-
16
-
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulovga tayyorlangan
otlarga (Madina tashqarisidagi) Hafyo bilan Saniyyatulvado
orasida, ulovga tayyorlanmagan otlarga
Saniyyatulvado bilan
Banu Zurayq masjidi orasida musobaqa uyushtirdilar”. Imom
Termiziy rivoyatida Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu:
“Men g‘oliblardan bo‘ldim, keyin otim meni bir devor ustiga
irg‘itib yubordi”, ـ deganlar. Hafyo bilan Saniyyatulvado‘
orasi 6
ـ
7 mil, Saniyyatulvado‘ bilan Banu Zurayq masjidi orasi
taqriban 1 mil bo‘lgan (1 mil 750 metrga to‘g‘ri kelgan).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam harbiy jismoniy
mashg‘ulotlarga asosiy e’tiborni qaratar edilar. Zero,
millatning, yurtning sharafli himoyasi ham shunda. Imom
Dorimiy Uqba ibn Omir roziyallohu anhudan rivoyat qilgan
hadisda Rosululloh sollallohu
alayhi vasallam quyidagi
so‘zlarni aytganlar: “O‘q otinglar, ot mininglar, menga
otganingiz minganingizdan yaxshiroqdir”. Bunga o‘xshash
misollarni yana ko‘plab keltirishimiz mumkin. Ammo shuning
o‘zi ham Islomning jismoniy tarbiyaga
munosabatini bilishga
kifoya qiladi.
Alloh taolo Quroni Karimda Muso alayhissalomni “Kuchli
va ishonchli” deb maqtagan. Sahobai kiromlar: “Rasululloh
sollallohu alayhi va sallamda qirqta erkakning quvvati bor
edi”, derdilar.
Islom dini o‘z ta’limotlarida inson hayotining faqat ruhiy,
ma’naviy kamolotiga e’tibor beribgina qolmay, ayni vaqtda,
uning jismoniy jihatlarini ham qamrab olgan.
Musulmon
faylasuflar ruhiy va moddiy hayotni xuddi narvonning ikki
poyasiga o‘xshatishadi, ya’ni, ikki taraf baravar–teng
bo‘lishiga
e’tibor
berishlik
lozimligini
ta’kidlashadi.