Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   167
Adabiyot maktabgacha

-
17
-
Insonning e’tiqodi kuchli, mustahkam bo‘lishi bilan birga 
badani, jismi ham sog‘, chiniqqan, har qanday mashaqqatlarga 
dosh bera oladigan bo‘lmog‘i lozim. Payg‘ambarimiz Mu 
hammad (s.a.v): “Kuchli mo‘min kishi Alloh huzurida kuchsiz 
mo‘mindan yaxshiroq va mahbubroqdir”, deganlar. Imom 
Buxoriy Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat 
qilgan hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi 
vasallam: “Ikki ne’mat borki, ko‘p odamlar ularda aldanib 
qolurlar. Ular sog‘liq va farog‘at”, deganlar. Islom dini 
sog‘liqni saqlashga katta a hamiyat berib, quyidagi omillarga 
alohida e’tibor berishni talab yetadi:
- tozalikka rioya qilish; 
- sog‘liqqa zarar yetkazuvchi va atrofni iflos qiluvchi 
narsalardan qaytarish; 
- badantarbiya; 
- sog‘liqqa zararli narsalardan tiyilish; 
- jismni toliqtirishdan qaytarish; 
- sog‘liqni saqlash maqsadida yengillik va ruxsatlar berish 
va hokazolar. 
Farzand Alloh taolo tomonidan ato etilgan ulug‘ 
ne’matdir. U ota-ona zimmasida mas’uliyati juda katta 
bo‘lgan omonatdir. Har bir ota-ona o‘z farzandini sog‘lom, 
ahli solih, ma’naviy barkamol inson bo‘lib voyaga etishini 
orzu qiladi. Farzand tarbiyasi va uni amalga oshirish borasida 
payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ham o‘z ko‘rsatmalarini 
berib o‘tganlar: “Hech bir ota o‘zining bolasiga yaxshi tarbiya 
o‘rgatishda odob berishdan ortiq hadya qilolmaydi” (Imom 
Buxoriy). “Farzandlaringizni odobli etib tarbiyalashlaringiz 
har kuni bechoralarga yarim so’ donni sadaqa qilishingizdan 


-
18
-
yaxshiroqdir” (Imom Termiziy). “Ey Rasululloh! Biz ota-
onaning haqqini bildik. Ammo farzandning haqqi nimadan 
iborat?” degan savolga Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Unga 
chiroylik ism qo‘yib, go‘zal odob berish”, dedilar 
(Bayhaqiy). “Farzandlaringizni hurmatlanglar va ularning 
odobini go‘zal qilinglar” (Ibn Moja).Vatanimiz taraqqiyoti
xalqimizning baxt-saodati yo‘lida yoshlarimizni sog‘lom, 
barkamol, ilmli, hunarli bo‘lib etishishlari yo‘lida davlatimiz 
tomonidan qilinayotgan g‘amxo‘rlik bilan birga, ota-
onalarning e’tibor va sa’yi- harakatlari ham muhimdir. 
Demak, din, oila, vatan, millat himoyasini qilish, xususan 
bunday sharafli ishda bosh bo‘lish uchun ham, ma’naviy 
kamolot bilan bir qatorda, jismoniy imkoniyatning a hamiyati 
katta ekan. Arab xalifaligida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy 
o‘zgarishlar, yagona Islom dinining tarkib topishi madaniy 
hayotga ham ta’sir etdi. Madaniy hayotda yuz bergan 
ko‘tarinkilik ma’naviy hayotda ham o‘zgarishlar bo‘lishiga 
olib keldi. Ana shu ko‘tarilish butun Arab xalifaligini, Yaqin 
va o‘rta Sharqni qamrab olganligi uchun ham Sharq uyg‘onish 
davri deb ataldi. Bu uyg‘onish jarayoni IX asrdan boshlanib 
XV-XVI asrlargacha davom etdi. Movarounnahrda ilm-fan va 
ma’rifat sohasida o‘z xizmatlari bilan dunyoga mashhur 
bo‘lgan jahonshumul ilmiy merosi bilan nom qoldirgan 
Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad 
al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi 
qomusiy olimlar o‘z asarlarida inson kamolotining asosiy 
negizlaridan biri sifatida jismoniy tarbiyani e’tirof etganlar. 
Ibn Sino aqliy, axloqiy tarbiya bilan bir qatorda, inson 
kamolotida jismoniy tarbiyaning muhim a hamiyatini ham 



Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin