6-BOB. AUDITORLIK TEKShIRUVIDA MUHIMLIK VA RISK
6.1. Moliyaviy hisobot xalqaro standartlarida hamda auditning xalqaro
standartlarida “muhimlik” tushunchasi talqini
Xorijiy investorlarga MHXSlari asosida tayyorlangan moliyaviy hisobotlar
mamlakatimizdagi sub’ektlarga investitsiyalar kiritish to’g’risida qaror qabul
qilishida asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun hozirgi kunda
moliyaviy
hisobotlarni
MHXSlariga
muvofiq
tayyorlash
va
undagi
ko’rsatkichlarning ishonchliligini hamda shaffofligini ta’minlash davr talabidir.
Ba’zi holatlarda MHXSlari bo’yicha mutaxassislar, auditorlar tomonidan
“bu axborot MHXS bo’yicha tayyorlanayotgan hisobot uchun muhim emas” yoki
“bu axborot muhim bo’lib, uni hisobotda aks ettirish shart” degan mulohazalarni
eshitamiz.
“Muhimlik” tushunchasiga ilmiy jihatdan ta’rif berishdan avval uning
lug’aviy ma’nosiga to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq, ya’ni “muhim” kerakli,
ahamiyatli, jiddiy, alohida ahamiyatga ega bo’lgan, ahamiyat jihatdan birinchi
darajali degan ma’nolarni anglatadi.
Axborot, agar uning tushirib qoldirilishi yoki buzib ko’rsatilishi ma’lum
hisobot beruvchi tadbirkorlik sub’ekti to’g’risidagi moliyaviy axborot asosida
foydalanuvchilar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir qilishi mumkin
bo’lsa, u muhim deb hisoblanadi. Boshqacha aytganda, muhimlik, alohida
tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy hisoboti doirasidagi axborotga tegishli bo’lgan
moddalarning mohiyati va kattaligi yoki ikkalasiga ham asoslangan, tadbirkorlik
sub’ektiga xos bo’lgan o’rinlilikning bitta jihatidir.
Muhimlik – bu hisobot ko’rsatkichlarining shunday kattaligiki (yoki sifati),
ularni hisobotda aks ettirilmasligi yoki buzib ko’rsatilishi ana shu hisobotdan
foydalanuvchi mutaxassislarni noto’g’ri qaror qabul qilishiga olib keladi.
Muhimlikning nazariy asoslariga to’xtaladigan bo’lsak, muhimlik – MHXS
lari asosida tayyorlanadigan moliyaviy hisobot tuzishda unga zarur bo’ladigan
axborotlarning sifat xususiyatini ifodalaydi. MHXS bo’yicha kontseptual
108
asoslarida moliyaviy hisobotni tayyorlashda axborotlarning sifatini ta’minlashda
quyidagi xususiyatlari ham e’tiborga olinishi lozim:
- tushunarlilik (understandability);
- ishonchlilik (reliability);
-taqqoslanuvchanlik (comparability).
“Muhimlik” tushunchasidan foydalanish va uni qo’llash sharti MHXSlar
asosida tayyorlanadigan moliyaviy hisobotlarning shakllanishi talaygina xo’jalik
jarayonlaridan(operatsiyalaridan) tashkil topishi bilan bog’liqdir.
“Muhimlik” tushunchasini tom ma’noda talqin etadigan bo’lsak, so’z
birinchi navbatda moliyaviy hisobotning katta qiymatga ega bo’lgan elementlari
xaqida boradi. Masalan, debitorlik qarzlari balans jami summasining 30%ni tashkil
etsa, uni hisobotda noto’g’ri aks ettirilishi oqibatida undan foydalanuvchilarni
qarorlar qabul qilishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Lekin shuni ham ta’kidlash lozimki, hisobot moddalarining muhimligi faqat
ularning qiymatiga emas, balki iqtisodiy mohiyatiga ham bog’liqdir. Masalan,
xo’jalik yurituvchi sub’ekt yangi faoliyat turini taqdim etishi natijasida yuzaga
keladigan risklar va shart sharoitlar moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarning
qarorlariga jiddiy ta’sir o’tkazishi mumkin.
Shunday qilib hisobot moddalarining muhimligini belgilashga quyidagi
omillar ta’sir qilishini inobatga olinishi lozim deb o’ylaymiz:
1.
Hisobot moddalarining qiymati;
2.
Hisobot moddalarining iqtisodiy mohiyati;
3.
Ikkita omil kombinatsiyasi.
Moliyaviy hisobot moddalarining muhimligini belgilashda ularning miqdor
va sifat xususiyatlari ham muhim rol o’ynashi mumkin. Masalan, tovar moddiy
zahiralarni hajm jihatdan (puldagi ifodasi) va uning tarkibiga kiruvchi elementlari
“xom ashyo”, “yarim tayyor mahsulotlar”, “tayyor mahsulotlar” (sifat xususiyati)
to’g’risidagi axborotlar hisobotda aks etishi lozim.
109
Moliyaviy hisobotning muhim moddalariga nisbatan MHXSlari qo’llaniladi.
Bizning bunday xulosaga kelishimizga sabab “Hisob siyosati, hisoblab chiqilgan
baholardagi o’zgarishlar va xatolar” nomli Moliyaviy hisobot xalqaro standartida
moliyaviy hisobotga ta’sir etish darajasi ahamiyatsiz bo’lgan ko’rsatkichlar hisob
siyosatida aks etmaydi, deb e’tirof etilganligidadir.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda muhimlik kontseptsiyasini
quyidagi yo’nalishlarda shakllantirish mumkin:
-
moliyaviy hisobotda xususiyati jihatdan bir-biriga yaqin bo’lgan
muhim moddalar (ko’rstakichlar) alohida-alohida aks etishi lozim;
-
muhim bo’lmagan moddalarni uning xususiyati va funktsiyalaridan
kelib chiqqan holda umumlashtirish;
-
moliyaviy hisobotda aks etmaydigan ayrim ko’rsatkichlar hisobotga
ilova sifatida keltiriladigan hujjatlarda ochib berilish lozim.
Shuni yodda tutish lozimki, muhimlik mutloq va nisbiy miqdorlarda
aniqlanishi mumkin. Muhimlikni nisbiy miqdorlarda aniqlash moliyaviy hisobot
moddalarining sifat xususiyatlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan, xarajatlarni hisobotda aks ettirish jarayonida yo’l qo’yilgan 1 mln.
so’mlik xato, foydasi 1 mlrd. so’mni tashkil etuvchi sub’ekt uchun muhim emas,
lekin foydasi 3 mln. so’mni tashkil etuvchi sub’ekt uchun muhimdir. Xato haqida
gap ketganda, sub’ekt xodimlari tomonidan u bilmasdan yoki qasddan sodir etilishi
mumkin. Ikkinchi holat auditorlar tomonidan o’rganilganda hisobotdagi xatoliklar
evaziga auditorlik riskini ortishi natijasida muhimlik darajasi kamaytiriladi (ya’ni
o’rganilayotgan moddaning iqtisodiy mohiyatiga qaraladi).
Yana bir misol keltirsak, sodir etilgan kichkina xatolik zarar bilan chiqqan
sub’ektni foyda bilan chiqishiga olib keldi. Sub’ekt yillik moliyaviy hisobotida
quyidagi ma’lumotlar keltirlgan:
|