3. M a’m uriy tum an va shaharlarda yer resurslarini boshqarish masalalari
0 ‘zbekiston R espublikasida yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish
sohasidagi davlat boshqaruvini tashkil etishda mahalliy davlat hokim iyat organlari
faoliyati o ‘ziga xos o ‘rin tutadi. Joylardagi vakillik organi hisoblanadigan Xalq
deputatlari kengashlari v a ijro hokimiyati boshlig'i bo‘lgan hokimlar yerdan
foydalanish va uni m uhofaza qilish bo'yicha m a’lum vakolatlarga ega b o ‘lib, ushbu
vakolatlar 0 ‘zbekiston Respublikasi K onstitutsiyasining “Mahalliy davlat hokimiyati
asoslari” deb nom lanuvchi XXI bobidagi 99-104 m oddalarida ham da “M ahalliy
davlat hokimiyati to ‘g ‘risida”gi (02.09.1993 y.da qabul qilingan va 30.08.1997y.,
25.12.1998y., 03.12.2004y.larda o ‘zgartirishlar kiritilgan) qonunda belgilangan.
122
Ushbu qonunning 1-moddasiga ko ‘ra Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman
va shaharning oliy mansabdor shaxsi b o ‘lib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi
vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi.
0 ‘zbekiston
Respublikasi
“M ahalliy
davlat
hokimiyati
to ‘g ‘risida”gi
qonunining 10-moddasida k o ‘rsatilishicha, Viloyat, tuman, shahar hokimi korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar, dehqon x o ‘jaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish
uchun va ijaraga yer berishga, bu sub’ektlarning yerga egalik qilish va yerdan
foydalanish huquqini to ‘xtatib qo'yishga, shuningdek yerlarni olib qo'yishga haqli
b o iib , qabul qilingan bu xususdagi qarorlar xalq deputatlari tegishli Kengashi
tomonidan tasdiqlanadi.
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar tumanlar davlat
hokimiyati organlarining vakolatlariga kiradi:
- tuproq unumdorligini oshirish, yerlardan oqilona va samarali foydalanish va
ularni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
- yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat
nazoratini am alga oshirish;
- fuqarolarga, yuridik shaxslarga egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer
berish, shuningdek tubdan yaxshilash ishlari amalga oshirilgan sug‘oriladigan yerlar,
pichanzorlar va yaylovlardan tashqari yerlarni, o ‘rmon o'simliklari bilan qoplangan
yerlardan tashqari o ‘rmon fondi yerlarini, sanoat, transport, aloqa, mudofaa va
boshqa m aqsadlar uchun m o'ljallangan yerlarni, suv fondi yerlarini olib qo‘yish - har
bir yer egasiga va yerdan foydalanuvchiga o ‘n gektargacha o'lchamda;
- fuqarolarga fermer xo ‘jaligi yuritish uchun yerlarni ijaraga berish;
- fuqarolarga, yuridik shaxslarga zaxira yerlardan yer uchastkasining
0
‘lchamidan qat’i nazar, egalik qilishga, foydalanishga va ijaraga yer berish;
- yer uchastkalarini savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari bilan
birgalikda yuridik va jism oniy shaxslarga mulk etib realizatsiya qilish;
- yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini
kimoshdi savdosi asosida fuqarolarga realizatsiya qilish;
123
- yer tuzishni, yer monitoringi o ‘tkazilishini v a davlat yer kadastri yuritilishini
tashkil etish;
- yer uchastkalariga bo'lgan huquqlar ham da ularga oid bitimlarning davlat
ro'yxatiga olinishini tashkil etish;
- yerga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga
olish huquqlarini ham da yer uchastkalariga b o ig a n m ulk huquqini belgilangan
tartibda ushbu K odeksning 36-moddasiga muvofiq bekor qilish;
- qishloq xo'jaligi v a o'rm on xo'jaligi korxonalari, m uassasalari v a tashkilotlari
tashkil etilgan, qayta tashkil etilgan va tugatilgan hollarda, ularning yerga egalik
qilishi va yerdan foydalanishi masalalarini hal etish;
- yer m unosabatlarini tartibga solish sohasida tum anlar davlat hokimiyati
organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa m asalalarni hal qilish.
Tum anlar davlat hokimiyati organlarining yerlardan samarali va oqilona
foydalanish va ulam i m uhofaza qilish sohasidagi vakolatlari bir qator m e’yoriy-
huquqiy hujjatlarda, xususan, “Mahalliy davlat hokim iyati organlari to ‘g ‘risida”gi
Q onunnning
10-m oddasida
mahalliy
davlat
hokim iyati
organlarining
yer
m unosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari belgilangan bo'lib, unga k o 'ra
tum an hokimi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xo'jaliklari va
fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berishga, bu
sub’ektlam ing yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini to'xtatib qo'yishga,
shuningdek yerlarni olib qo'yishga haqli bo'lib, qabul qilingan bu xususdagi qarorlar
xalq deputatlari tegishli Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu qonunning 24-
m oddasida xalq deputatlari tuman Kengashining asosiy vakolatlari sifatida
hokim ning taqdim iga binoan hududni rivojlantirishning istiqbolga m o'ljallangan
dasturlarini, tum anning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlash belgilangan.
Yerlardan foydalanishni hududiy rejalashtirish davlatning ushbu sohadagi
asosiy vakolatlaridan hisoblanadi. U yem ing tabiiy sifatlarini, ularning ijtimoiy,
iqtisodiy va boshqa maqsadlarini tahlil etish asosida am alga oshiriladi. Yerlardan
foydalanishni rejalashtirish, boshqa davlat rejalashtirishlari kabi mamlakatning
124
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini dasturlashtirishga moMjallangan. Rejalashtirish
jarayonida yerlardan foydalanishning asosiy maqsadi belgilanadi.
Yerlardan foydalanishni rejalashtirish tuman va boshqa ma’muriy-hududiy
birliklar yer-xo‘jalik tuzilishi kompleks hududiy sxemasini tuzishga yo'naltirilgan.
M azkur sxemalar mavjud yer tuzilishi hujjatlari, davlat yer monitoringi m a’lumotlari,
davlat yer kadastri m a’lumotlari asosida shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: |