Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   167
Adabiyot maktabgacha

-
30
-
diqqatga sazovordir. Shu sababli, tana “madaniyati”ni 
shakllantirish bilan birga bola shaxsini har tomonlama 
rivojlantirish muhim hisoblanadi. Insonning u yoki bu 
kasalligi-psixikasi va tanasidagi rivojlanishning oqsashi uchun 
to‘lovdir. Bola tug‘ilishidan boshlab uning sotsiumda 
rivojlanish 
erkinligi 
chegaralangan 
bo‘ladi. 
Faoliyat 
erkinligining chegaralanishi turli kasalliklarga olib keladi. 
Salomatlikka erishish uchun bolani uni o‘rab turgan atrof-
muhitga moslashtirish hamda uyg‘unlikda yashashga yordam 
berish kerak.Jismoniy madaniyat juda keng tushuncha bo‘lib, 
jismoniy tarbiya bilan c hambarchas bog‘langandir. 
Jismoniy tarbiya – 
jismoniy barkamolikka erishish 
maqsadida harakat ko‘nikmalari hamda 
ruhiy-jismoniy 
xususiyatlarni 
shakllantirishga 
yo‘naltirilgan 
pedagogik 
faoliyatdir. Jismoniy tarbiya bolaning jismoniy madaniyatini 
shakllantirishda asosiy a hamiyat kasb etishi bilan bir qatorda 
unga umuminsoniy hamda milliy madaniy qadriyatlarni berish 
vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya insonni har 
tomonlama rivojiga munosib hissa qo‘shib, uning ruhiy, 
ma’naviy, axloqiy taraqqiyotiga asos bo‘ladi. Shuningdek, 
insonlar orasidagi o‘zaro ijtimoiy munosobatlar, do‘stlik, 
mehribonlik, 
insonparvarlik, 
oqibat, 
saxovat 
kabi 
xususiyatlarni mustahkamlaydi. Maqsadi har tomonlama 
yetuk, barkamol yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga 
ko‘maklashish. Buning uchun quyidagi vazifalar hal etiladi: 
-o‘quvchilarda yuqori axloqiy, irodaviy, jismoniy 
fazilatlar tarbiyalanadi; 
-o‘quvchilar sog‘ligini saqlash va mustahkamlash 
amalga oshiriladi; 


-
31
-
-o‘quvchilarning bo‘lajak kasbiy faoliyatini hisobga 
olgan holda jismoniy tarbiya tashkil etiladi; 
-o‘quvchilarga jismoniy tarbiya nazariyasi, metodikasi, 
amaliyoti bo‘yicha bilimlar bazasi shakllantiriladi; 
Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish organizmning 
funksional imkoniyatlarini, aqliy va jismoniy ishlash 
qobiliyatini, o‘quv mehnatining unumini oshiradi. Jismoniy 
tarbiya vositalaridan mohirlik bilan foydalanish, amaliy va 
boshqa maxsus intellektual sifatlarning rivojlanishiga yordam 
beradi.

Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin