24
ehtiyoj sezgan yuridik va jismoniy shaxslarga beradilar. Agar
moliya qiymatning
bir tomonlama va qayta tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) shakldagi harakatini
ifodalasa, kredit esa kreditorga belgilangan muddatda oldindan o’rnatilgan
foizlarni qo’shgan holda qaytarilishi kerak.
Yuqorida bayon etilgan barcha kategoriyalar pul xarakteriga, pul tabiatiga
ega bo’lib, ularga ikki va undan ortiq kategoriyalarning belgilari xosdir. Masalan,
ish haqi yetarli darajada asoslangan tarzda pulli to’lanma, ya’ni pul deb atalishi
mumkin. Biroq, bu oddiy pul bo’lmasdan sarflangan mehnatga muvofiq olingan
pul hisoblanadi.
Soliq ham biz tomonimizdan amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda
davlatga tekinga berilayotgan puldir. Biroq, bundan tashqari, soliq bizga tegishli
bo’lgan daromad va ish haqining bir qismidir. O‘z navbatida, pulni muomalaga
chiqarish (emissiya qilish) bo’yicha operatsiyalar ham davlat daromadlarining
manbai hisoblanadi.
Demak, yuqorida qayd etilgan barcha kategoriyalarni ularning pulli tabiati
birlashtirib turadi. Ular bir-birlaridan o’zlarining
funksiyalari va muayyan
maqsadga mo’ljallanganligi bilan ajralib turadi. Bunda kategoriyalarga tegishli
bo’lgan barcha belgilarning majmui birgalikda ko’rib chiqilsa, ularning bir-
birlaridan farqlarini yanada yaqqolroq ko’rish
mumkin. Moliyaning funksiyalari
bilan tanishish uning mohiyatini yanada yaqqol tasavvur etishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: