-
216
-
Qiz bolalarda esa- ko‘kragining tepa qismigacha. Bola tik
holatda, qo‘lini ko‘tarib turishi kerak,
nafas olib va nafas
olmasdan o‘lchanadi, ko‘rsatkichlar santimertlarda aks
ettiriladi.
FUNKSIONAL HOLAT
Arterial qon bosimini o‘lchash (sistolik va diastolik).
O‘lchash uchun Korotkov simobli monometri kerak bo‘ladi - 1
dona. Arterial bosim o‘tirgan holatda o‘lchanadi, bolaning
o‘ng qo‘lida maxsus manjetlar yordamida. 2-3yoshar
bolalar
uchun M-55, 6-yoshar uchun M-85 manjetlari ishlatiladi.
Bolaning qo‘lini kiyimidan bo‘shatib manjet kiydiriladi,
manjetdagi bosimni 20-30 mm ko‘proq odatdagi bosimdan
(140-160mm) ko‘taradilar va 2-3
mm tezligi bilan
kamaytiradilar. Yangi urish tovushi paydo bo‘lganda sistoletik
bosim deb hisoblanadi. Urish tovushlari to‘liq ko‘tarilganda
esa- diastolik bosim. O‘lchash 2 marta o‘tkaziladi, protokolga
esa o‘rtacha ko‘rsatgich yoziladi. Yurak urishini o‘lchash
(puls). Yurak urishi sekundomer yordamida o‘lchanadi, 30
sekund davomida o‘tirgan xolatda, kaftingizni bolaning yurak
qismiga qo‘ygan xolda. Keyin bu ko‘rsatgich 2 ga
ko‘paytiriladi va 1 daqiqa davomida puls nechta urishi
aniqlanadi. O‘pka hajmini o‘lchash. O‘pkaning hajmi
spirometr yordamida o‘lchanadi. Bola 2-3 marta chuqur nafas
olganidan so‘ng, bitta chuqur nafas olib sekin chiqargan xolda
spirometr trubkasiga oxirigacha puflaydi. O‘lchash 3 marta
o‘tkaziladi va eng katta ko‘rsatgich yozib olinadi (aniqligi
1000sm 3). Trubkaning qopqog‘i xar bir o‘lchashdan so‘ng
dezinfektsiya qilinishi kerak. Jismoniy chidamliligini aniqlash.