-
24
-
"Sog‘lom avlod " deganda - eng avvalo, sog‘lom naslni,
jismonan baquvvat shu bilan birga ruhi, fikri sog‘lom, iymon-
e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak,
mard va jasur,
vatanparvar avlod tushuniladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar
ta’lim-tarbiyasining vazifalari jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik,
mehnat tarbiyasini berish va ularning tug‘ma layoqati,
qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda,
milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida muntazam maktab
ta’limiga
tayyorlashdan
iborat.
Bolalarni
maktabga
tayyorlashni belgilovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri
ularning jismoniy jihatdan rivojlanganlik darajasidir. Bu
me’yoriy ko‘rsatkichlar "Bolajon" tayanch dasturi va "Davlat
talablari" asosida belgilanadi.
Dasturga asosan bolalar
yoshlari doirasida asosiy harakatlarni: yurish, yugurish,
sakrash, irg‘itish- emaklash, to‘siqlardan oshib o‘tish, milliy
va harakatli hamda tinch o‘yinlarni nomini bilishi va o‘ynashi
zarur bo‘ladi. Bu esa bolalarni jismonan barkamol bo‘lib
etishishlarini ta’minlaydi. MTMda
jismoniy tarbiya tizimini
kun tartibi, mujassam mashg‘ulotlar, ovqatlanish, chiniqtirish
(tabiiy va sun’iy), jismoniy mashqlar,
madaniy-gigiyenik
ko‘nikmalar, ertalabki va kechki soatlar, quvnoq daqiqalar,
davolovchi-uqalash, gimnastika, ritmika, sport o‘yinlari
tashkil yetadi. Maktabgacha
yoshdagi bolalarni jismoniy
jihatdan
tarbiyalashda
ularni
yosh
va
psixologik
xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulotlar mazmuni
o‘yin shaklida yoritilib, bolalarni qiziqtiradigan harakat
jarayonlaridan tashkil topmog‘i lozim. Ma’lumki, ilk yoshdagi
bolalar atrofdagi
barcha jarayonlarni kuzatib, taqlid qiladilar,
bolalar uchun murakkab bo‘lmagan harakatlarni ular o‘z