Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   167
Adabiyot maktabgacha

-
25
-
xohishlari bilan bajaradilar va tez o‘rganadilar. O‘yin 
mazmunidagi mashg‘ulotlar orqali bolalarning xotirasi 
rivojlanib, jamoaga uyushish fazilatlari shakllanib boradi. 
Jismoniy mashqlar orqali esa ularning faolligi oshib, hayotiy 
zarur bo‘lgan ko‘nikma malakalarni va jismoniy sifatlar 
(kuchlilik, 
chaqqonlik, 
egiluvchanlik, 
uddaburonlik)ni 
egallaydilar va jismoniy rivojlanishi taraqqiy etib boradi. 
Nazorat uchun savollar 
1. Tarbiya tizimida jismoniy tarbiyaning o‘rni qanday? 
2. Afina va Sparta davlatlarida jismoniy tarbiyaga oid 
qarashlarni taqqoslang. 
3. Zardushtiylar ta`lim tizimida jismoniy tarbiyaning 
ahamiyati qanday? 
4. Islom ta`limotida bolalar jismoniy rivojlaqnishi 
mazmunini yoriting? 
5. Sharq mutaffakirlari ma`naviy-marifiy merosida bolalar 
jismoniy tarbiyasining asosiy belgilari nimalardan iborat? 
6. O‘zbekistonda bolalar sportini rivojlantirishning medologik 
asoslarini ko‘rsating? 
 
 
 
 
 
 
 


-
26
-
2-BOLIM. BOLALAR JISMONIY TARBIYASI 
NAZARIYASI VA METODIKASI 
1-§. Jismoniy tarbiya nazariyasi fanining predmeti va 
asosiy tushunchalari
Mamlakatimizda 
sog‘lom 
va 
barkamol 
avlodni 
tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini 
ro‘yobga 
chiqarishi, 
mamlakatimiz 
yigit-qizlarini 
har 
tomonlama rivojlangan barkamol shaxslar etib, voyaga 
yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlar 
yaratilgan. Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari bo‘lajak 
yosh avlodni turli nazariy bilimlarni, jismoniy tarbiya 
tizimining rivojlanish tarixiy qonuniyatlari, metodlari, 
vositalarini o‘rgatish hamda jismoniy tarbiyaning xususiyatlari 
haqida atroflicha va chuqur bilimlar berish bilan birga ularni 
kelajakdagi ish faoliyatlarida amaliy a hamiyat kasb etuvchi 
bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. 
Jismoniy tarbiya bolalarda jismoniy va irodaviy sifatlarni 
shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda 
Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik 
jarayon bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning ajralmas tarkibiy qismi 
sifatida namoyon bo‘ladi. Yuqori darajada rivojlangan ishlab 
chiqarishga asoslangan mavjud ijtimoiy sharoit jismonan 
baquvvat, ishlab chiqarish jarayonida yuqori unum bilan 
ishlashga 
qodir, 
qiyinchiliklardan 
cho‘chimaydigan, 
shuningdek, vatan himoyasiga doimo tayyor bo‘lgan yosh 
avlodni tarbiyalash zarurligini ko‘rsatmoqda.
Jismoniy tarbiya ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh 
avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va 



Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin