Microsoft Word Баходир лотинча тузатилган doc


Jismoniy  xususiyatlarni



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/167
tarix26.10.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#161348
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   167
Adabiyot maktabgacha

Jismoniy 
xususiyatlarni 
shakllantirish 
metodlari. 
O‘yin metodi. 
Qadim zamonlardayoq paydo bo‘lgan o‘yin 
insonni hayotga tayyorlashning eng a hamiyatli shakli va 
metodi hisoblangan. 
Jismoniy tarbiya tizimida o‘yin barcha vazifalar: ta’limiy, 
tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish vazifalarini hal yetadi. 
O‘yin maktabgacha yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati 
bo‘lib, u orqali bola shaxs sifatida shakllanadi. O‘yin 
bolalarning kelajakdagi o‘quv va mehnat faoliyati, kishilarga 
munosabatning qay darajada shakllanib borishini belgilaydi. 


-
41
-
O‘yin faoliyati asosida boladagi bilish faoliyati rivojlanadi, 
bola qancha yaxshi o‘ynasa, u maktabda shunchalik yaxshi 
o‘qiydi.
Psixologlar o‘yinni bog‘cha yoshi davrida yetakchi 
faoliyat deb hisoblaydilar. O‘yinda bola shaxsining hamma 
tomoni bir-biriga o‘zaro ta’sir etgan holda shakllanadi. 
O‘ynayotgan bolani kuzatib uning qiziqishlarini, tevarak-
atrof to‘g‘risidagi tasavvurlarini, kattalarga va o‘rtoqlariga 
bo‘lgan munosabatini bilib olish mumkin.
O‘yin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalash tizimida, 
maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiya ishida, 
axloqiy, mehnat va estetik tomondan tarbiyalashda katta o‘rin 
tutadi. 
O‘yinda yosh organizmga xos bo‘lgan talab va ehtiyojlar 
qoniqtiriladi, hayotiy faollik ortadi, birdamlik, tetiklik
quvnoqlik tarbiyalanadi. Shunday ekan, har bir o‘yni-
mashg‘ulotini to‘g‘ri rejalashtirish maqsadga muvofiqdir. 
O‘yin mashg‘ulotlarni rejalashtirayotganda har doim 
maqsadni hamda mashg‘ulotdan kutilayotgan natijalarni 
aniqlay olish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shundan so‘ng 
maqsadga erishish uchun qaysi o‘yin, topshiriq yoki mashqdan 
foydalansa yaxshiroq samara berishi aniqlab olinadi. Buning 
uchun quyidagilarni inobatga olish zarur: 
-tanlab olingan ma’lumotlarning o‘zaro bog‘liqligi hamda 
ketma-ketligi; 
-soddadan murakkabga qarab intilish; 
-turli xillilikka e’tibor berish (nutqiy fpoliyatni turli 
harakatlar bilan, tinch o‘yinlarni harakatli o‘yinlar bilan 
uyg‘unlashtirib turish); 



Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin