Toshkent 2023 O'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi o'tkir revmatik isitma



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/25
tarix25.10.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#161309
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
O‘tkir revmatik isitma

“Ассесмент” техникаси
(Ассесмент (assesment) – ўз-ўзини тақдимот қилиш, маълум
бир синовдан ўтиш).
ТЕСТ
МУАММОЛИ ВАЗИЯТ
СИМПТОМ
АМАЛИЙ КЎНИКМА
 
6.
“V
aziyatli masalalar echish” usuli stsenariysi.
Bu usul amaliy ashgulotlarning barchasida keng qo‘llaniladi. Bunda o‘qituvchi 
mashg‘ulotlar bo‘yicha tuzilgan masalalardan foydalanadi. Vaziyatli masalalarni 
echish mobaynida talabalarning qisqa vaqt mobaynida fikrlash kobiliyati
vaziyatlarga ijodiy va amaliy qay darajada yondashishi yana bir bor nazorat qilinadi. 
Bu usul talabalarning o‘z bilimlaridan optimal foydalangan holda to‘g‘ri хulosa 
chiqarish imqoniyatini kengaytiradi.
O‘tkir revmatik isitma mavzusi buyicha vaziyatli masalala
r:
 
1-masala
. Bemor 20 yoshda, tizza bo‘g‘imida shish va qizarishga, og‘riqqa 
shikoyat qiladi. Tana harorati 38,8
0
S gacha ko‘tarilgan. 4 kun avval angina 
o‘tkazgandan keyin kasallangan. Og‘riq dastlab tirsak va to‘piq bo‘g‘imlarida 
bo‘lgan, aspirin ichgandan keyin og‘riq yo‘qolgan. Kechadan boshlab yuqoridagi 
shikoyatlar qayta bezovta qila boshladi. Poliklinikada bemorda umumiy qon tahlili 
va EKG o‘tkazilib shifoхonaga yuborilgan.
Tashхis?, Tekshirish rejasi. 
2-masala
. 26 yoshli bemor kasallikning oldini olish uchun tekshirilayotganda 
yurak cho‘qqisi I tonining susayganligi va o‘pka rateriyasida II ton kuchayganligi 
shifokor e’tiborini o‘ziga tortdi. Anamnezidan: ilgari hech kasal bo‘lmagan. Ozroq 
jismoniy tarbiya bilan shug‘ullangan. To‘rt yil oldin asoratsiz tuqqan. Homiladorlik 
vaqtida terapevt ko‘rigida yurak cho‘qqisida sistolik shovqin aniqlangan va 
tekshiruvdan o‘tish tavsiya etilgan. 
Tashхis?, Tekshirish rejasi. 
3-masala
. Sog‘lomlashtirish punktiga 23 yoshli ayol jismoniy harakatda havo 
etishmasligiga shikoyat qilib murojaat qilgan. Anamnezidan: ilgari tekshiruvdan 
o‘tmagan, ikki yil oldin tug‘ruqdan keyin yuqoridagi shikoyatlari paydo bo‘lib, 
ahvoli yomonlashib borgan. Tekshirish vaqtidi yurak urishi aritmik ekanligi 
aniqlangan.YUrak cho‘qqisida I ton qattiq. II tondan bir oz keyin protodiastolik 
shovqin eshitiladi. Tashхis? Tekshirish rejasi.
4-masala
. 37 yoshli bemor kardiologiya bo‘limida davolanmoqda. 25 
yoshligida mitrald klapan etishmovchiligi va stenozi aniqlangan. 35 yoshida 


29 
qaytalama revmatik isitmadan keyin yurak titrashi doimiy bo‘lib qolganligi uchun 
yurak etishmovchiligi bilan uzluksiz davolanib turadi. Bir yil ilgari o‘pka mayda qon 
tomirlari tromboemboliyasi va infarktli o‘pka yallig‘lanishini o‘tkazgan. Tik 
turganda sezilarli darajada hansirash, tomir urishi minutiga 110 marta, aritmik. Jigar 
kattalashgan. Rentgenoskopiyada yurakning hamma bo‘laklari kengayganligi va 
o‘pkada dimlanish belgilari aniqlanadi. Tashхis? Davolashni belgilang. 

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin