-
20
-
asarlarida jismoniy tarbiya va sport g‘oyalarini oldinga surib,
o‘z
qahramonlarini jismonan kuchli, baquvvat va chiroyli
insonlar sifatida ta’riflagan. Alisher Navoiyning «Xazoyinul
maoniy», «Mahbubul qulub» va boshqa asarlarida yyetuk,
barkamol
insonning
axloqi,
ma’naviyati,
odamlarga
munosabati, iste’dodi va qobiliyati, insonlarni jismoniy
baquvvatligi to‘g‘risida qimmatli mulohazalar yuritilgan.
Navoiy «Xamsa»sining har
bir dostonida bukilmas iroda,
irodaviy sifatlar, shijoat, insonparvarlik tuyg‘ulari, botirlik,
chaqqonlik kabi insonning murakkab holatlari mohirona
yoritilgan.
Shunday qilib, Sharq mutafakkirlari
bola sog‘lig‘ini
mustahkamlash va muhofaza qilishda
jismoniy tarbiyaning
roliga katta baho berganlar. Ular toza havoning a hamiyati,
terini parvarish qilish qoidalariga, organizmni chiniqtirshga,
jismoniy mashqlarga ko‘p e’tibor qilganlar. Kasalliklarning
oldini olish va davolash yuzasidan maslahatlar berganlar.
Sharq
mutafakkirlarining ovqatlanish, mehnat, uxlash,
jismoniy mashqlar masalalari yuzasidan bergan maslahatlari
hozirgi kunda ham a hamiyatlidir.
Dostları ilə paylaş: