358
mamlakat Prezidenti va qonunchilik (vakillik) hokimiyat organlari;
ijroiya hokimiyat organlari (mamlakat subyektlarining yuqori
mansabdor shaxslari, mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari rahbarlari, moliya
organlari, davlat byudjeti daromadlarini undirish bilan shug’ullanadigan organlar
va boshqa vakolatli organlar);
pul-kredit tizimini tartibga solish organlari;
davlat va mahalliy nazorat organlari;
davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari;
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar va boshqalar.
Davlat byudjeti jarayonini tashkil etishda quyidagi prinsiplarga rioya
qilinadi:
yagonalik;
mustaqillik;
balans usuli.
Yagonalik prinsipi bu yerda yagona huquqiy baza, yagona davlat byudjeti
klassifikatsiyasi, mamlakatning konsolida-tsiyalashtirilgan byudjetini tuzishda
zarur bo’ladigan statistik va davlat byudjeti ma’lumotlari uchun davlat byudjeti
hujjatlari shakllarining va pul tizimining yagonaligi orqali ifodalanadi.
Mustaqillik prinsipi davlat byudjeti jarayonini amalga oshirishda uning har bir
ishtirokchisi uchun mustaqil bo’lish imkoni berilganligi bilan belgilanadi. Unga
muvofiq, bu jarayonning ishtirokchilari daromadlarning o’z va tartibga soluvchi
manbalari hamda ulardan foydalanishning yo’nalishlarini mustaqil ravishda aniqlash
huquqiga egadirlar.
Balans usuli prinsipi davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari o’rtasida
to’g’ri nisbatlar o’rnatishda gavda-lanadi. Unga rioya qilinishi davlat
byudjetining barqa-rorligini va xo’jalik sohalari o’rtasida mablag’larni
taqsimlashda zaruriy nisbatlarni ta’minlashi kerak. Bu metodning muhim sharti
davlat byudjeti xarajatlarining daromadlariga muvofiqligi va moliyaviy rezervlarni
yaratishidir. Bu prinsip moliyaviy siyosatning bosh maqsadi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: