Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S



Yüklə 3,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/172
tarix24.10.2023
ölçüsü3,25 Mb.
#161043
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   172
Marketing

 
 


99 
6.3. Marketingda taktik rejalashtirishning roli va o‘rni 
Korxonaning taktik rejasi strategik rejasining bir qismi bo‘lib, unga qo‘yilgan 
maqsadlarga 
erishishning 
vositalari, 
usullari 
aniqlanadi. 
Agar 
strategik 
rejalashtirishni asosiy mezoni uzoq muddatlilik hisoblansa, unda marketingni taktik 
rejalashtirishda o‘rta muddatli strategik chora-tadbirlar amalga oshiriladi. 
Marketingni operativ rejalashtirishning mezoni bo‘lib qisqa muddatlilik hisoblanadi. 
Taktik rejalarda umumiy sotish rejasi, har bir tovar guruhi bo‘yicha ta’minot va sotish 
rejasi, daromadlar rejasi, xarajatlar rejasi, foyda rejasi, savdo uchun zarur jihozlar, 
asbob-uskunalar bilan ta’minlanish rejasi, bozorning hozirgi holatiga baho berish
korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlari ifodalanadi. 
6.2- rasm. Marketingni rejalashtirish jarayonining tuzilishi 
Taktik rejalarda o‘tgan yildagi ko‘rsatkichlardan, jumladan korxonaning tovar 
aylanmasi ko‘rsatkichidan o‘sish, ustunlikka ega bo‘lish mo‘ljallansa, bu o‘sishga 
imkon beruvchi vositalar (xususan, sotishni rag‘batlantirish, reklama va boshqalar) 
ham keltiriladi. Bozordagi sotiladigan tovarlar xaridori, asosiy segmenti
iste’molchilarning zarurati, raqobatchilar va tovar taqsimoti yo‘llari ko‘rsatib 
beriladi. 
Ayniqsa korxonani faoliyat davomida kutayotgan xavf-xatarini bilish, 
imkoniyatlarini aniqlash muhimdir. Korxona rahbariyati bularni doim diqqat 
markazida saqlashi va xavf xatarning salbiy ta’siri oldini olish choralarini izlashi 
kerak. 
Holat(situasiya) 
tahlili
SWOT - tahlil
Taklif
Marketing 
maqsadlari va 
strategiyalari
Ko'zda 
tutilayotgan 
natijalarni 
baholash
Muqobil 
(alternativ) terma 
rejalar
Reja - dastur
Baholash, nazorat 
qilish


100 
Tovarni sotish imkoniyatlarida avvalo korxonaning bozordagi tovari ulushi, 
raqobatchilar o‘rtasidagi mavqei hisobga olinadi. Agar korxona tovarining sotilish 
hajmi oshayotgan bo‘lsa, bu yoki umumiy iqtisodiy holatning yaxshilanishi hisobiga 
(bunda barcha firmalar aylanmasi oshadi) yoki raqobatchilariga nisbatan korxona 
faoliyatining takomillashgani hisobiga bo‘lishi mumkin. Rahbariyat korxonaning 
bozordagi ulushi o‘zgarishini muntazam ravishda nazorat qilib borishi kerak. Agar bu 
ulush oshib borsa, korxonaning raqobat qobiliyati kuchayganini bildiradi, va 
aksincha. 
Korxona rahbariyati, menejeri mijozlar munosabatiga, ularning o‘zgaruvchan 
ehtiyojiga ehtiyotkorlik bilan qarashi, ularni yo‘qotmaslikka yo‘naltirilgan tadbirlar 
ishlab chiqishi va hayotga tatbiq etish yo‘llarini belgilashi kerak. Bu boradagi 
axborotlar mijozlarning imkoniyati yoki takliflari orqali fikrlari yoki maxsus 
to‘latiladigan so‘rovnomalar yordamida to‘planadi. 
Bozor talabi asosidagi joriy ko‘rsatkichlar mo‘ljallangan reja ko‘rsatkichlaridan 
keskin farq qila boshlasa, mo‘ljallangan rejaga tuzatishlar kiritiladi. 

Yüklə 3,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin