361
davlat byudjeti tashkilotlariga va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarga davlat
byudjeti so’rov-larini tuzish uchun yuboradi.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini tuzish
jarayonida davlat byudjeti so’rovining juda katta ahamiyati bor.
Davlat byudjeti so’rovi o’z tarkibiga:
- davlat byudjeti tashkilotining, davlat byudjeti mablag’lari oluvchining
va davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchining davlat byudjeti tizimi
byudjetlari mablag’laridan foydalanish bilan bog’liq faoliyatining miqdor va sifat
ko’rsatkichlarini o’z ichiga oluvchi, o’tgan yilda erishilgan natijalar va joriy yilda
kutilayotgan natijalar to’g’risidagi tahliliy hisobotni;
xarajat majburiyatlarining ularni kiritish (ijro etish)
uchun asos
bo’ladigan hamda moliyalashtirish manbalari va amal qilish muddatlarini
belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlar, shartnomalar va (yoki)
ularning
alohida qoidalari ko’rsatilgan reestrini;
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturini;
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchining rivojlantirish dasturi
bilan uzviy bog’liq holda tuzilgan kelgusi davr uchun davlat byudjeti
buyurtmasini o’z ichiga oladi.
Tumanlar va shaharlar byudjetidan moliyalashtiri-ladigan davlat byudjeti
tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar bo’yicha davlat byudjeti
so’rovini ko’rib chiqish tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari
tomonidan, Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan,
viloyatlarning viloyat byudjetla-ridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan
moliyalash-tiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari
oluvchilar bo’yicha, shuningdek tumanlar va shaharlar
byudjetlari loyihalari
bo’yicha davlat byudjeti so’rovini ko’rib chiqish Qoraqalpog’iston Respub-likasi
Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya
boshqarmalari tomonidan, O‘zbe-kiston Respublikasining respublika byudjetidan
moliyalash-tiriladigan tasarrufdagi davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti
mablag’lari oluvchilar bo’yicha davlat byudjeti so’rovlarini ko’rib
chiqish esa
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar tomonidan amalga oshiri-ladi.
Davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar, Qoraqalpog’iston Respublikasi
byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalari, shuning-
dek davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari loyihalari bo’yicha davlat byudjeti
so’rovlarini ko’rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan
amalga oshiri-ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qo’mitasi
va boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari hamda
idoralarning Davlat byudjeti loyihasining daromad qismi bo’yicha takliflarini
362
ko’rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan amalga
oshiriladi.
Davlat byudjeti so’rovlari ko’rib chiqilayotganda O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligiga davlat byudjeti so’rovlari olinganidan keyin
Dostları ilə paylaş: