401
Kredit
4610-schyot (ta’sischilar bo’yicha ochilgan tegishli analitik
schyotlar)
Auditor
8410-«Emission
daromadlar» va 8420-«Ustav
kapitalini
shakllantirishda kursdagi farqlar» schyotlari bo’yicha analitik hisobning tashkil
etilishi va yuritilishining to’g’riligini tekshirishi lozim. Bunda qo’shimcha
to’langan kapitalning hisobi oddiy va imtiyozli aktsiyalar bo’yicha alohida
yuritilayotganligiga e’tibor berish zarur. Shuningdek,
hisobdan chiqarilgan va
sotilgan aktsiyalarning turlari, ular egalarining schyotlari yoki ta’sischilar va
hissadorlarning shaxsiy schyotlari bo’yicha axborotlarni etkazib berish
imkoniyatlariga ham jiddiy e’tibor berishi kerak.
17.6.
Zahira
kapitalini tekshirish.
№21 BHMS ga
muvofiq korxonaning ta’sis
hujjatlariga muvofiq foyda
hisobidan yaratilgan zahiralar, aktivlarni qayta baholashda hosil bo’lgan inflyatsion
zahiralar, qaytarib berilmaslik sharti bilan olingan mol-mulklar
zahira kapitali
ni
tashkil etadi. Zahira kapitalining mavjudligi va harakati quyidagi schyotlarda
hisobga olinadi.
8510-«Mulklarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar»;
8520-«Zahira kapitali»
8530-«Qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mol-mulklar»
Auditor
zahira kapitalini tekshirishda, dastavval, uni shakllantirish uchun
asos bo’luvchi me’yoriy hujjatlar mavjudligi va ularga rioya qilinayotganligini
aniqlaydi. Balansning «Zahira kapitali» moddasi bo’yicha
mavjud summaning
tegishli sanaga tuzilgan sintetik va analitik hisob registrlaridagi (8510, 8520 va
8530 schyotlar bo’yicha kredit) qoldiqlariga tengligi tekshiriladi.
So’ngra har bir schyot bo’yicha qoldiq summalar, debet va kredit oborotlar
mohiyatan tekshiriladi.
Masalan, 8510-«Mulklarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» schyoti
bo’yicha qoldiq summa qachon paydo bo’lganligi, mulklarni qayta baholash
402
to’g’risida hukumat qarorlari, uslubiy ko’rsatmalar,
korxona hisob siyosati va
boshqa asoslar mavjudligi aniqlanadi. Shuningdek, qayta baholash bo’yicha
bajarilgan hisob-kitoblar to’g’riligi (har bir analitik hisob ob’ekti bo’yicha), qayta
baholash natijalarining tegishli analitik hisob registrlarida aks ettirilishi va
schyotlar bog’lanishi (provodkalar) to’g’ri belgilanganligi tekshiriladi.
Aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar va boshqa xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarda yaratilgan zahira kapitalining mavjudligi va o’zgarishi 8520-«Zahira
kapitali» schyoti ma’lumotlari bo’yicha tekshiriladi. Bunda auditor,
zahira
kapitalini shakllantirishga doir O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari
va ta’sis hujjatlarining tegishli qoidalariga rioya qilinishini aniqlaydi.
Zahira kapitaliga foydadan ajratmalar, uning korxona ta’sis hujjatlarida
ko’zda tutilgan korxona ustav kapitalining 10 % etmaguncha ajratilaveradi.
Auditor ushbu kapitalning to’g’ri tashkil etilishi va to’ldirilib
borilishini
tekshirishda ajratmalar hisobiga yaratilgan zahira kapitali ustav kapitalining 10%
dan oshmaganligi, mulklar (asosiy vositalar)ni qayta baholashda hosil bo’lgan
inflyatsion zahiralarning hammasi
8531-schyot
kreditiga olib borilganligini
aniqlaydi.
Dostları ilə paylaş: