115
sexlarining tashkiliy-texnik imkoniyatlarini
hisobga olgan holda kiyim
tayyorlashning texnologik izchilligi ishlab chiqiladi.
Gazlamalarni bichishga tayyorlash va detallarni bichish tayyorgarlik ko’rish
sexlarida amalga oshirilib, unda korxonaga keltirilgan gazlamalar belgilangan
tartibda qabul qilinib olinadi. Qabul qilib olingan gazlamalarning sifati, haqiqatdagi
uzunligi
tekshiriladi, gazlamalarni qoldiqsiz bichish uchun har bir to’p gazlama
elektron hisoblash mashinalarida hisoblab chiqiladi, to’shamalar, bo’rlamalar
tayyorlanadi, to’shamadan katta detallar alohida qirqib olinadi, qirqilgan
detallar
maxsus lentali bichish mashinasida tekislab qirqiladi. Hamma qirqilgan detallar
to’planib, tikuv sexiga uzatiladi.
Tikuv sexlarida kiyimning bichilgan detallari va uzellaridan turli
assortimentdagi kiyimlar tikiladi, tayyor mahsulot pardozlanadi, har xil
chiqindilardan tozalanadi, o’rab-jamlanadi va omborga yoki to’g’ridan-to’g’ri
iste’molchiga yuboriladi. Buyumlarni tikish
uchun universal, maxsus, yarim avtomat
mashinalar, namlab-isitib ishlash uchun maxsus jihozlangan press va dazmollardan
foydalaniladi.
Tikuv buyumlarini tayyorlashdagi mehnat sarfi eng yuqori bo’lgan jarayon
kiyimlarni tikish va ularga pardoz berish hisoblanadi. Shuning uchun ushbu
jarayonda mehnatni texnik me’yorlash katta ahamiyatga ega bo’lib, u ko’p sonli
ishchilarning mehnatini tartibga solish bilan bir qatorda
mehnat unumdorligini
o’stirishdagi asosiy omil bo’lib hisoblanadi.
Mehnatni texnik me’yorlash analitik usulga asoslangan bo’lib, korxonalarda bir
vaqtning o’zida analitik-tadqiqot (kuzatishlar usuli) va analitik hisoblash usulidan
foydalaniladi.
Har qanday usulda bajarilgan texnologik operatsiya uchun vaqt me’yori
operativ vaqt, dam olish va ish o’rniga xizmat ko’rsatish vaqtlarininig yig’indisidan
iborat:
dam
xiz
op
m
t
t
t
B
+
+
=
Operativ vaqt – t
op
har qanday operatsiya uchun asosiy va yordamchi vaqtlari
yig’indisidan iborat:
yor
as
op
t
t
t
+
=
116
Mehnatni me’yorlashdagi o’ziga xos xususiyat bu asosiy va yordamchi
vaqtlarni operatsiyaning bajarilish usuliga ko’ra
aniqlashdan iborat, shunga ko’ra
tikuvchilik korxonasida bajariladigan operatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Qo’lda bajariladigan operatsiyalar uchun vaqt me’yorini aniqlash.
Qo’l operatsiyalarining o’zi ikki xil bajariladi:
- igna bilan bajariladigan operatsiyalar;
- ignasiz bajariladigan operatsiyalar.
Igna bilan bajariladigan qo’l ishlariga sarf etiladigan vaqt me’yori quyidagi
formula bilan aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: