Q. Rahmonov Sh. K. Narbayev Z. M. Muqimov yer resurslarini boshqarish


Bilimni nazorat qilish uchun savollar



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/32
tarix24.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#160974
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bilimni nazorat qilish uchun savollar:
1. Yerlardan foydalanish ham da ularni muhofoza qilish ustidan nazoratni 
am alga oshiruvchi organlar qaysilar kiradi?
2. Kimlar ijaraviy m unosabatlam ing sub’ekti b o ‘la oladi?
3. “Y erkodeksi”ning asosiy m ohiyati tushuntiring?
4. Qishloq xo'jaligida alohida qimm atga ega b o'lgan sug’oriladigan yerlarga 
qanday yerlar kiradi?
5. O ’zgalam ing yeridan vaqtinchalik foydalanish huquqi deganda nimani 
tushunasiz?
6. Hududiy holati va boshqa tavsiflari yer kadastrida yoritilgan, chegaralari 
aniq qilib belgilangan hududning bir qism iga nim a deyiladi?
7. Y er resurslari davlat nazoratining m aqsadi nima?
8. Qonun xujjatlariga nim alar kiradi?
9. Qonun osti xujjatlariga nim alar kiradi?
VII-BOB. YER RESURSLARINI BO SH Q ARISH DA AXBOROT T A ’M INOTI
1. Y er resurslarini boshqarishda axborot ta ’minoti tushunchasi va mazmuni
Respublikada yer resurslarini boshqarish maqsadida yer kadastri v a yer 
m onitoringini yuritish ham da yerda o'takazilgan kuzatuv tadqiqot natijalarini y ig ’ish, 
to'plash va taxlil qilish orqali yer fondlari holati to 'g ’risida tezkor m a’lum otlam i 
olishga m o'Ijallangan tizimdir.
H ozirgi vaqtda davlat yer kadastrining avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va 
yuritish, yer resurslari monitoringini yuritishning avtomatlashtirilgan tizimini 
yaratishda yerning masofadan zondlash hujjatlari asosiy omil bo'lib xizm at qiladi. 
Jahon am aliyotida yer kadastrining avtomatlashtirilgan tizimi va qishloq xo'jaligi 
yerlari monitoringi tizimini tashkil etish o 'ta muhim yo'nalishlardan biridir.
Respublikada yer resurslarini boshqarishda axborot ta’minoti quyidagi 
tizimlarni o 'z ichiga oladi:
a) quyi daraja - Yer resurslari va davlat kadastri bo'lim lari tuman majmualari;
134


b) 
o ‘rta daraja - 
Yer resurslari 
va davlat kadastri boshqarmasi viloyat 
majmualari;
v) Respublika darajasi - O ’zbekiston Respublikasi “Davergeodezkadastr” 
qo‘mitasi.
Yer resurslari to ‘g ’risidagi axborotlari yer fondi toifalarga muvofiq bo‘lgan 
quyidagi kichik tizimlarga bo'linadi:
- qishloq xo'jaligi maqsadidagi yerlari;
- aholi punktlari yerlari:
- sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlardagi yerlar;
- tabiatni m uhofaza qilish, sog’lomlashtirish, reaksion maqsadlardagi yerlar:
- tarixiy-m adaniy maqsadlardagi yerlar;
- o ‘rmon fondi yerlari;
- suv fondi yerlari;
- zaxira yerlar.
Raqamlangan yer kadastr xaritasida geoaxborot texnologiyasi (GAT) asosiy 
o 'rinni egallaydi. Bu xaritani yaratish uslubi qo‘llanib kelinayotgan an’anaviy usulga 
nisbatan tubdan farq qiladi. Bu uslubda tuzilgan xaritalaming afzalligi shundaki, ular 
deyarli xatosiz b o'lib, yangi qo ‘shim cha axborotlarni ko‘rsatib berishdan iborat: 
qoilanilayotgan a n ’anaviy usulga nisbatan tezkorligi; 
solishtirish imkoniyatining mavjudligi; 
iqtisodiy jihatdan afzalligi, vaqtda tejamkorliligi.
U asosan, baza m a’lum otlam i yig‘ishdan boshlanadi. Y ig'ilgan birinchi 
m a ’lumotlar deshifrovka qilinib, raqamlanadi (har bir qatlam alohida, jumladan suv, 
y o ‘l, kanal, ko ‘p yillik daraxtzorlar, aholi yashash punktlari, elektr tarmoqlari va 
boshqa ko'rsatkichlam i belgilash mumkin).
Bu raqamlangan xaritalardan k o ‘pchilik tashkilotlar foydalanib, o ‘zining 
tem atik xaritasini yaratish imkoniyati tug‘iladi: 
yerlarni ro ‘yxatdan o'tkazishda; 
tuproq xaritasini tuzishda;
xo'jalik yeridan foydalanuvchilar va kadastr xaritasini tuzish ;
135


• yangi tuzilgan fermer x o ‘ja lik m a’lumotlarini hududlarga joylashtirishda;
• kanal, suv omborlari, elektr uskunalari, gaz quvurlarini o'tkazish ishlarini 
rejalashtirishda;
• umumdavlat miqyosidagi loyihalami asoslashda foydalanish mumkin.
Yerdan foydalanishning yer m a’Iumotlar bazasini dasturiy majmuasini
yaratishning vazifalariga quyidagilar kiradi:
M icrosoft Access - m uhitida m a’Iumotlar bazasining tarkibi hisoblangan 
jadvallar, shakllar, so'rovlar, hisobotlar (reestrlar) tarkibini ishlab chiqish;
yerdan foydalanuvchilar obyektlari va yer uchastkalarining m a’Iumotlar 
bazasini ishlab chiqish;
y o'qlam a qilish bo'y ich a ishlarni shakllantirish va tum an yer resurslari 
ham da davlat kadastri xizm atiga berishda kompyuterli hisobotlar shakllarini ishlab 
chiqish;
dasturiy m ajm uadan foydalanuvchiga q o ‘llanmani ishlab chiqish.
M a’Iumotlar bankining tarkibi. «YeRAVTOBANK» - bu yerdan foydalanish 
obyektlarida y o ‘qlam a qilish ishlarini yuritish hamda ulami yer resurslari va davlat 
kadastri xizm atlariga berishda natijalarini ro ‘yxatga olish, saqlash, o'zgarishlarini 
kiritish ham da tahlil qilishga m o'ljallangan, Microsoft Access - 2007 m a’lumotlari 
katalog bazasi sifatida yaratilgan dasturiy mahsulotdir.
O b’ektlar to ‘g ‘risida foydalanuvchi uchun zarur bo ‘ladigan m a’lumotlam ing 
butun bir jam lanm asi asosan bir necha jadvaldan iborat bo'lib, ular o ‘rganilayotgan 
hududdagi obyektlar to ‘g ‘risidagi m a’Iumotlar bankini yaratish imkonini beradi. Bu 
tizim zaruriy jadvallar, shakllar, hisobot blankalari, klassifik qatorlar bilan to'ldirilib, 
k o ‘pgina makroslarni o ‘z ichiga oladi.
2. Y er re su rsla rin i b o sh q a ris h d a a x b o ro tla rd a n foydalanish tizim i
Yerdan foydalanishni asoslangan, samarali boshqarish, keng m a’nodagi bu 
tushuncha, yer resurslari haqida har tomonlama, ishonchli axborotlar talab qiladi. 
Bundan tashqari o ‘z vaqtida, katta hududda keng ko'rsatkichlar bo'yicha ro ‘yxatga
136


ega bo'lish xo'jalik ekspluatatsiyasi va taqsimlanishi tarkibida doimo o'zgarishlar 
b o ‘Iib turishini aniqlaydi.
Yer resurslari haqida informatsiya m a’lum talablar bilan k o ‘ndirilishi kerak:
1) yerdan 
foydalanishning boshqarish uchun barcha zaruriy tavsiflami 
qam rab olish va ularga aniq miqdoriy ta ’rif berish;
2) X ar bir ushbu laxzada ishonchli bo'lishligi.
3) Mamlakatning butun hududini qamrab olishligi.
Sanab o ‘tilgan talablarga javob beruvchi olingan informatsiyalar an’anaviy 
uslublar yordamida yerni o'rganish va kartografiya qilish amalda mumkin emas 
(quruqlikdagi tasvirlar va taftish qilishlar.
Y er resurslarini o ‘rganishning quyidagi bosh yo‘nalishlari belgilanadi:
1) Aerokosmik 
vositalardan 
foydalanish asosida aviatsiyali, kosmik va 
quruqlik uslublarini takomillashtirish va kompleksnatsiyalashtirish.
2) Kartografik uslub bilan.
3) M atem atik uslublar va EXM foydalanish.
A na shularga asoslanib vazifalar q o ‘yiladi.
Y er resurslari to 'g ’risidagi axborotlardan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
- davlat yer kadastri yuritish;
- yer monitoringini yuritish;
- yer tuzish ishlarini tashkil qilish;
- yer fondidan maksadli va okilona foydalanish buyicha chora-tadbirlar ishlab
chiqish;
- yerlarni m uxofaza kilish tadbirlarini o'tkazish;
- yer resurslarini davlat tomonidan nazorat qilish;
- yer resurslarini boshkarishga doir funksiyalarni amalga oshirish va h.k.
Yer resurslari to 'g ’risidagi yagona axborotlar bazasini shakllantirish ishlari 
natijasida yer kadastri va yer monitoringini o'tkazishda foydalanilgan yerlarda 
o ‘tkazilgan tuproq, geobotonik, gidrogeologik va boshqa tadqiqotlar, yerdan 
foydalanuvchilarni ro ‘yxatga olish, yerlarni miqdoriy hisobga olish, tuproq
137


bonitirovkasi v a yerlarning qiymat baholari m a’lum otlaridan tashkil topgan 
respublika yer resurslarini boshqarishning markaziy axborotlar tizimi yaratiladi.
Yer resurslari to ‘g ’risidagi axborotlar m a’lum davr uchun aniq sifat va miqdor 
ko'rsatkichlarida ifodalanadi.
Yer resurslari holati to 'g ’risida tezkor m a’Iumotlar, hisobotlar, ilmiy 
prognozlar, mavzuli xaritalar va boshqa m ateriallar tuzilib chiqiladi va ular tegishli 
davlat organlariga takdim etilib boriladi.
B ilim ni n a z o ra t qilish u ch u n sav o llar:
1. Y er kadastri tushunchasiga ta ’rif bering?
2. Yer kadastri xizmatini kimlar boshqaradi?
3. Y er resurslarini boshqarish bo'yicha axborotlar bazasini yaratishning 
m aqsadi nima?
4. Y er resurslari to 'g ’risida axborot ta ’minoti tizim larni qanday?
5. Y er resurslari to 'g ’risidagi axborotlar bazasi qaysi davlat tadbirlari natijasida 
shakllanadi?
6. Yer resurslarining holati to 'g ’risidagi axborotlam i qaysi davlat organi 
umum lashtiradi?
V III-B O B . R IV O JL A N G A N D A V LA TLA R D A Y E R R E S U R S L A R IN I 
B O S H Q A R IS H N IN G I L G ‘O R U SL U B L A R I
1. A Q Sh va Y ev ro p a d av la tla rid a y e r re su rsla rin i b o sh q a rish n in g um um iy
holati
A QShda yer uchastkasi va ko'chm as m ulklam i boshqarish m aqsadida yerlarni 
o'rganish qishloq xo'jalik Vazirligidagi tuproqlarni m uhofaza qilish maxsus xizmati 
tomonidan olib boriladi. Eng mahsuldor yerlarni aniqlash maqsadida yerlarni 
iqtisodiy jihatdan tasniflash o'tkaziladi. Yerlarni iqtisodiy baholashning Yagona 
uslubiyati m avjud em as. Alohida shtatlarda foydalaniladigan bir qancha uslubiyatlar 
mavjud.
138


A Q Shda yerlarni o ‘rganish qishloq xo‘jalik Vazirligidagi tuproqlarni muhofaza 
qilish maxsus xizmati tomonidan olib boriladi. U markaziy organdan, shtatlardagi 
filiallardan va tuproqni muhofaza qilish bo'yicha 2400 ga yaqin b o ‘linmalardan 
tashkil topgan. Tuproqni muhofaza qilish xizmati tuproq qatlamlarini o ‘rganishga 
katta ahamiyat beradi.
G 'arbiy Y evropa davlatlarining kadastr tizimi umumiy jihatdan bir xildir, ya’ni 
uchastkalar registrini yuritish, kadastr xaritalar tuzish va huquqiy yozuvlarni yuritish. 
Rivojlangan davlatlarda, y a’ni yer egaliklarini hisob qilish texnikasi turlichadir, 
shunga qaramasdan k o ‘chmas mulk uchastkalarining reestri har bir mamlakatda 
mavjud. Bunday reestr odatda yerlarni ro ‘yxat qilish yer kitobi bo'yicha yoki uning 
tarkibiy qismi b o ‘lishi mumkin. Kadastr uchun tasvirga olishlarning majmuasi 
sifatidagi v a yerlarni ro'yxatga olish, qoidasiga binoan, yagona tashkiliy xizmatni 
yaratadi.
G ‘arbiy Yevropa davlatlarida 
yer uchastkasi va k o ‘chmas mulklarga oid 
m a’lum otlam i doimiy ravishda yangilanib turishini ta’minlaydilar.
U m um yevropa tushunchasi bo'yicha ingliz yer uchastkasi va ko'chm as 
mulklar tizimi umumiy qoidalardan farq qiladi. Angliyada kadastr faqatgina 
kartografik m a’lumotlardan iborat bo ‘lib, asosan yer uchastkalarining chegaralari 
ham da k o ‘chmas mulkning tarkibi to‘g ‘risida ma’lumot beradi.
Fransuz yer uchastkasi va ko'chm as mulklar tizimining bosh maqsadi-yerlami 
soliqqa tortishni ta ’minlashdan iboratdir.
Germ aniyada yer uchastkasi va ko'chm as mulklar yer egaliklari va yerdan 
foydalanuvchilarni soliqqa tortish bo'yicha keng ko‘lamdagi ma’lumotlami o ‘z 
ichiga oladi.
Gollandiya yer uchastkasi va k o ‘chmas mulklar xizmati yerga to‘g ‘ridan- 
to ‘g ‘ri bog'liq bo‘lmagan, ammo qonun bo‘yicha ko'chm as mulkka kiradigan bir 
qancha q o ‘shim cha m a’lumotlami ro ‘yxatini yuritib borishga m as’uldir.
Shvetsiyada yer uchastkasi va ko‘chmas mulklar asta-sekinlik bilan ko‘chmas 
m ulk to ‘g ‘risidagi avtomatlashgan milliy m a’lumotlar bankini aholi, iqtisodiy 
statistika, soliqqa tortish va ro'yxatga olish to ‘g ‘risidagi m a’lumotlar banki bilan
139


q o ‘shilib ketishi natijasida yer va ко‘chinas m ulk to ‘g ‘risidagi ko ‘p maqsadli 
informatsion tizim ga aylantirildi.
Norvegiyada yer uchastkasi va k o ‘chmas m ulklar yer egaliklari va ko'chmas 
m ulklar to ‘g ‘risidagi m a’lum otlam i o ‘zida jam lagan informatsion kadastr tizimiga 
birlashtirilgan.
Finlandiyada obyektni kadastr baholash ishlarini tashkil etishning o'ziga xos 
xususiyati, qishloq hududlarining registri davlat tom onidan, shaharlar hududining 
registri esa munitsipal m a’muriyat organlari tom onidan am alga oshiriladi.
Italiyada yuritiladigan yer uchastkasi va ko'chm as mulklar tizimi Markaziy 
Yevropa tizim iga o ‘xshashdir.Yer uchastkasi va ko'chm as mulklarni (yer 
uchastkalarining registri) yer egalari to ‘g ‘risidagi (yer registri bilan) m a’Iumotlar 
bilan bo g ‘liqligi faqatgina mulk egalarining ism laridan foydalangan holda mumkin 
bo'ladi.
Y er 
kadastri 
bazasida 
к о ‘chinas 
m ulklarni 
ro'yxatga 
olishning 
avtomatlashtirilgan tizimi Shvetsiyada, Avstriya, Daniya, Shvetsariya, Kanada, 
Germ aniya va boshqa davlatlarda ishlab chiqilgan v a bugungi kunda mavjuddir. Bu 
tizim quyidagilarga m o‘ljallangan:
- yerdan foydalanish, boshqarish, rejalashtirishni nazorat qilishga;
- kadastr yozuvlaridagi huquqiy statusni tezkor ro'y x atg a olishga;
- barcha manfaatdor tashkilotlam ing yer kadastri m a’lumotlariga tezkor 
yetishishga.
Avtomatlashtirilgan tizimni yaratish uchun axborotli asos b o ‘lib quyidagilar 
xizm at qiladi.
- xaritashunoslik materiallari;
- izohli reestrlar ko‘rinishidagi matnli axborotlari;
- parametrik m a’lum otlam ing sonli qiymatlari.
140



Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin