10
2. Uy xo‘jaliklari va firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar;
3. “Moliya”ning fundamental asos (masala)lari.
Shaxslarning ma’lum
vaqt mobaynida
defitsit
pul resurslari kirimi
(daromadi) va chiqimi (xarajati)ni qanday boshqarishni o‘rganishga moliya
deyiladi.
Demak, “Moliya” shaxslarning ma’lum
vaqt mobaynida
defitsit pul
resurslari kirimi va chiqimini qanday boshqarishlari to‘g‘risidagi fan hisoblanadi.
Moliyaviy qarorlar shunisi bilan ajralib turadiki, kirimlar va chiqimlar:
a) vaqt oralig‘ida
tarqatilgan;
b) odatda, ularning bo‘lajak miqdorini na qaror qabul qiladiganlar va na
boshqa biror bir odam bashorat qila olmaydi. Masalan, o‘z restoraningizni
ochishni
baholar ekansiz, barcha xarajatlarni (xonani jihozlash, oshxona
anjomlari, stol va stullar, hatto antiqa ichimliklarni bezash uchun mo‘‘jaz qog‘oz
shamsiyalar, qisqasi, barcha zarur asbob-uskuna-larni sotib olish) va Siz bir necha
yildan keyin olishni rejalashtirgan noma’lum daromad (ya’ni, bo‘lajak
daromadingiz)ni imkon qadar (iloji boricha) aniq hisobga olish kerak.
“Moliya” nazariyasi shunday doktrinaga asoslanadiki, unga ko‘ra moliyaviy
tizimning eng asosiy vazifasi insonlar ehtiyojini, shu jumladan oziq-ovqat, kiyim-
kechak va uy-joyga bo‘lgan barcha asosiy hayotiy
ehtiyojlarni qondirishdan
iborat. Iqtisodiy faoliyatning har qanday sub’ektlari (firmalar ham, barcha
darajadagi davlat hokimiyati organlari ham) ushbu asosiy vazifani bajarishga
hissa qo‘shish uchun tashkil etil(adi)gan.
“Moliya” nazariyasi qator konsepsiyalardan iborat bo‘lib, bu konsepsiyalar
talabalarga
Dostları ilə paylaş: