-
55
-
ularning qisqarishi, cho‘zilishi, buralishi va h.k.,
biomexanik,
bioximik bog‘lanishlari
–
energiya sarflanishi, yurak-tomir,
nafas olish, asab boshqaruvi va boshqa organalardagi
jarayonlar, ularning o‘zaro bog‘liqligi-ning, o‘z ichiga oladi.
Biologik, mexanik, psixologik va boshqa jarayonlarning
mashq
bajarishda
birini
biri
bilan
aloqasi,
o‘zaro
kelishilganligi yugurish mashqlarida boshqacha bo‘lsa,
shtanga ko‘tarishda
boshqacha, ya’ni
ichki struktura
turlicha
bo‘ladi.
Mashqning
tashqi shakli
,
tashqi strukturasi
esa o‘sha
mashqning tashqi ko‘rinishi, harakatni bajarish paytiga ketgan
vaqt yoki kuch sarflash me’yori va harakat intensivligini
ko‘rinishi bilan xarakterlanadi.
Jismoniy mashqlar shakli va mazmuni o‘zaro bog‘liq
bo‘lib, bir-birini taqazo yetadi. Mazmunning o‘zgarishi
shaklni o‘zgarishiga olib keladi. Mazmun shaklga nisbatan
asosiy rolni o‘ynaydi. Masalan,
har xil masofada tezlik
sifatining namoyon bo‘lishi yugurish texnikasining ham
turlicha bo‘lishiga sababchi bo‘ladi (qadamning kattaligi,
chastotasi, tananing holati vah.k.). Shakl mazmunga ta’sir
ko‘rsatadi. Aniq ma’lum bir harakat uchun namoyon
bo‘layotgan
jismoniy
sifatlar
shu
jismoniy
mashqni
bajarishdagi malakaga ta’sir qiladi. Shuning uchun suzuvchi
kuchi bilan gimnastikachi kuchi, shtangachi kuchi biri-biridan
farqlanadi. Jismoniy mashqni shakli va mazmunining ratsional
muvofiqligiga erishish jismoniy
tarbiya nazariyasi va
amaliyotining asosiy muammolaridandir. Bu muammo qisman
harakat malakasi va ko‘nikmasiga, shuningdek, jismoniy
sifatlariga ham ta’luqlidir. Jismoniy mashq texnikasi har