Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

3.
 
Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati 
Moliyaviy munosabatlarning ilk shakllari insoniyat taraqqiyotining
quldorlik jamiyati bosqichida jamiyatning sinflarga bo’linishi va davlatning 
vujudga kelishi bilan bog’liq ravishda paydo bo’ldi. Muayyan hududda
boshqaruv organi sifatida davlatning vujudga kelishi uning hokimiyat apparatini 
moddiy jihatdan ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, mamlakatni himoya qilish,
urush harakatlarini olib borish, ijtimoiy obyektlar va yo’llar qurish kabi 
vazifalarni bajarishi uchun ma’lum darajada pul mablag’lari ham bo’lishini 
taqozo eta boshladi. Xuddi shu holat o’z navbatida jamiyatda moliya paydo 
bo’lishini iqtisodiy zaruriyatga aylantirdi. Demak, davlatchilik tizimining 
vujudga kelishi moliyaning paydo bo’lishi uchun asosiy sabab bo’lib xizmat qildi.
Moliya haqida so’z borar ekan, eng avvalo, bu atama qanday paydo bo’lgan, 
degan haqli savol tug’ilishi tabiiy. “Moliya” arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida eng 
umumiy tarzda “pul mablag’lari” ma’nosini anglatadi. Bu so’z ona tilimizda 
ishlatilishining quyidagi ko’rinishlari mavjud: 

maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish 
yuzasidan paydo bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag’larini 
shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya 
kapitali, moliyaviy tizim); 


17 

biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul 
mablag’lari (masalan, korxona moliyasi); 

moliya ishlari bilan shug’ullanuvchi davlat organi (so’zlashuv tilida)
1

Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg’armasi”, shuningdek, 
“moliyat”, ya’ni “pul mablag’lari; soliq” so’zlari ham moliyaga daxldordir
2

Lekin jahon iqtisodiy adabiyotida lug’aviy ma’nosi jihatidan o’zbekcha
“moliya” iborasining fransuzcha “finance”, lotincha “financia” va ruscha 
“finansi” kabi ekvi-valentlari yoki ma’lum ma’noda, sinonimlari
3
qachon va 
qayerda paydo bo’lganligi haqida aniq ma’lumot yo’q
4
.
Ayrim olimlar “financia” (“finance”, “финансы” va hokozo shakllarda) 
tushunchasi aynan shu shaklda XIII-XIV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida 
paydo bo’lgan va dastlab “pul to’lovi” ma’nosini anglatgan, degan fikrlarni olg’a 
surishadi. Xalqaro savdo-sotiq ishlarining rivojlanishi mazkur iboraning 
Italiyadan boshqa davlatlarga ham tarqalishiga sabab bo’lgan. XV asrda 
“financia” tushunchasi Fransiyada “davlat daromadlari”, “pul summalari” 
ma’nosida ishlatila boshlangan. Boshqa tadqiqotchilar bu atama muomalada ilk 
bor fransuz olimi J.Boden tomonidan 1755-yilda nashr etilgan “Respublika 
xususida olti kitob” nomli asarida ishlatilgan va shu tariqa bu atama Yevropa 
davlatlari hayotiga kirib kelgan, deb hisoblashadi
5

Yaratilayotgan moddiy ne’matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bo’yicha 
oliy hokimiyat organi sifatida davlat va takror ishlab chiqarish jarayonining 
boshqa ishtirokchilari o’rtasida yuzaga chiqadigan ma’lum bir iqtisodiy 
munosabatlarni Yevropa davlatlarida o’rta asrlardan boshlab “moliya” 
tushunchasi orqali ifodalay boshlashgan. 
Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta 
taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli ko’rinishdagi shaxsiy to’lanmalar 
xarakteriga ega bo’lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va 
qayta taqsimlash munosabatlari shakllarining o’zgarishiga olib keldi – ular
ko’proq ravishda pul xarakte-riga ega bo’ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun
va mohiyati prinsipial jihatdan o’zgarmay qolaverdi. 
1
Qarang: O‘zbek tilining izohli lug’ati: 80 000 dan ortiq so’z va so’z birikmasi. J.2. E – M // Tahrir hay’ati: T.Mirzayev 
(rahbar) va boshq.; O‘z.R FA Til va adabiyot in-ti. – T.: “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. 
– 611-b. 
2
Qarang: o’sha manba, 610- va 611-betlar. 
3
Biz bu yerda dunyo xalqlarining turli tillarida shaklan turlicha va mazmunan bir xil ma’noni anglatuvchi so’zlarni nazarda 
tutayapmiz.
4
Финансы, денежное обрашчение и кредит. Учебник / Под ред.проф. В.К.Сенчагова, проф.А.И.Архипова. –М.: 
Финанси и статистика, 1999. с.25). Boshqa mualliflarning fikriga qaraganda, bu atama muomalaga 1755-yilda “Respublika 
xususida olti kitob” asarini nashr ettirgan frantsuz olimi J.Boden tomonidan kiritilgan (Qarang: Финансs. Учебник для вузов 
/ Под ред. проф. М.В.Романовского, О.В.Врублевской, Б.М.Сабанти. – М.: Финанси и статистика, 2000. с.44). 

Финансы, денежное обрашчение и кредит. Учебник / Под ред.проф. В.К.Сенчагова, проф.А.И.Архипова. –М.: 
Финансы и статистика, 1999. с.25; Финансы. Учебник для вузов / Под ред. проф. М.В.Романовского, О.В.Врублевской, 
Б.М.Сабанти. – М.: Финанси и статистика, 2000. с.44; Финанси. Учебник ./ Под ред. Г.Б.Поляка. – 3-е изд., перераб. и 
доп.- ЮНИТА-ДАНА, 2009. – с.8; Финансы: Учеб.пособие / Под ред. А.М.Ковалевой. – 5-е изд., перераб. и доп. – М.: 
Финансы и статистика, 2008. – с.7.


18 
Zamonaviy tasavvurdagi “moliya” tushunchasi podsholar xazinasidan 
davlat xazinasi ajralib chiqishi bilan paydo bo’lgan. Bir paytning o’zida shuni 
alohida qayd etish kerakki, jamiyatda pul, tovar-pul munosabatlari va davlatning 
paydo bo’lishi o’z-o’zidan darhol moliyaning ham vujudga kelganligini 
bildirmaydi. Ular hammasi bir paytda, ya’ni birdaniga paydo bo’lgan emas. 
Moliya shakllanib, bizning u haqidagi bugungi tasavvurimizdagi moliya 
ko’rinishiga kelishi uchun jamiyatda bir qator shart-sharoitlar pishib etilgan 
bo’lishi kerak. Ular quyidagilar: 
1. Asrlar davomida davlat ixtiyoriga yig’iladigan barcha pul mablag’larining 
mutloq egasi qirol (sharqda podsho), deb hisoblanilgan. Mablag’lar qirol xohish-
ixtiyori bilan yig’ilgan va u xohlagan shaklda xarajat qilingan. O‘sha davrlarda 
odamlar tasavvurida daromadlarni ishlatish bundan boshqacha bo’lishi mumkin 
emasday tuyular edi. 
XVI –XVII asrlarda Niderlandiya va Angliyada yuz bergan birinchi burjua 
inqiloblari moliyaning shakllanishiga juda katta turtki bergan. To’g’ri, mazkur 
inqiloblar qirollik tuzumini ag’darib tashlay olmadi. Lekin shunday bo’lsa-da, 
qirolning hokimiyatini ancha cheklashga erishildi va biz uchun eng muhimi 
qirolning xazinaning mutloq egasi sifatidagi huquqi keskin qisqartirildi. Yangi 
sharoitda xazina o’rniga umumdavlat pul mablag’lari fondi, zamonaviy til bilan 
aytganda, byudjet tashkil etila boshlandi. Qirolning xazi-nasi o’rniga davlat 
byudjeti tushunchasining kirib kelishi moliyaning shakllanishi va zamonaviy 
ko’rinish olishida o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan inqilobiy o’zgarishlardan 
biri bo’lib hisoblanadi. 
Shu o’rinda Markaziy Yevropa davlatlarida xazinani tasarruf etish sohasida 
yuz bergan bunday o’zgarishlar dunyoning juda ko’p davlatlarida, xususan, O‘rta 
Osiyoda ommalash-maganligini e’tirof etish zarur. O‘z taraqqiyoti davrida
kapitalistik tuzumni bosib o’tmagan mazkur davlatlarda podsholar xazinaning 
mutloq egasi bo’lib qolaverganligi va muomalaga davlat byudjeti tushunchasi 
kirishi podsholik hokimiyatining bekor qilinishiga qadar hal bo’lmaganligini
tabiiy hodisa sifatida tushunish to’g’ri bo’ladi. 
2. Amaliyotga “xazina” o’rniga “davlat byudjeti” tushun-chasi kirgandan 
keyin byudjetni tashkil etish va mablag’-lardan foydalanish tartibi shakllana 
boshladi. “Davlat daromadlari” va “davlat xarajatlari” iboralari paydo bo’ldi, 
ularning tarkibi aniqlandi, davlat byudjetini shakllantirish va mablag’larini 
sarflash uchun tegishli qonun hujjatlarining asoslari yaratila boshlandi.
Davlat byudjeti daromadlarini asosan soliqlar, turli to’lovlar, harbiy o’lja va 
kontributsiyalar tashkil etgan bo’lsa, o’sha paytdayoq xarajatlar moddalarining 
hozirga qadar o’z ahamiyatini yo’qotmagan yo’nalishlari shakllandi: harbiy 
xarajatlar, iqtisodiyot, boshqaruv va ijtimoiy maqsadlarga ajratilgan mablag’lar. 


19 
3. Qirol xazinaning mutloq egasi bo’lgan davrda daromadlar natural soliqlar 
va aholining mehnat majburiyatlaridan iborat bo’lgan edi. Endilikda pul 
ko’rinishidagi soliqlar Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismini tashkil eta 
boshladi. Natijada yaratilayotgan mahsulotni qiymat shaklida taqsimlash bosqichi
boshlandi.
Lekin shuni yana alohida ta’kidlash lozimki, moliya va moliyaviy 
munosabatlarning mohiyati haqidagi tushunchalar vaqt o’tishi bilan o’zgarib 
borgan
6
.
Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aksiyadorlik shaklidagi) milliy 
va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog’liq holda tovar ishlab 
chiqa-rishning yirik masshtablarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish 
jarayonining turli ishtirokchilari o’rtasida pul mablag’larini jalb qilish, ulardan 
foydalanish va ularni taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga 
olib keldi. Tovarlar harakatidan ajralgan pul mablag’larining harakati masalalari 
bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bir tomondan, 
kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli subyektlar o’rtasida YaIM 
qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog’liqdir. Bir vaqtning o’zida, 
ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanma-sining 
tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan o’z hissalarini olishga da’vo 
qiladilarki, bu moliyaviy munosabatlarning sohasidir. 
Shunday qilib, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot 
qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror 
ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va 
funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifa-tida ham moliyaning 
vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bo’linishi va davlatning paydo bo’lishi bilan 
bog’liq. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin