355
vaziyat Polshada ham kuzatiladi. U erda transfertlarning hajmi nisbatan tiniq va
oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lib, u formula yordamida hisoblanadi. O‘tish
iqtisodiyotini boshqa mamlakatlarda (Bolgariya, Latviya, Litva, Gruziya, Qirg‘iziston,
Rossiya) axborot tomondan kengroq ochiqlik va byudjetlar o‘rtasidagi transfertlarni
taqsimlashning asoslanganligini ta’minlash bo‘yicha choralar qabul qilingan.
Jahon banki mutaxassislari tomonidan keltirilgan aniq formulalarning tahlili
ko‘rsatishicha, ularning har biri tuzatishlar kiritilishini talab qiladi va undan so‘ng ular
yanada samaraliroq bo‘lishlari mumkin. Bunda ijobiy holat bo‘lib, ushbu formulalar
ko‘pgina mamlakatlarda xarajatlarning aniq darajalarining tegishli ko‘rsatkichlarini,
ya’ni aholining soni va yoshi bo‘yicha tarkibini hisobga olishi hisoblanadi. Ikkita
mamlakatda (Latviya, Litva) esa ba’zi bir holatlarda gorizontal tenglashtirish ham
hisobga olinadi.
O‘tish iqtisodiyotiga xos bo‘lgan ko‘pgina mamlakatlarda mablag‘ jalb qilish
amaliyoti submilliy va mahalliy darajalarda o‘z rivojini topdi. Mablag‘ jalb qilishlar
bir qancha manbalardan, jumladan yuqori darajadagi byudjetlardan, submilliy va
milliy moliya institutlaridan hamda xususiy kapital bozoridan amalga oshiriladi.
Bunda, mablag‘ jalb qilishlar zayomlar yoki obligatsiyalarni chiqarish shaklida
amalga oshiriladi. Ushbu mamlakatlardagi mablag‘ jalb qilish amaliyotini kuzatish,
har bir mamlakat bo‘yicha ushbu instrumentning rivojlanish darajasi sezilarli darajada
o‘zgaruvchan bo‘lib, u ushbu mamlakatlardagi byudjetlar o‘rtasidagi munosabatlarni
isloh qilish elementlariga mos keladi.
Shunday qilib, turli mamlakatlar tajribalarini umumlashtirish byudjetlararo
munosabatlarning tashkil qilinishiga turlicha yondoshuvlar mavjudligidan dalolat
beradi va O‘zbekiston byudjetlararo munosabatlarini takomillashtirish borasida qator
saboqlar olishga imkon beradi:
Dostları ilə paylaş: