-
219
-
tushish vaqti sekundomer bilan o‘lchanadi. Kerakli anjomlar:
Turnik, yashik, sekundomer.
Yotgan xolatda oyoqlarni tepaga ko‘tarish. Bola orqasiga
yotgan xolatda, buyruq bilan oyog‘ini tepaga ko‘taradi va
tushiradi, yelkasini bosib turish kerak. 30
sekund davomida
ko‘tarilishi xisobga olinadi. Test 5-7 yoshar bolalar uchun
mo‘ljallangan.
Kuch-tezlik xususiyatlarni aniqlash bo‘yicha testlar.
Joyidan uzunlikga sakrash. Bu usulni xonada va tashqarida
o‘tkazish mumkin. Sakrash qum bilan to‘ldirilgan, 1x2m
hajmdagi
chuqurlikda
amalga
oshiriladi.
Ob-havo
yomonlashganda sportzalda o‘tkazish mumkin,
bu uchun
maxsus rezin yo‘lakcha kerak. Bola chiziqda turib ikki
oyog‘ida sakrashni bajaradi. O‘lchash sakrash chizig‘idan
boshlab, oyoqni orqa qismi tushgan joyigacha xisoblanadi.
Eng yaxshi urinish hisobga olinadi. Kerakli anjomlar: metr,
bo‘r, maxsus rezin yo‘lakcha yoki qum to‘ldirilgan chuqurlik.
Test 3-7 yoshar bolalar uchun mo‘ljallangan.
Og‘ir (1 kg) koptokni tik turgan holatda uloqtirish. Sinov
10 metrga teng uzunlikdagi maydonchada o‘tkaziladi. Bola
chiziqda
tik turgan holatda, boshi orqasidan ikki qo‘llab,
oyog‘ini yerdan uzmasdan harakatni amalga oshiradi. Harakat
bajarganda oldinga siljish mumkin. Sinov 3 marta
takrorlanadi. Eng yaxshi natija hisobga olinadi. Test 3-7
yoshar bolalar uchun mo‘ljallangan.
Test uchun kerakli
anjomlar: og‘ir koptok vazni - 1 kg, bo‘r va uloqtirish uchun
chiziq chizilgan maydoncha.
Dostları ilə paylaş: