Chet el valyutasida amalga oshiriladigan muomalalarni buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarda aks ettirish TARTIBI» (O’z. R. Adliya Vazirligida 3 iyun 2000 yilda 931-tartib
raqami bilan ro’yxatga olingan) talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Chet el
valyutasidagi ustav kapitali va ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha
qarzlarini shakllantirish ta’sis hujjatlari imzolangan sanada amalda bo’lgan O’z. R.
MB kursi bo’yicha so’mga hisoblab o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda
auditor chet el valyutasi kursi va so’mga hisoblab o’tkazishning to’g’riligini hamda
schyotlarda aks ettirilishini tekshirishi zarur.
Ustav
kapitaliga
ulushlarning
ta’sischilar
tomonidan
haqiqatda
qo’shilganligi tegishli dastlabki hujjatlar va 4610-«Ustav kapitaliga ulushlar
bo’yicha ta’sischilarning qarzlari», 6620-«Chiqib ketayotgan ta’sischilarga
ularning ulushlari bo’yicha to’lanadigan qarzlar» schyotlari bo’yicha hisob
registrlaridagi yozuvlar asosida tekshiriladi. 4610-schyotning debet qoldig’i
ta’sischilarning ustav kapitaliga qo’shadigan ulushlari bo’yicha qarzlarini, 6620-
schyotning kredit qoldig’i korxonaning chiqib ketayotgan ta’sischilardan ustav
kapitalidagi ulushlari bo’yicha qarzlarni bildiradi. Auditor ustav kapitaliga ulushlar
bo’yicha qarzlarning o’z vaqtida to’lanishi va 4610 va 6620 schyotlar bo’yicha
qoldiqlarning haqqoniyligini aniqlashi lozim.
Aktsiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitalining to’g’ri shakllantirilishini
tekshirishda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:
-
ustav kapitali aktsiyadorlar tomonidan sotib olingan aktsiyadorlik
jamiyati aktsiyalarining nominal qiymatidan tashkil topganligi;
-
barcha aktsiyalar egasi yozilgan aktsiya ekanligi va ta’sis etishda
ta’sischilar o’rtasida joylashtirilgan bo’lishi lozim;
-
joylashtirilgan imtiyozli aktsiyalarning nominal qiymati aktsiyadorlik
jamiyati ustav kapitalining 10% dan oshmasligi lozim;
396
-
aktsiyadorlik jamiyati aktsiyalari uni ta’sis etish chog’ida ustavda
ko’rsatilgan muddat davomida to’liq to’lanishi lozim. Ammo ustav kapitalining
kamida 50% bir oy ichida, qolgan qismi esa jamiyat ro’yxatdan o’tgan paytdan
boshlab bir yil ichida tulanishi lozim;
-
to’lov shakllari (pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, pulda
baholangan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar) aktsiyadorlik jamiyatining
ustavi va ta’sis shartnomasiga mos kelishi lozim;
-
ochiq va yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarining chiqarilgan
aktsiyalari reestrda ro’yxatga olingan bo’lishi shart;
-
aktsiyalarning analitik hisobi ta’sischilar, ustav kapitalining
shakllanish bosqichlari va aktsiyalarning turlari bo’yicha batafsil ma’lumot olishni
ta’minlashi lozim.
Auditor tekshiruv jarayonida oddiy aktsiyalaardan iborat aktsiyadorlik
kapitali (8310-schyot), imtiyozli aktsiyalar ko’rinishidagi aktsiyadorlik kapitali
(8320-schyot), qaytarib sotib olingan oddiy xususiy aktsiyalar(8610-schyot) va
qaytarib sotib olingan imtiyozli xususiy aktsiyalar(8620-schyot)ni alohida
tekshiradi.
№21 BHMS ga muvofiq aktsiyadorlik jamiyati davlat ro’yxatidan o’tgan
paytdan boshlab oddiy va imtiyozli aktsiyalarning obuna summasi mos ravishda
8310 va 8320-schyotlar kreditida aks ettirilishi lozim (Dt 4610-schyot, Kt 8310,
8320-schyotlar). Obuna bo’lingan aktsiyalar qiymati ta’sischilar tomonidapn pul,
qimmatli qog’ozlar, pulda baholangan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar
bilan to’lanishi mumkin.
Ustav kapitalining shakllanishini tekshirishda aktsiyalar qiymatini to’lash
uchun topshirilgan mulklarning to’g’ri baholanganligini aniqlash zarur. Bu
mulklarni baholash ta’sischilarning kelishuviga muvofiq amalga oshirilishi,
qonunda ko’zda tutilgan hollarda esa mustaqil ekspert baholashi lozim.
Ustav kapitaliga ulushlarning haqqoniy qo’shilganligini auditor ta’sischilar
bilan
hisob-kitoblarni
tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi va to’g’ri
397
rasmiylashtirilganligini tekshirish orqali aniqlaydi. Tasdiqlovchi hujjatlarda