-
34
-
mashg‘ulotlar, aerobika va hk. lar kiradi. Boshqacha qilib
aytganda,
jismoniy
rekreatsiya-
jismoniy
nagruzkalar
elementlari orqali faol dam olishning turli ko‘rinishlarida
organizmdagi tiklanish jarayonlarini tezlashtirish deganidir.
Jismoniy reabilitatsiya –
jismoniy madaniyat vositalari
orqali, inson organizmi ish faoliyatining to‘liq yoki qisman
tiklanish jarayoni hisoblanadi. U asosan turli xil kasalliklar
yoki jismoniy zo‘riqishlar natijasida paydo bo‘ladigan
patologik holatni bartaraf etishni nazarda tutadi. Jismoniy
tarbiya nazariyasi va amaliyoti hamda uning mazmuni, uning
mohiyatini ochishga yordam beradigan tushunchalar va
atamalar, insoniyat rivojlanishining turli tarixiy davrlarida
o‘zgarib, doimiy ravishda takomillashib, chuqurlashib, ilm-
fan taraqqiyoti asosida aniqlashtirib boriladi.
Jismoniy madaniyat
Umuminsoniy madaniyat tizimi
Jismoniy ta’lim
Jismoniy tarbiya
Harakat faolligi
Maxsus jismoniy tayyorgarlik
Har tomonlama rivojlanish, ommaviy va
bolalar sporti
-
35
-
2-§. Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotining boshqa
fanlar bilan aloqadorligi
Bolalar rivojlanishi, jismoniy tarbiyasining nazariyasi va
metodikasi fani bir qator fanlar bilan aloqaga ega. Ulardan bir
guruhi
jismoniy
madaniyatni
tashkil
etish
va
rivojlantirishning
ijtimoiy
qonuniyatlari,
jismoniy
mashqlarning bola psixikasi va organizmiga ta’siri,
shuningdek, pedagogik ta’sir metodlari va vositalarini
o‘rgansa(umumiy jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyoti,
umumiy va maktabgacha pedagogika, jismoniy tarbiya
psixofiziologiyasi, bolalar psixologiyasi, yosh davrlar
psixologiyasi, sport psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya),
ikkinchi guruhi (tibbiy-biologik sikl fanlari: fiziologiya,
anatomiya,
tibbiyot,
biologiya,
jismoniy
mashqlar
biomexanikasi,
neyropsixologiya,
gigiena)
bola
rivojlanishining biologik qonuniyatlarini o‘rganadi.
Tibbiy-pedagogik hamda psixopedagogik tarmoqqa
kiruvchi fanlar bola rivojlanishininig alohida tomonini
o‘rganadi. Bola rivojlanishi, jismoniy tarbiyasi nazariyasi va
amaliyoti- pedagogik ta’sir ko‘rsatishning asosi sifatida
jismoniy
tarbiyaning
yuksak
natijalarga
erishishini
ta’minlaydi.
O‘quv predmetining metodologik asosini mahalliy hamda
xorijiy olimlar, mutaxassislarning falsafa, psixologiya,
tibbiyot, biologiya, fiziologiya sohasidagi faoliyati asosida
bola psixikasi hamda harakat faoliyatini rivojlantirish
to‘g‘risidagi ta’limotlari, g‘oyalari, qarashlari tashkil yetadi.
Mazkur nazariyaning tabiiy-ilmiy hamda psixopedagogik
|