95
faoliyatini rejalashtirish hujjatlari (rejalar, smetalar, loyihalar), xo’jalik yurituvchi
sub’ektning kontraktlari, shartnomalari, bitimlari, auditor maslahatchilarining ichki
hisobotlari, soliq tekshiruvlari
materiallari, sud da’volari materiallari, xo’jalik
yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga soladigan
hujjatlar, xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyati va ijrochi xodimlari bilan
suhbatlardan olingan ma’lumotlar, xo’jalik yurituvchi sub’ektni uning asosiy
uchastkalari, omborlarni ko’zdan kechirishdan olingan
axborotlar bilan tanishib
chiqishni talab etadi. Shundan so’ng, auditorlik tashkiloti dastlabki rejalashtirish
bosqichida auditorlik
tashkiloti auditni o’tkazish imkoniyatini baholaydi. Agar
auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishni mumkin deb hisoblasa, U auditni o’tkazish
uchun shtatni shakllantirishga o’tadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda, auditni dastlabki rejalashtirish
bosqichi bu – xo’jalik yurituvchi sub’ekt va auditorlik tashkiloti tomonidan
auditorlik shartnomasini tuzgungacha bo’lgan ishlarni o’z ichiga olib, bu
bosqichda auditorlik tashkiloti tomonidan tekshiruv buyurtmachisi faoliyati bilan
tanishish, buyurtmachiga auditorlik faoliyatini o’tkazish xuquqini beruvchi tegishli
litsenziyani va auditor (auditorlar)ning malaka
sertifikatini taqdim etish,
korxonaning ichki va tashqi faoliyat xususiyatlari to’g’risida ma’lumot to’plash va
tekshiruv buyurtmachisini auditorlik tekshiruvidan o’tkaza olish salohiyatini
baholash, auditorlik shartnomasi shartlarini korxona rahbariyati bilan kelishib olish
va korxonani tekshirish uchun auditorlik ishchi guruhini shakllantirish hamda
yakunda auditorlik shartnomasini rasmiylashtirish jarayonidir.
Auditor uchun dastlabki rejalashtirish jarayonida quyidagilar xo’jalik
yurituvchi sub’ekt to’g’risida axborot olish manbalari bo’lib hisoblanadi:
- Xo’jalik yurituvchi sub’ekt ustavi;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatini va unga o’zgartirishlar
kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektni ro’yxatga olish to’g’risidagi hujjatlar;
96
-. Kuzatuv va (yoki) ijroiya organlari aktsiyadorlar yig’ilishlarining yoxud
xo’jalik yurituvchi sub’ektning boshqa shu singari boshqaruv organlari majlislari
bayonnomalari
- Buxgalteriya
hisobotlari;
- Statistika hisobotlari;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning shartnomalari va bitimlari;
- Auditor maslahatchilarining ichki hisobotlari;
- Korxonaning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati;
- Xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini
tartibga soladigan hujjatlar, uning filiallari va shu’ba jamiyatlari ro’yxati”;
-
Auditorlik tashkiloti mutaxassislari malaka darajasi bo’yicha
ma’lumotlar(Auditorlik tekshiruvi buyurtmachisi faoliyat sohasini tushunadigan
mutaxassislar etarliligini baholash va ekspert xizmatiga bo’lgan ehtiyojni aniqlash
maqsadida). Shuningdek, amaldagi “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunga
muvofiq auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi o’tkazish to’g’risida qaror qabul
qilish uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektning ta’sis hujjatlari va buxgalteriya hisobi
hamda moliyaviy hisobot hujjatlari bilan oldindan tanishib
chiqish huquqiga ega
ekanligi aniq belgilab qo’yilgan. Biroq, auditorlik tashkiloti hali auditorlik
shartnomasi tuzilmagan korxonadan yuqoridagi ma’lumotlarni taqdim etilishi
oqibatida ushbu korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatiga oid sirlarini chetga chiqib
ketish xavfini oshirishini hisobga olgan holda ish tutishi zarur.
Dastlabki rejalashtirish auditorlik tashkiloti uchun o’z tekshirish
salohiyatini tekshiruv boshlanmansdan avval baholash imkoniyatini beradi va
auditorlik shartnomasi shartlarini korxona rahbariyati bilan kelishib oladi. Agar
auditorlik tashkiloti auditni o’tkazishni mumkin deb qaror qabul qilsa, u auditorlik
guruhini shakllantirishga o’tadi hamda korxona bilan auditorlik shartnomasini
rasmiylashtiradi. Auditni dastlabki rejalashtirish
jarayonini yuqorida tavsiya
etilgan tartib-qoidalar asosida amalga oshirilishi auditorlik tashkilotlari tomonidan
korxonalarni tekshirish salohiyatini baholash, tekshiruv buyurtmachisi faoliyati
97
bilan tanishish, tekshiruv buyurtmachisi bilan auditorlik shartnomasi shartlarini
kelishib olish jarayonini mukammallashtirish va optimallashtirish imkoniyatini
yaratadi.
Dostları ilə paylaş: