329
davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan
tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati organlarining ulushi bo‘yicha
dividendlar (daromadlar) va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar
kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan
subventsiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar, dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy
transfertlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar
viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining daromadlari
hisoblanadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik
faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq, O‘zbekiston
Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo uchun aktsiz solig‘i Qoraqalpog‘iston
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari
daromadlariga o‘tkazib beriladi.
Dostları ilə paylaş: