-
40
-
tashkil etish imkoniyatini beradi.
Qat’iy tartib asosidagi mashqlar o‘qituvchi-murabbiyga
o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonini to‘g‘ri
tashkil etish, jismoniy
tarbiyaning xususiy vazifalarini aniq maqsad asosida yechish
va pedagogik nazoratni olib borishga yordam beradi.
Harakatlarga o‘rgatish jarayonida
qo‘llaniladigan
mashq metodlari 2 xil bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir:
1) bo‘lingan - konstruktiv mashq metodi (mashqlarni
qismlarga bo‘lib o‘rgatish va keyinchalik butunlay bajarishga
erishish);
2)
butunlay mashq metodi (vaqtincha ayrim detallarini
chiqarib tashlash).
Bo‘lingan konstruktiv mashq metodiga masalan:
suvda
suzishni o‘rgatishni, akrobatik mashqlarni qismlarga bo‘lib
o‘rgatish kiradi. Hammamizga ma’lumki mashqlar musobaqa
sharoitida butunligicha bajariladi.
Butunlay mashq metodi shug‘ullanuvchilarga o‘rgatish
lozim bo‘lgan mashqlar butunligicha o‘rgatilib, lekin ayrim
detallari vaqtincha chiqarib tashlanadi.
Dostları ilə paylaş: