Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   167
Adabiyot maktabgacha

Refleksiya 
– 
olingan 
bilim 
va 
ko‘nikmalarni 
mustahkamlash maqsadida qayta aloqa o‘tkazish muhimdir. 
O‘yin-mashg‘uloti yakunida boshlovchi bolalar bilan xulosa 
yasaydi. Bolalardan ko‘proq nimalar yoqqani, nimalar ma’lum 
bo‘lmagani va nimalarni o‘rganganligi so‘raladi. 
Hamkorlikda o‘tkaziladigan o‘yinlar bolalarning bir-
birlariga yaqinlashishlariga, birlashishlariga hamda kayfiyatni 
ko‘tarishga xizmat qiladi. Aynan o‘yinlar tarbiyachiga 
nisbatan bolalarning ishonchi va moyilliklarini qozonishga 
yordam beradi. 
 
Jismoniy tarbiyada qo‘llaniladigan umumpedagogik 
metodlar. 
Jismoniy tarbiya pedagogika fanlari tizimining 
tarmog‘i hisoblangan holda, umumiy pedagogikaning tadqiqot 
metodlaridan keng ko‘lamda foydalaniladi.
Og‘zaki bayon qilish metodlari:
umumiy pedagogik 
hamda xususiy vazifalarniyechishni o‘qituvchi-murabbiy 
asosan og‘zaki bayon etish orqali hal yetadi. Jumladan so‘z 
orqali u o‘quv-mashg‘ulot jarayonini boshqaradi, ma’lumot 
beradi, vazifalar qo‘yadi, tarbiyaviy ishlarni amalga oshiriladi.
Jismoniy tarbiyada quyidagi og‘zaki bayon qilish 
metodlari keng qo‘llaniladi: hikoya – o‘qituvchi tomonidan 
mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki 
qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli 
tasvirlash yo‘li bilan ixc ham, qisqa va izchil bayon qilinishi. 


-
44
-
Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt 
mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi
shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini 
inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois, hikoya 
mazmuni o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni 
kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar 
bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir. Jismoniy tarbiya tarixi, 
sport turlari, jahon hamda mamlakatimiz sportchilari 
tomonidan erishilgan yutuqlar haqidagi hikoyalar bolalarning 
jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga 
xizmat qilishi, shubhasiz. 
Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, 
umumlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod 
hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda 
nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda 
foydalaniladi. Bu usulda mashq texnikasi, metodikasi
erishilgan 
yutuqlar 
va 
yo‘l 
qo‘yilgan 
kamchiliklar 
tushuntiriladi. 
Ko‘rsatma berish - mo‘ljallangan vazifani bajarish 
bo‘yicha aniq, maqsadga yo‘naltirilgan ko‘rsatmani bayon 
qilish. 
Sharhlash va tanbeh - mashg‘ulot vaqtidagi topshiriq va 
vazifalarni bajarish yoki yakunida tushuntirish ishlarini olib 
borish.

Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin