Jamoatchilik nazorati kengashi Buxgalteriya nazorati bo‘yicha kengashlar - hukumat yoki kasbiy
komissiyalar so‘nggi yillarda auditorlarning ishini qayta ko‘rib chiqish va
standartlarni o‘rnatish va joriy etishda faol ishtirok etishni boshladi. Uchta bunday
kengash Amerika Qo‘shma SHtatlarida (Buxgalteriya hisobi jamoatchilik nazorati
kengashi), Avstraliyada (Moliyaviy hisobot kengashi) va Buyuk Britaniyada
(Kuzatuv kengashi) joylashgan.
2002 yilda qabul qilingan Sarbaney-Oksli Qonuni AQSH qimmatli
qog‘ozlar va birja komissiyasidan (SEC) Jamoatchilik hisobotlarini nazorat qilish
kengashi (PCAOB) tashkil etishni talab qildi. Kengash auditni va jamoat
korxonalarining auditorlarini nazorat qiladi va tekshiradi, hamda qonunlar,
qoidalarni buzganlik uchun ham firma, ham shaxslarga nisbatan jazo choralarini
qo‘llaydi. Kengash bu paytda Amerika Qo‘shma SHtatlarining Sertifikatlash
bo‘yicha Davlat Auditorlar Instituti (AISPA) tomonidan belgilangan umum qabul
qilingan audit standartlaridan (GAAS) faqat vaqtinchalik foydalanilishini
ta’minlashga qaror qildi. PSAOB ro‘yxatdan o‘tgan buxgalteriya kompaniyalari
faoliyatini muntazam ravishda tekshirishga vakolatli bo‘lib, qimmatli qog‘ozlar
24
to‘g‘risidagi qonunlar, standartlar, qoidalarning potensial buzilishlarini tergov
qiladi. AQSHdan tashqarida joylashgan buxgalteriya firmalari SEC da ro‘yxatga
olgan AQSH firmalari bilan ishlasa PSAOB talablariga binoan auditorlik
hisobotini tayyorlaydi va taqdim qiladi.
2002-yilda Sarbanes-Oxley Qonuni Kongress tomonidan deyarli bir ovozdan
qabul qilingan va prezident Jorj Bush tomonidan 2002 yil 30 iyulda imzolangan.
Prezident tomonidan imzolangan qonun, Enron va WorldCom kompaniyalari
inqirozi va boshqa keng tarqalgan korporativ va buxgalteriya janjallari tufayli
paydo bo‘ldi. Qonun Prezident tomonidan "Franklin Delano Ruzvelt davridan beri
Amerika biznes amaliyotining eng keng ko‘lamli islohotlari" dan biri sifatida qayd
etilgan bo‘lib, u korporativ axborotni oshkor qilish va moliyaviy hisobotni
takomillashtirish, buxgalterlik firmalarining mustaqilligini mustahkamlash orqali
investorlarning ishonchini mustahkamlash, moliyaviy hisobotlarda va korporativ
axborotni oshkor qilishda korporativ xodimlar va boshqaruvchilarning roli va
mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi.
Avstraliyada 1999 yilda qabul qilingan "Iqtisodiy islohotlar to‘g‘risida" gi
qonunga ko‘ra yangi xususiy, jamoat va notijorat tashkilotlar uchun buxgalteriya
standartlarini joriy qilish uchun Moliyaviy hisobot berish kengashi (FPC) ta’sis
etildi. FRF xalqaro moliyaviy markazlarda qo‘llaniladigan xalqaro buxgalteriya
standartlarini va buxgalteriya standartlarini ishlab chiqishni kuzatadi. U Avstraliya
Buxgalteriya standartlari kengashi (AASB) uchun keng strategik yo‘nalishni
belgilaydi, uning istiqbolini va biznes rejasini tasdiqlaydi hamda kuzatib boradi,
shuningdek uning faoliyatini nazorat qiladi. Birlashgan Qirollikda Nazorat
Kengashi Buxgalteriya Jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi. Nazorat
kengashining vazifasi tartibga solish tizimining ishlashini jamoatchilik
manfaatlariga to‘liq mos kelishini tasdiqlash maqsadida uni nazorat qilishdan
iborat. Ushbu funksiyani amalga oshirishda Nazorat kengashi uchta organni -
Axloq normalari kengashi, Audit amaliyoti kengashi hamda Tergov va Intizom
kengashining faoliyatini qamrab oladi. Bundan tashqari, kengash Buyuk
25
Britaniyaning buxgalteriya kasbi mutaxassislari ustidan tergov va intizom,
monitoring, treninglar o‘tkazish, malakasini oshirish va ro‘yxatdan o‘tkazish
bo‘yicha cheklangan vakolatlarga ega.