508
kelib chiqqan holda ularning faoliyati davlat tomonidan nazorat qilinadi.
Xususan, sug’urta faoliyatini nazorat qilishga vakolatli davlat organi –
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi tomonidan sug’urta tashkilotlarining
to’lov qobiliyatini ta’minlashga qaratilgan me’yorlar ishlab chiqilgan.
Shuningdek, sug’urta tashkiloti rahbarlari va bosh buxgalteriga nomzodlar uchun
malakaviy talablar o’rnatilgan. Bundan tashqari, sug’urta zaxiralarini
shakllantirish, sug’urta tashkilotlarining investitsiya
faoliyatini nazorat qilish
bo’yicha ham me’yoriy hujjatlar qabul qilingan va amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi sug’urta tashkilotlari faoliyatini
tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi maxsus vakolatli davlat organi bo’lib
hisoblanadi.
Sug’urta tashkilotlari sug’urta faoliyatidan boshqa tadbirkorlik faoliyati
bilan shug’ullanishlari mumkin emas. Buni shu bilan tushuntirish mumkinki,
sug’urta tashkilotlari savdo-vositachilik operatsiyalari bilan shug’ullansa, bu
holat, pirovardida, uning to’lov qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonunida
sug’urta tashkilotlarining huquq va majburiyatlari ko’rsatilgan. Mazkur qonunga
asosan sug’urtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug’urta (qayta
sug’urta qilish) shartnomalari tuzish;
o’z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug’urta qilish, shu
jumladan, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sug’urta qilish;
maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda
investitsiya faoliyatini amalga oshirish;
qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional
faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun
sug’urtalovchining litsenziya
olishi talab qilinmaydi;
sug’urta (qayta sug’urta qilish) sohasidagi mutaxassislar malakasini
oshirish bilan bog’liq faoliyatni, shuningdek sug’urta agenti sifatida sug’urta
vositachiligini amalga oshirish;
sug’urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-
tadbirlarini maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda
moliyalashtirish;
sug’urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sug’urta
turlariga doir
qoidalarni (shartlarni) qonun hujjatlariga muvofiq belgilash;
sug’urta tovoni miqdorini belgilash uchun zarur bo’lgan tegishli axborot
va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot,
seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa
tashkilotlardan belgilangan tartibda so’rash va olish;
509
sug’urta
agentlari, sug’urta va qayta sug’urta brokerlari, sug’urta
bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish;
sug’urta tovoni to’lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug’urta (qayta
sug’urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etish,
sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish;
sug’urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni,
sug’urta qildiruvchining sug’urta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi
ustidan nazoratni sug’urta (qayta sug’urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan
tartibda amalga oshirish;
chet el sug’urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari ko’rsatish;
ilgari sug’urtalovchi tomonidan o’z ehtiyojlari
uchun olingan yoki
sug’urta shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga o’tgan mol-
mulkni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish;
O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el reyting
tashkilotlari reytinglarini olish;
o’zining alohida bo’linmalarini tashkil etish.
Sug’urtalovchi:
sug’urta faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;
sug’urta faoliyatini amalga oshirish chog’ida olingan axborotning
mahfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq ta’minlashi;
o’zi vakolat bergan sug’urta agentlarining reestrini yuritishi;
qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat
organining talabiga binoan taqdim etishi;
sug’urta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki sug’urta
(qayta sug’urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur
hisob-kitoblarni amalga oshirishi va sug’urta tovoni to’lashi;
firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan eri o’zgargan
taqdirda, bu haqdagi axborotni sug’urta qildiruvchilarga
qonunda belgilangan
tartibda etkazishi;
sug’urta zaxiralarini maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda
va shartlarda shakllantirishi hamda joylashtirishi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili majburiy auditorlik
tekshiruvidan o’tishi;
maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda bir yilda kamida bir
marta aktuariyni (aktuar tashkilotni) aktuar xizmatlar ko’rsatish uchun jalb etishi;
maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shaklda,
tartibda va
muddatlarda yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilishi;
510
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi,
moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart.
Sug’urta tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdorlari qonunchilik
hujjatlarida ko’rsatilgan tartibda shakllantiriladi. Boshqa xo’jalik yurituvchi
subyektlardan farqli ravishda sug’urta tashkilotlari ustav kapitalining 90 foizi pul
shaklida bo’lishi talab etiladi va litsenziya olayotgan paytda ustav kapitali 100
foiz shakllantirilgan bo’lish lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-sentyabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi hujjatlariga o’zgartish va
qo’shimchalar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o’z kuchini yo’qotgan deb
hisoblash to’g’risida”gi PF-5197-son Farmoniga asosan sug’urta faoliyati
turlariga qarab, sug’urtalovchilarning ustav kapitali minimal miqdorlarini talab
belgilandi.
Dostları ilə paylaş: