-
44
-
Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt
mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida,
ifodali bayon qilishi,
shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini
inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois, hikoya
mazmuni o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni
kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar
bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir. Jismoniy tarbiya tarixi,
sport turlari, jahon hamda
mamlakatimiz sportchilari
tomonidan erishilgan yutuqlar haqidagi hikoyalar bolalarning
jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga
xizmat qilishi, shubhasiz.
Tushuntirish o‘quv
materiali mazmunini isbot, tahlil,
umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod
hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda
nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda
foydalaniladi. Bu usulda mashq texnikasi,
metodikasi,
erishilgan
yutuqlar
va
yo‘l
qo‘yilgan
kamchiliklar
tushuntiriladi.
Ko‘rsatma berish - mo‘ljallangan vazifani bajarish
bo‘yicha aniq, maqsadga yo‘naltirilgan ko‘rsatmani bayon
qilish.
Sharhlash va tanbeh - mashg‘ulot
vaqtidagi topshiriq va
vazifalarni bajarish yoki yakunida tushuntirish ishlarini olib
borish.
Dostları ilə paylaş: