Davlatiy moliya


-MAVZU: MOLIYA VA RISKLAR



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

14-MAVZU: MOLIYA VA RISKLAR 
REJA: 
1.
 
Risklarning mazmun-mohiyati. 
2.
 
Moliyaviy risklarning tasniflanishi. 
3.
 
Iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarida risklar. 
1.
 
Risklarning mazmun-mohiyati 
Ma’lumki, moliya sohasida risklarni minimallashtirishga risk strategiyasini 
ishlab chiqish orqali erishish mumkin. 
Moliyaviy risklarni boshqarish tizimi riskning yuzaga kelishini oldindan 


234 
xom-cho‘t qilish, risk tufayli yuzaga keladigan salbiy xolatlarga yo‘l qo‘ymaslik 
yoki ularning ta’sirini kamaytirish borasida chora-tadbirlar, usullar yig‘indisini 
o‘z ichiga oladi. 
Moliyaviy risklarni boshqarish tizimining obyekti moliya sektori faoliyatida 
yuzaga keluvchi risklar bo‘lsa, uning subyekti sifatida riskga o‘z ta’sirini 
o‘tkazuvchi guruh, moliya sohasi hodimi yoki menejeri hisoblanadi. 
Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish uchun bank 
faoliyatini chuqur bilish, moliyaviy korxonalari bajaradigan operatsiyalarning 
samaradorligini aniqlay bilish, banklarning kredit, investitsiya, valyuta siyosati va 
boshqa faoliyatlari bo‘yicha optimal qarorlar qabul qilishga erishish, mijozlarning 
xo‘jalik faoliyati va ularning moliyaviy ahvoli, tarmoqlar faoliyatining 
xususiyatlari va boshqalarni bilish lozim. 
Moliyaviy risklarni boshqarish strategiyasi xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning barcha imkoniyatlaridan to‘la foydalanish, korxonalarni 
rivojlantirish istiqbollarini belgilab berish va moliyaviy risklarni oldini olib 
banklar faoliyatining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. 
Hozirgi paytda O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini 
shakllantirish jarayoni moliya-bank sektorini barqaror faoliyat yurituvchi tizimini 
yaratishni ko‘zda tutadi. Chunki moliya-bank sektori bozor infratuzilmasining 
muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Ularning barqarorligi davlat 
ahamiyatiga egadir. 
Markazlashgan iqtisodiyot sharoitida barcha xo‘jalik subyektlari qat’iy 
yo‘riqnomalar, buyruqlar, me’yoriy xujjatlar bo‘yicha faoliyat olib borganligi 
uchun risk va uning darajasini o‘ylashga to‘g‘ri kelmasdi. Oldindan qancha foyda 
olish yoki zarar ko‘rish mumkinligi aniq bo‘lar edi. Ko‘rilgan zarar odatda, 
korxonaning yuqori tashkiloti yoki vazirlik tomonidan, ba’zi xollarda turli xil 
yo‘qotishlar bilan birga budjet mablag‘lari hisobidan qoplanardi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko‘rsatish korxonalardan faoliyatning 
yuqorida keltirilgan tamoyillarini o‘zgartirishni talab qiladi. Zamonaviy moliya-
bank tizimini risksiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Moliya sohasini risksiz 
operatsiyasi yo‘q, uning barcha operatsiyalari risk bilan bog‘liq bo‘lib, ularning 
darajasi operatsiya turiga qarab har xil bo‘lishi mumkin. Moliya-bank amaliyotida 
riskni umuman yo‘q qilish mumkin emasligi bois, uni oldindan ko‘ra bilish, uni 
kamaytirish choralarini ko‘rish lozim. 
Qadimgi zamonlardan risk foydani shakllantirish omili hisoblanadi. J.B.Sey va 
KurselSeneylar fikricha risk foydaning faqat bir qismini shakllantirish omili 
hisoblanadi
64
. 19-asrlarda odamlarning risk qilishga tayyorligi ular foydasining 
64
Найт Ф.Х. Риск,неопределённость и прибыль. Пер.с англ. - М.: Дело, 2003. – С. 35. 


235 
shakllanishi va o‘zlashtirilishiga olib kelishi bilan izohlanardi. Hozirgi kunda 
shakllanayotgan foydaning asosiy qismi riskni samarali boshqarishdan vujudga keladi. 
 
“Risk” atamasi yevropaning ko‘p tillarida mavjud. Misol uchun greklarda 
“ridsikon” so‘zi mavjud bo‘lib, u qoya, cho‘qqi ma’nosini bildiradi. Italiyaliklar 
tilida “risiko” so‘zi xatar, tahdid ma’nosini, “risicare” so‘zi qoyadan mohirona 
o‘tish ma’nosini bildiradi. Fransuzlardagi “risdoe” so‘zi tahdid, qoyani aylanib 
o‘tmoq ma’nosini beradi. Iqtisodiy lug‘atlarda risk – xavf-xatar, zarar va 
yo‘qotish ehtimoli, xavf ehtimoli yoki muvaffaqiyat umidida xavf tomon borish 
ma’nosida kelishi ko‘rsatilgan. 
 
“Risk” so‘zi ispancha-portugalcha so‘zdan olingan bo‘lib, “suv ostidagi 
qoya” degan ma’noni bildiradi. Taniqli lug‘atshunos S.I.Ojegovning rus tili izohli 
lug‘atida “risk - bu muvaffaqiyatga intilish, baxtli hodisaga umid” degan ma’no 
anglatadi deyilsa, mashhur Vebster lug‘atida riskka “xavf, zarar va talafot 
ehtimoli” deb qaralgan. V.T. Sevryuk “risk - bu hol, bir ishlab chiqaruvchining 
situativ holati” degan ta’rifni bergan bo‘lsa, rus olimi A.Ol shanskiy “risk - bu 
zarar ko‘rish yoki manfaatni qo‘ldan chiqarish bilan bog‘liq ehtimollar 
o‘lchamidir”
65
, degan ta’rifni keltiradi.
 
Risk nazariyasini o‘rganishda klassik maktab namoyondalari muhim hissa 
qo‘shishgan. A.Smit risk va foyda o‘rtasidagi o‘zaro proportsionallik tushunchasini 
oydinlashtirishga harakat qilgan. Uning ta’kidlashicha, “riskli holatlar yuqori bo‘lgan 
maydonda qonun bo‘yicha daromad kichik bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida kutilayotgan 
daromad darajasini ko‘paytirish uchun usullar salmog‘i yanada ortib boradi”. 
 
Taniqli lug‘atshunos S.Ojegovning rus tili lug‘atida “risk - bu muvaffaqiyatga 
intilish, baxtli hodisadan umid” ma’nolarini anglatadi deyilsa, mashhur Vebstera 
lug‘atida “risk - bu xavf, zarar yoki talofat ko‘rish ehtimoli”
66
, deb ifodalangan. 
 
Professor V.Usoskin “risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, oxirgi, o‘z navbatida 
oldindan ko‘ra bilish qiyin yoki mumkin bo‘lmagan voqealar bilan bog‘liq bo‘ladi”, 
deya izohlaydi. ye.Stoyanova fikricha: “risk - bu rejalashtirilgan variantga nisbatan 
daromad ola bilmaslik yoki zarar ko‘rish ehtimolidir”. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin