miqdorida
soxtalashtirishga yo‘l qo‘yilmagan deb xulosa beradi. Tergov tekshiruv natijalari
soxtalashtirilganligini ko‘rsatganida, ular uchinchi
tomon bankdan javobgar
bo‘lmadi, chunki kreditorlar auditorlik tekshiruvidan oldin auditorga ma’lum
bo‘lgan asosiy manfaatdor shaxs emas edi. Ushbu hodisa Ultramar doktrinasi deb
ataladi, chunki uchinchi tomon va auditor o‘rtasida shartnoma huquqi yo‘qligi
sababli oddiy ehtiyotsizlik uchinchi tomon oldidagi javobgarlik uchun etarli emas.
Caparo
Mashhur 1990 yilgi Caparo hodisasida (Caparo Industries, PLC v Dickman
va boshqalar), Britaniyaning Lordlar Palatasi asosiy hal qiluvchi majburiyat
mezoni auditorlik xizmatining maqsadi bo‘lganligi haqida qaror qabul qilgan.
Yillik hisobotlar uchun bu maqsad aksiyadorlarga kompaniyaning o‘tmishdagi
boshqaruvni tekshirish, ularning ovoz berish huquqlarini
amalga oshirish hamda
kelgusidagi siyosat va boshqaruvga ta’sir ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan
ma’lumotlarni berishdan iborat edi.
Dostları ilə paylaş: