jundan ip yigirish, urchuq va charxda
ishlash, matolar to‘qish, namat va kigiz bosish, liboslar
tikish
dan tashqari, o‘g‘il bolalar bilan birga
kurash tushish,
otda chopish, qilichbozlik va o‘z raqibidan o‘zini qalqonda
himoya qila bilish, ot bilan har xil to‘siqlardan,
balandliklardan o‘tish, suvda suzish, uzoqqa yugurish,
nayza irg‘itish, kamondan o‘q otish
kabi boshqa jismoniy-
harbiy malakani egallash ham majburiy bo‘lgan.
Hozirgi kunda mamlakatimizda qabul qilingan «Ta’lim
to‘g‘risidagi» Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
asosini har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash
masalasi tashkil qilar ekan, ajdodlarimizning 3000 yil ilgari bu
a’molga yetishning yo‘llari, qoidalarini ishlab chiqib, davlat
va jamiyat tuzilishining negiziga asos qilib qo‘yganlari
tahsinga sazovordir: «…menga barkamol va dinogoh,
vatansevar va anjumanaro, ahil, ezgu, andishali, zulmatdan,
tanglikdan qutqaruvchi farzandlar bag‘ishla. Toki ular manzil,
shahar, o‘lka va uning nom hamda ovozasini ko‘tarsinlar»
1
.
Milodning VII asriga kelib arablarning Markaziy Osiyoga
qilgan harbiy yurishlari ta’sirida ulkan hududlarning bosib
olinishi hamda ushbu hududlarda islom dinining yoyilishi
natijasida xalqimizning islomgacha davr ma’naviyat bosqichi
nihoyasiga yetdi. Mazmun va mohiyat jihatidan tamomila
o‘zgacha, yangi din asosidagi mafkura bilan yo‘g‘rilgan
islom
madaniyati
bosqichi shakllana boshlandi.
Inson murakkab – ruh va jismdan tarkib topgan ulug‘
1
“Avesto”.Tarixiy-adabiy yodg or lik. A. Mahkam tarjimasi –T.: Shar q nashriyoti- matbaa
kon serni. 2001,
-
14
-
mavjudotdir. Shunday ekan, u barkamol bo‘lishi uchun ham
ruhan, ham jisman yetuk bo‘lishi lozim. Agarchi insonning
insonligi uning ruhi bilan bo‘lsaـda, uni borliqda jismsiz ham
tasavvur
qilib
bo‘lmaydi.
“Qur’oni
Karim”da:
“Sen
Robbingning farishtalarga: “Albatta men quruq loydan,
o‘zgartirilgan qora balchiqdan bashar yaratguvchidirman. Bas,
qachonki uni to‘g‘irlab bo‘lganimda va ichiga O‘z ruhimdan
puflaganimda unga sajda qilgan holingizda yiqiling”, deganini
esla” (Hijr surasi, 28-29).
Alloh Taolo inson jismining yaratilishiga ham alohida
e’tiborni qaratib, o‘zining buyuk qudrati va insonga nisbatan
e’zozini e’lon qiladi: “Qasamki, batahqiq, insonni loy
zubdasidan yaratdik. So‘ngra uni mustahkam qarorgohda nutfa
qildik. So‘ngra nutfadan alaqa yaratdik, alaqadan chaynalgan
go‘sht yaratdik, chaynalgan parcha go‘shtdan suyak yaratdik,
bas, suyakka go‘sht qopladik, so‘ngra uni boshqa bir jonzot
etib paydo qildik. Bas, yaratguvchilarning eng yaxshisi Alloh
barakotlidir” (Mo‘minun surasi, 12-14). Ruhning tarbiyasi
vojib, shuningdek, jismning tarbiyasi ham zarur. Shu bois,
Islom dini insonning ruhiy va jismoniy kamoloti uchun
insoniyat tarixida misli ko‘rilmagan mukammal va kafolatli
ta’limotlarni olib kelgan.
Kishi biror narsaga e’tiborli bo‘lishi uchun uning
haqiqatidan, oz bo‘lsaـda, ogoh bo‘lishi lozim. Masalan, bir
gulni tarbiya qilishga bel bog‘lash uchun, avvalo, uning
qadrini bilish kerak. Islom dini insonni, avvalo o‘zining,
jumladan jismining qadrini bilishga chaqiradi. Alloh taolo
aytadi:
“Batahqiq, Biz insonni eng yaxshi suratda yaratdik” (Tiyn
|