Tafakkur to’g’risida umumiy tasavvurlar



Yüklə 1,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix24.10.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#160923
1   2   3
Tafakkur
— inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; 
obʼyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. T. 
atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish 
quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga 
oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, 
tasavvurlarga qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks 
ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. T. — inson 
miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik 
asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro 
munosabatidan iborat. T. jarayonida insonda fikr, 
mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular 
shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar 
shaklida ifodalanadi (qarang 
Ong
). T. til va nutq bilan 
chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. 
Fikrlash faoliyati nutq shaklida namoyon boʻladi. Nutq 
aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi 
kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga 
ham beriladi. Inson oʻzining T.i, nutqi hamda ongli 
xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib 
turadi. U fikr yuritish faoliyatida oʻzida aks ettirgan, 
idrok qilgan, tasavvur etgan narsa va hodisalarning 
haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, 
tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini 
belgilab oladi. Inson T.i orqali voqelikni 
umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa 
va hodisalar oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar, 
munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. Binobarin, 
inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga 
asoslangan holda ijtimoiy voqea va hodisalarning 
vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini oldindan 
koʻrish imkoniyatiga ega.



Tafakkur koʻpgina fan sohalari (falsafa, mantiq, 
jamiyatshunoslik, ped., fiziologiya, kibernetika, 
biol.)ning tadqiqot obʼyekti hisoblanadi. 
Psixologiyada T. voqelikni umumlashtirish 
darajasiga, muammoni yechish vositasi 
xususiyatiga, holatlarning inson uchun yangiligi, 
shaxsning faollik koʻrsatish darajasiga koʻra bir 
necha turlarga (koʻrgazmali harakat, 
koʻrgazmaliobrazli, amaliy, nazariy, ixtiyoriy, 
ixtiyorsiz, mavhum, ijodiy va h.k.) ajratib tadqiq 
qilinadi. Ijtimoiy hayotda, taʼlim jarayoni va 
ishlab chiqarish.da odamlar oʻrtasidagi aloqa va 
munosabatlar ham T. yordamida namoyon 
boʻladi. Jamoada tanqidiy qarash, oʻzini oʻzi 
tanqid, baholash, tekshirish, oʻzini oʻzi 
tekshirish, nazorat qilish, oʻzini oʻzi nazorat 
qilish, guruhiy mulohaza yuritishdan iborat T. 
sifatlari vujudga keladi. Insonning inson 
tomonidan idrok kilinishi ham T. bilan uzviy 
aloqadadir. Ijodiy ishlar, kashfiyotlar, ixtirolar, 
takliflar T.ning mahsuli hisoblanadi. Psixologiya 
T.ning filogenetik (insoniyat paydo boʻlishi 
davri), ontogenetik (kishi umri davomida) 
bilishga oid tarixiy jihatlarini ham oʻrganadi. 
Hozirgi zamon fanining juda koʻp murakkab 
masalalari T.dagi mantiqiy jarayonlarni yanada 
chuqurroq oʻrganishni taqozo etmoqda.


TAFAKKURNING IKKINCHI MUHIM BELGISI 
VOQELIKNI ANALIZATORGA BEVOSITA TA’SIR 
KO‘RSATMAY, KO‘PCHILIK HOLLARDA ASBOBLAR 
KO‘MAGIDA OLINGAN QO‘SHIMCHA BELGILAR 
YORDAMIDA ANGLANADIGANLARNI TUSHUNISH VA 
NAMOYON QILISH IMKONINI YARATUVCHI 

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin