394
Korxona ta’sischilari ulushlarining yig’indisi (ulushlar, aktsiyalar, pay
badallari) ta’sis hujjatlarida qayd qilingan ustav kapitalining miqdori va summalari
tegishli dastlabki hujjatlarga (dalolatnomalar, bank ko’chirmalari,
bank kassasiga
naqd pul topshirilganligi to’g’risida kvitantsiya va h. k) asosan schyotlar aloqasi
tuzilib, dastlabki buxgalteriya balansida aks ettiriladi.
Ustav kapitali summasi ta’sis hujjatlari, hisob
registrlari va hisobotdagi
ma’lumotlarga teng bo’lishi lozim.
№21 –BHMS ga muvofiq ustav kapitalini hisobga oladigan schyotlar (8310-
«Oddiy aktsiyalar», 8320-«Imtiyozli aktsiyalar», 8330-«Pay va ulushlar») krediti
va 4610 –«Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyotining
debeti bo’yicha yozuvlar korxona davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng amalga
oshiriladi.
Ustav kapitali to’liq va to’g’ri shakllanishi 4610–«Ustav kapitaliga ulushlar
bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyoti ma’lumotlari bilan 8310–«Oddiy
aktsiyalar», 8320–«Imtiyozli aktsiyalar» schetlari yoki 8330–«Paylar va ulushlar»
schyoti (xo’jalik yurituvchi sub’ekt tashkiliy-huquqiy
shakliga qarab tegishli
schyot) ma’lumotlarini solishtirish asosida tekshiriladi.
Har bir ta’sischi tomonidan ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan
qo’shilganligi tasdiqlovchi buxgalteriya hujjatlarining mavjudligi va to’g’ri
rasmiylashtirilganligini tekshirish orqali aniqlanadi. Natura shaklidagi ulushlar
(asosiy
vositalar, materiallar va h. k) tegishli shakldagi dalolatnomalar, pul
mablag’lari esa kassa va bank hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Tasdiqlovchi hujjatlarda
tegishli mablag’larning aynan ustav kapitaliga ulush sifatida ta’sis hujjatlariga
muvofiq topshirilganligi haqida ma’lumotlar bo’lishi lozim.
Bu nafaqat ustav
kapitaliga qo’shiladigan ulushlarni buxgalteriya hisobida to’g’ri rasmiylashtirish
uchun, balki soliqqa tortish masalalari uchun ham zarurdir.
Shuningdek, tekshiruv chog’ida ushbu hujjatlar shakl va mazmunlarining
O’zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»ga qonun 9-moddasi
talablariga muvofiqligi ham aniqlanadi.
395
Ustav kapitaliga chet el valyutasida qo’shiladigan ulushlarning to’g’ri aks
ettirilganligini aniqlash «
Dostları ilə paylaş: